Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
BADIIY ASAR TAHLILI
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
- Bu sahifa navigatsiya:
- (filologik) tahlil haqida.
456
BADIIY ASAR TAHLILI Tahlil, sintez va talqin amallari, ularning tushunish jarayo- nidagi nisbati va munosabati. Badiiy asarni tushunish jarayonidagi obyektiv va subyektiv jihatlar. Kontekstual va immanent tahlil. Tahlil metodlari tavsifi. Kompleks (filologik) tahlil haqida. 0 ‘zbek filologiyasida «tahlil» va «talqin» istilohlari aniq va tabiiy fanlar sohalarida ko‘proq xalqaro «analiz» va «in- terpretatsiya» istilohlari bilan ifodalanuvchi tushunchalarni anglatish uchun qo'llanadi. Jumladan, adabiyotshunos likda «tahlil» va «talqin» istilohlari juda keng qo'llanib, ular badiiy asarni tushunish jarayonining bir-biriga uzviy bog'liq, hatto o‘rni kelsa bir-birini qoplab ketadigan ikkita ji- hatini anglatadi. Zero, badiiy asarni tushunish, uning maz- mun-mohiyatini anglash jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt birgalikda hozirdir. 0 ‘ylashimizcha, ayni shu jihat - mazkur amallarning birligi, birgaligini izohlashga zarurat borki, bu masalaga batafsilroq to'xtalish maqsadga mu vofiq ko‘rinadi. Avvalo, tahlil (analiz) istilohidagi ma’no o'ziga xosligi haqida. Yaxshi ma’lumki, lug'aviy ma’noda «tahlil» istilo hi obyekt (narsa, hodisa, jarayon)ni o'rganish maqsadida fikran (yoki amalda) tarkibiy qismlarga ajratishdan ibo- rat amalni anglatadi. Agar analiz davomida obyektning tarkibiy qismlari, ularning mohiyati, har birining butun tarkibidagi o'rni va vazifalari tasavvur qilinsa, uning tamom ziddi bo'lgan amal - sintez jarayonida ilgari ajratilgan qismlar butunlikka biriktiriladi, shu asosda obyekt haqi da to'laqonli tasavvur hosil bo'ladi. Tafakkurning mantiqiy mexanizmlari sifatida analiz va sintez bilish jarayonida 457 fundamental ahamiyatga egadir. Muhim jihati shuki, gar- chi ular bir-biriga zid amallar bo‘lsa-da, bitta tafakkur ak- tining o'zida bir paytda mavjud, aniqrog'i, fikrlash jarayoni aksar ularning o‘zaro almashinib turishi tarzida kechadi. Shu jihatini e’tiborga olsak, adabiy asarga tatbiqan tah lil (analiz) istilohini qo'llash nojoiz degan fikrga qo'shilib bo'lmaydi. Bu fikr tarafdorlari badiiy asarni tirik organizm- ga qiyos etishadi-da, «uni qismlarga ajratish jonsiz tana- ga aylantirishdan boshqa narsa emas» degan qarashga tayanib, «tahlil» istilohini ma’qullamaydilar. Haqiqatda esa bu - yanglish qarash. Negaki, u istilohning adabiyot shunoslikda birmuncha farqli ma’no anglatishini e’tiborga olmaslikdan kelib chiqadi. Zero, adabiy asar tahlili uni mexanik tarzda qismlarga ajratish emas, aksincha, ular ning har birini butunning qismi o'laroq idrok qilish, ularning qay tarzda aloqaga kirishishi-yu badiiy butunlikning yuza ga kelishini ko'ra olish hamdir. Ya’ni adabiy tahlil - asarni qismlarga ajratish va ularni butunga birlashtirish amallari ning navbati bilan almashlab, bosqichma-bosqich izchil- likda amalga oshirilishidan iborat aqliy jarayondir. Ayon bo'ldiki, adabiyotshunoslikda «tahlil» istilohi adabiy asar ni o ‘rganish jarayonidagi «analiz» va «sintez» amallarini umumlashtirib ifodalar ekan. Shuni ham ta’kidlamoq joiz- ki, adabiy asar tahlili mutaxassisgina amalga oshiradigan ish emas, u bilan har kim ham muayyan darajada shug'ul- lanadi. Zero, adabiy asar tahlili ham - o'qish, faqat bun da mutaxassis sifatida o'qiladi. Bu xil o'qish badiiy asarni qismlarga ajratib-butlash asnosida uning badiiyat hodisa- si sifatidagi mavjudligini, undagi o'quvchi ongi va ruhiya- tiga ta’sir qilayotgan, u yoki bu tarzda tushunilishiga asos bo'layotgan omillarni o'rganish maqsad qilinadi. Ta’kidlab o'tish joizki, xuddi «tahlil» bilan «analiz» is- tilohlari singari, biz «talqin» va «interpretatsiya» istilohla- rini ham o'zaro mutlaq sinonim sifatida ishlatamiz. Keng ma’noda «talqin» so'zi o'zga tomonidan aytilgan gap yo- 458 xud yozilgan asar (ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy va b.) maz- munini anglash, uni ma’lum yaxlitlikda tushunish va tu- shuntirish (adabiyotshunosning maqsadi tushunishning o'zigina emas, tushuntirish ham) deganidir. Shu ma’no da qaralsa, mumtoz adabiyotshunosligimizda, umuman, o'tmish ilmida «talqin» so'zining ma’nosi qisman «sharh», «tafsir» atamalari bilan ham berilgan. Qisman deganimiz sababi shundaki, talqin umumiy tushuncha o'laroq xususiy tushunchalar - sharh bilan tafsirni o'z ichiga oladi. Zero, zamonaviy tushunchadagi talqin muayyan belgilar orqali kodlangan mazmunni soddaroq tilda va bir butunlikda qay ta yaratish deb biladiki, sharh va tafsir esa uning ko'makchi vositalaridir. Mazkur fikrni adabiyotga tatbiq etsak, talqin - badiiy asardagi «obrazlar tili»ni «mantiq tili»ga o'girmoq, obrazlar vositasida ifodalangan mazmunni tushunish va tushuntirmoqdir degan to'xtamga kelamiz. Yuqorida badiiy asarni tushunish jarayonida tahlil va talqin amallarining har vaqt hozirligi, ular tushunish jarayo- nining ikki qirrasi ekani aytildi. Zero, tushunish jarayoni da, bir tomondan, asar qismlari (mas., alohida epizodlar, personajlar, ularning turli holatlardagi xatti-harakati, gap- so'zlari va b.), ularning o'zaro mazmuniy aloqalari tasavvur qilinadi, ikkinchi tomondan, har bir qismga butun nuqtayi nazaridan muayyan mazmun berish talab qilinadi. Albatta, mazkur ikki amalni uddalay olish darajasi hammada bir xil emas. Bas, avvalroq aytganimiz badiiy asarning turli o'quv- chilar tomonidan turlicha tushunilishining asosiy sababi shunda. Biroq shunisi ham aniqki, o'quvchilar ongidagi minglab talqinlarni umumlashtiradigan mushtarak nuqta lar ham mavjud. Demak, konkret asar talqinlari nechog'lik turfa bo'lmasin, ularning chegaralarini belgilab beruvchi muayyan asos, yadro - javhar mavjudki, barcha talqinlar shuning atrofida voqelanadi. Bu javhar esa badiiy asarning o'zi, ijod onlaridagi badiiyat hodisasini moddiylashtirgan va o'zida imkoniyat sifatida saqlovchi badiiy matndir. Talqin - 459 o'sha imkoniyatni yuzaga chiqarish amali, bu jarayon esa tahlil asosida kechadi. Ayon bo'ldiki, badiiy asarni tushunish jarayoni obyektiv va subyektiv ibtidolardan tarkib topar ekan: agar bu o'rin da talqin qilayotgan shaxsni subyektiv ibtido deb olsak, badiiy matn obyektiv ibtidodir. Bundan shunday xulosa kelib chiqadi: agar talqin qiluvchi shaxs badiiy matnni ye- tarli darajada bilmasa, asarqismlarini, ularning o'zaro alo- qalarini yetarli tasavvur qilolmasa, ya’ni fikrlashida analiz va sintez amallari oqsasa, uning talqini subyektivlik kasb etadi. Boshqa tomondan, badiiy adabiyotning obrazlar orqali fikrlashi, obrazning esa assotsiativ tafakkur mah- suli ekanini e’tiborga olsak, talqinning subyektsiz mavjud emasligi ham ayon haqiqatdir. Chunki ijodkorning assot siativ fikrlashi mahsuli o'laroq yaratilgan va asarda aksini topgan obrazning mazmun qirralari faqat subyekt ongida- gina (ya’ni uning ham assotsiativ fikrlashi asosida) qayta tiklanishi mumkin bo'ladi. Aytilganlar tushunish jarayonida tahlil va talqin har vaqt hozir ekanligining yorqin dalilidir. Oddiy o'quvchidan farq qilaroq, adabiyotshunos badiiy asarni talqin qilarkan, tahlilga tayanadi, uning talqini tahlil asosida yuzaga kelgani uchun ham ilmiy sanaladi. Shu ma’noda tahlil badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o'qish va uqish demakdir. Aytilganlardan ma’lum bo'ladiki, badiiy asar tahlilining maqsadi - asarni tushunish (baholash - ikkilamchi maq- sad). Xo'sh, «asarni tushunish» deganda nima nazarda tu- tiladi? Adabiyotshunoslikda bu masalada ham yakdil fikrga kelinmagan: ayrim mutaxassislar bunda asarga Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling