Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

psixologik, psixoanalitik
tahlil metodlarida bu 
bog'liqlik yanada kuchli. Zero, masalan, psixoanalitik tahlil 
amalga oshirish uchun tadqiqotchiga yozuvchining bolalik 
chog'lari, oilasi, o'qish va mehnat faoliyati kechgan muhit-
xullas, hayotiga oid aniq faktik materiallar, hatto bir qarash- 
da arzimas mayda-chuydadek ko'rinuvchi tafsilotlargacha 
kerak bo'ladi. Aytish kerakki, o'zbek adabiyotshunosligida 
biografik metodning yetarli darajada samara bilan qo'llan- 
may kela'yotgani ayni shu narsa - biografik materialning 
yetarli emasligi bilan izohlanadi. Mazkur holning sababi 
esa, birinchidan, shaxsiy va oilaviy arxiv yaratish an’anasi- 
ning shakllanmagani, ikkinchidan, milliy mentalitet bilan 
bog'liq holda ma’lumotlarning kuchli «filtrlanishi»dadir.
Ijodiy-genetik metod biografik metodga yaqin va u bilan 
birlikda qo'llanib, badiiy asarning ijodiy tarixini o'rganishni 
maqsad qiladi. Bu metod adabiyotshunosga hayot ma- 
terialining badiiy obrazga aylanish jarayoni, badiiy matn­
ning sayqallanish yo'lini kuzatish imkonini beradi. Maz­
kur metod adabiyotshunosning biografik materiallar bilan 
birga o'rganilayotgan asar qoralamalari, uning turli nashr 
variantlari, tarixiy hujjatlar va hokazolarni chuqur tadqiq 
etishini, konkret faktlar asosida uning yaratilish tarixi va 
omillarini ochib berishini taqozo etadi. O'zbek adabiyot­
shunosligida ijodiy-genetik metod asosida amalga oshi- 
rilgan jiddiy tadqiqotlardan biri sifatida R.Qo'chqorning
463


A.Qahhor romanlari ijodiy tarixini yoritishga bag'ishlangan 
ilmiy ishini ko'rsatish mumkin.1
Sotsiologik tahlil metodi tadqiqotchini badiiy asarvoqeli- 
gi bilan real voqelik munosabatiari, uning tarixan haqqoniy- 
lik darajasi, hayot haqiqati bilan badiiy haqiqat munosabati 
kabi masalalarni o‘rganishga yo'naltiradi. Bu xil yondashuv 
asarning g'oyaviy-mafkuraviy tomonlarini tahlil qilarkan, 
qahramonlarning xarakter xususiyatlari, asardagi konflikt- 
lar tabiati, obrazlar tizimi va hokazo badiiy unsurlarning 
ijtimoiy ildizlarini ochib beradi. Hayot haqiqatining badiiy 
haqiqatga aylanish jarayoni, xarakter va prototip, tarixiy 
shaxs obrazi va real tarixiy shaxs munosabati kabi ijod 
jarayoni bilan bog'liq muammolarni o'rganishda ham sot­
siologik yondashuv asos vazifasini o'taydi. Shubhasiz, 
sotsiologik metod adabiyotshunoslikda muhim ahami­
yatga molik, u adabiy asar bilan bog'liq ko‘p masalalarni 
oydinlashtirishga yordam beradi. Biroq uni boshqalardan 
ustun qo'yish, adabiy asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyat­
larini ijtimoiy omillar bilangina izohlashga intilish - xullas, 
uni mutlaqlashtirish adabiyot uchun zararli oqibatlarga olib 
kelishi mumkinki, bunga yorqin misollarni sho'ro adabi- 
yotshunosligidan istalgancha topish mumkin. Masalan, 
20 - 30-yillar sho'ro adabiyotshunosligidagi 
vulgar sotsi­
ologizm
adabiyotda ijtimoiylik rolini, shunga mos ravishda 
sotsiologik metod mavqeyini mutlaqlashtirish natijasi o'la­
roq vujudga kelgan edi. Adabiy hodisalarni, adabiy ijod va 
adabiy asar xususiyatlarini jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish holati, ijodkorning sinfiy mansubligi bilan bevo- 
sita bog'lab qo'yish sotsiologik metodni jo'n tushunish­
ga olib keldi. Natijada badiiy asarlar sotsiologik metodga 
tayanibgina tahlil qilingan, ijtimoiy ahamiyati va g'oyaviy ji- 
hatidangina baholangan tanqidiy maqolalar urchidi. Keyin- 
chalik shu ruhdagi maqolalar Fitrat, Qodiriy, Cho'lpon kabi
1 Ра^мон Кучфр. Мен билан мунозара килсангиз. - Тошкент: Маънавият, 
1997.
464


iste’dodlarni qatag‘on qilish uchun dastak bo'ldigina emas, 
o'quvchi ommani ularni «xalq dushmani», asarlarini «zarar- 
li» deb tushunishga tayyorlashga ham xizmat qildi. Sho'ro 
adabiyotshunosligi, garchi vulgar sotsiologik yondashuv- 
ni qoralasa-da, undan butkul forig' bo'lolmadi: adabiyot­
ga mafkura xizmatchisi deb qarash, baholash mezonlari 
ichida g'oyaviy jihatga ustuvorlik berish amaliyoti sho'ro 
tuzumi yemirilgunga qadar davom etdi. Shuning ta’sirida 
keyingi yiilarda sotsiologik metodga nisbatan sovuq mu- 
nosabat shakllandi. Biroq, tabiiyki, ayb metodda emas, uni 
adabiyotga boshqa maqsadlarni ko'zlab qo'llaganlarda. 
Holbuki, metod o'rganilayotgan obyekt tabiatiga muvofiq 
bo'lishi e’tiborga olinsa, adabiyotni o'rganishda sotsiologik 
metodni inkor qilish nojoiz. Aksincha, metodni adabiyot bi­
lan bog'liq muammolarni o'rganish, jumladan, badiiy asar­
lar tahliliga tatbiq etish ilmiy jihatdan zarurdir.
Tarixiy-madaniy tahlil metodi asarni milliy-madaniy 
an’analar, shuningdek, davr adabiy-madaniy kontekstida 
o'rganishga qaratilgandir. Ma’lumki, badiiy asar muayyan 
madaniy-adabiy an’analar zaminida dunyoga keladi, uning 
qator badiiy xususiyatlari shu kontekstdagina yorqin na­
moyon bo'ladi, anglashiladi. Masalan, Cho'lponning qator 
she’rlari (masalan, «Qalandar ishqi»), ayrim nasriy asar- 
lari («Yo'l esdaligi») borki, ularning zamirida botin ramziy 
ma’nolar mumtoz adabiyotimiz, xususan, tasavvuf she’ri- 
yati kontekstidagina o'zini namoyon etishi, tushunilishi 
mumkin bo'ladi. Yoki «O'tkan kunlar»dagi bir qator syu­
jet motivlari («tilab olingan farzand», «safarga chiqish», 
«dor ostidan qaytish»), poetik xususiyatlar («oshiq - yor -
ag'yor» sxemasi; oshiq holati tasviri va b.) folklor va mum­
toz dostonchilik an’analari zaminida yetilgani shundoq 
ko'zga tashlanadi. Eng muhimi, tarixiy-madaniy yondashuv 
badiiy asarga milliy madaniyatning vakili sifatida qarashga 
yo'naltiradi. Natijada asarning milliy adabiy-madaniy kon- 
tekst bilan bog‘liq ma’no qirralari ochiladi, asarni katta vaqt
465


0‘lchamida idrok etish kishida shunga daxldorlik hissini 
paydo qiiadi.
Qiyosiy metod deyilganda badiiy asarni boshqa 
asar(lar) bilan qiyosan tahlil qilish nazarda tutiladi. Kon­
kret asarni o‘tmishda yoki u bilan bir paytda, boshqa milliy 
adabiyotda yoki o'zi mansub adabiyotda yaratilgan asar 
bilan qiyosan tadqiq etish mumkin. Qiyoslash obyekti tad- 
qiqot maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Deylik, 
asarni o'tmishda yaratilgan asar bilan qiyoslash undagi 
an’ana va yangilik nisbati, ayrim badiiy unsurlar genezi- 
si haqida tasavvur hosil qilish imkonini yaratadi; boshqa 
milliy adabiyot vakili bilan qiyoslash orqali adabiy aloqa va 
ta’sir, milliy adabiyotlar rivojidagi tipologik umumiylik kabi 
masalalarni o'rganishga keng imkoniyat yaratiladi. Misol 
uchun, Navoiy va Nizomiy «Xamsa»larini qiyosiy tahlil qi­
lish asosida har ikki asarning poetik o'ziga xosligi, syujet 
motivlaridagi o'xshash va farqli jihatlar, bu farqlarni yuzaga 
keltirgan omillar, dunyoqarashlaridagi mushtarak va farqli 
jihatlarni anglash, pirovardida Navoiy dahosini xolis baho­
lash imkonini yaratadi.
Ko'rib o'tilgan metodlarning hammasi asarning tashqi 
aloqalarini o'rganishga qaratilgan bo'lib, ularning bari ta­
rixiyiik tamoyiliga tayanadi. Ulardan farq qilaroq, immanent 
tahlil adabiy asarning ichki aloqalarini o'rganishga qarati- 
ladi, uning uchun faqat bitta obyekt - muallifdan, voqelik- 
dan, adabiy-madaniy muhitdan uzilgan asarning o'zigina 
mavjuddir. Immanent tahlil metodlari sifatida 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling