Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
struktural,
stilistik va semiotik metodlarni ko'rsatish mumkin. Struk tural metod adabiy asarga sistema deb qaragan holda, un dagi qismlarning bari muayyan badiiy maqsadga muvofiq tarzda butunga birikadi degan qarashdan kelib chiqadi. Umumlashtirib aytganda, struktural tahlil o'z oldiga qo'yadi- gan maqsad asar qismlarining butun tarkibidagi o'rni va vazifalari, ularning o ‘zaro aloqa-munosabatlari va shu asosda butunlikning mantiqiy tashkillanishini tadqiq etish- 466 dan iboratdir. Albatta, xususiy holatda tadqiqotchi matn- ning tashkillanishi yoki badiiy voqelikning tashkillanishini diqqat markaziga qo'yishi mumkinligi ham istisno emas. Faqat bu holda ham tadqiqot predmetiga butunning qismi sifatida, badiiy asarning sathlaridan biri sifatida qaraladi. Stilistik tahlil ko'proq matnning til xususiyatlarida namoyon bo'luvchi ijodkor uslubiy o'ziga xosligini o'rganishni maq sad qiladi. Nisbatan yangi hisoblanuvchi semiotik tahlil esa asardagi badiiy obrazlarga belgi sifatida qaragan holda ularning ma’no qirralarini ochib berishni maqsad qiladi. Adabiy asar retsepsiyasi, aniqrog'i, uning ijtimoiy mav- judligini o'rganish adabiyotshunoslik uchun muhim xulosa va umumlashmalar chiqarish imkonini beradi. So'nggi yil- larda bu boradagi izlanishlar ham ommalashib borayotgani shundan. Hozircha adabiy asar retsepsiyasini o'rganish metodlari yetarli darajada ishlab chiqilgani ham, sinov- dan o'tkazilgani ham yo'q. Shu bois boshqa ijtimoiy fan sohalarida qo'llanib kelayotgan konkret sotsiologik tad qiqot metodlaridan foydalanilmoqda. Jumladan, o'quvchi omma orasida turli anketa so'rovlari o'tkazish, kitobxonlar konferensiyalarini tashkil qilish, insholar konkurslari o'tka zish kabilarni hozircha ushbu metod doirasidagi tadqiqot shakllari sifatida ko'rsatish mumkin. Albatta, ushbu tad- birlar o'z-o'zicha tadqiqot shakli bo'lib qolmaydi. Buning uchun ularning, birinchidan, tadqiqiy maqsadni ko'zda tutgan (ya’ni avvaldan muammoni oydinlashtira oladigan savollar tuzgan, insholar mavzularini maqsadli belgila- gan, konferensiya ishini ma’lum yo'nalishga solgan) holda tashkil qilinishi, ikkinchidan, olingan natijalarning atroflicha va chuqur ilmiy tahlil qilinishi taqozo etiladi. Agar mazkur metodlar adabiy konkret asar retsepsiyasini sinxroniya aspektida o'rganishga xizmat qilsa, uning adabiy tanqid- chilikdagi talqinlarini tadqiq etish orqali muammo diaxronik aspektda o'rganiladi. O'zbek adabiyotshunosligida alohida olingan asarning tanqidchilikdagi talqinlarini o'rganishga 467 bag'ishlangan maxsus tadqiqot hanuz yaratilmagan esa- da, muayyan adib yoki shoir ijodining o'rganilishi tadqiq etilgan ishlarda bu masala ham qisman yoritilgan.1 Shuni ham ta’kidlash joizki, yuqorida tavsiflangan metodlar konkret badiiy asar tahlilida qorishiq holda qo'lla nadi. Ya’ni tahlil maqsadidan kelib chiqqan holda ulardan bitta-ikkitasi yetakchi bo'lsa, boshqalari ularni to'ldiradi, yordamchi vazifasini bajaradi. Deylik, asarni semiotik tahlil qilishga chog'langan tadqiqotchi belgi (obraz)larga ma’no berarkan, adabiy-madaniy kontekstni albatta nazarda tutadi. Aks holda u obrazga yuklayotgan ma’no muallif- ga mutlaqo aloqasiz, ya’ni uning o'ziga tegishli subyek tiv ma’no bo'lib qolishi tabiiy. Yoki asarni biografik metod asosida tekshirish maqsad qilinganda, o'rni bilan tarixiy- madaniy, sotsiologik, psixologik tahlil metodlariga ham tayanish zarur bo'ladi. Zero, biografik metod negizida yo- tuvchi muallif shaxsi, uning dunyoqarashi, ma’naviy-ruhiy xususiyatlari konkret ijtimoiy-madaniy sharoitda shakllan- gandir. Ma’lum bo'ladiki, metodlarning qorishiq qo'llanishi eng avval o'rganilayotgan obyekt tabiati, adabiy asarning g'oyat murakkab strukturali hodisa ekanligi bilan izohlana- di. Ayni murakkablik konkret asarni bitta tadqiqot doirasida tugal o'rganish imkonini istisno etadi. Shunga ko'ra, tad- qiqotda asarning bir (yoki bir-biriga chambarchas bog'liq bir necha) jihati diqqat markazida turadi. Ayni chog'da, o'sha jihat boshqa barcha jihatlarni e’tiborda tutgan holda tadqiq qilinadi. Ya’ni adabiy asar tahlili unga sistema si fatida yondashgan holda amalga oshiriladi, bunda sistem yondashuvga fundamental tamoyil sifatida qaraladi. Ayni shu tamoyil hozirgi adabiyotshunoslikda keng qo'llanuv- chi sistem-butun tahlil, kompleks (filologik) tahlil kabi tu- shunchalarni umumlashtiradiki, ularning hammasi adabiy asarni har jihatdan to'la tadqiq etishni ko'zda tutadi. Man- 1 Содифв С. Абдулла ^аедор ижоди ва адабий танкид,- Т.: Университет, 1996; Каримов Б. Абдулла Цодирий: танкид, тах^ил ва талкин.- Т.: Фан, 2006. 468 balarda filologik tahlil va kompleks tahlil atamalari ko'pin cha sinonim tarzida qo'llanadi. Mutaxassislar filologik tahlil tushunchasi o'z ichiga bir-biri bilan uzviy bog'liq: 1) badiiy matnning lingvistik tahlili; 2) matnning uslubiy tahlili; 3) asar ning adabiyotshunoslik tahlili tushunchalarini qamrab olishini ta’kidlaydilar. Ko'rib turganimizdek, bejiz «filologik tahlil» deyilgan emas, zero, u asarni ham tilshunoslik, ham adabi yotshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etishni ko'zda tuta di. Biroq, ta’kidlash kerakki, lingvistik tahlil deganimiz ham til vositalarining g'oyaviy-badiiy niyatni qay tarzda amal ga oshirayotgani, badiiy-estetik funksiyasini o'rganishga qaratilgandir. Xuddi shu gapni matnning uslubiy tahliliga nisbatan ham aytish mumkin. Adabiyotshunoslik tahlili esa matnning badiiy asar, muayyan davr madaniy-tarixiy sha- roiti mahsuli sifatidagi mazmun-mohiyatini ochib berish maqsadini ko'zlaydi. Ya’ni bunda asarni tarixiylik prinsipiga tayanib, antroposentrik yondashuv asosida va kulturologik yo'nalisfrda o'rganish talab qilinadi. Mazkur tamoyil va yondashuvlardan kelib chiqib adabi yotshunoslik tahlilining o'ziga xos dasturi, aytish mumkinki, uning algoritmi - amalga oshirish tartibi ishlab chiqilgan. Albatta, bu qat’iy amal qilinishi lozim bo'lgan qoida emas, biroq adabiy tajribalar qaymog'i o'laroq asarning qaysi jihatlari-yu undan tashqaridagi qaysi omillarga diqqat qi lish kerakligini ta’kidlab, maqsadga erishishning optimal algoritmini ko'rsatishi bilan muhimdir. To'g'ri, mutaxassis lar tavsiya etgan tahlil dastur-sxemalari bir-biridan ozmi- ko'pmi farqlanadi, biroq asosiy bandlari hamisha umumiy ekani bois ular mohiyatan yaqin bo'lib qolaveradi. Misol tariqasida epik asarlarning adabiyotshunoslik tahlili das- tur-sxemasini keltiramiz: 1. Asar yozilgan davr va sharoit. 2. Asarning yozilish tarixi. 3. Asarning intertekstual aloqalari. 4. Adabiy turga mansubligi, janri. 469 5. Asarning g'oyaviy-tematik asosi. 6. Kompozitsion qurilishi. 7. Yetakchi pafos (badiiylik modusi). 8. Asar badiiy konsepsiyasi. Albatta, mazkur bandlar g'oyat umumiy bir tarz da berildi, ular o'z ichida detallashtirilishi, ya’ni vazifalar konkretlashtirilishi zarur. Masalan, oltinchi bandda qo'yil- gan tadqiqiy vazifalar asar arxitektonikasini tavsiflash, ramka unsurlari, roviy, rivoya usullari, rivoya kompozitsi yasi, nuqtayi nazar, badiiy detallar funksionalligi, perso najlar sistemasi, syujet motivlari, syujet qurilishi, konflikt, kompozitsion usullar tarzida konkretlashtirilishi mumkin. Yoki beshinchi band doirasida asarproblemasi, problema- tikasi, mavzu va mavzuchalar, g'oyaviy-tematik butunlik, g'oyaviy-hissiy munosabat va tipiklashtirish kabi qator aniq masalalar o'rganilishi lozim bo'ladi. Yuqorida aytilganidek, adabiy asar tahlilida qat’iy belgilangan tartib va masalalar mavjud emas, bular tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Xulosa qilib aytganda, adabiy asar tahlilining muvaf- faqiyati ko'p jihatdan maqsadni aniq belgilash, shu maq- sadga erishishga yordam beradigan metodlarni tanlay bi- lish va tahlilni amalga oshirish tartibini to'g'ri belgilashga bog'liqdir. Shu shartlar asosida amalga oshirilgan tahlil asar talqini - uning tushunilishi va tushuntirilishi ilmiy jihat dan asosli bo'lishini ta’minlaydi. Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling