Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

muallif to­
monidan yuklangan mazmunni,
boshqalari asarda 
tasvir­
langan narsalardan (obyektiv ibtidodan) kelib chiqadigan 
mazmunni
tushunishni nazarda tutadilar. Bu qarashlarning 
birinchisiga ko'ra, tushunish jarayonida tahlil amali ustuvor 
bo'lsa, ikkinchisida talqinning mavqeyi ustunroq ekanligi 
tayin; birinchisi badiiy asarni uning ichki va tashqi aloqala-
460


rini birlikda olib o‘rganishni 
(kontekstual tahlil)
taqozo etsa, 
ikkinchisi asarga alohida mavjudlik sifatida qarab, uning 
ichki aloqalarini o‘rganish 
(immanent tahlil)
bilan chekla- 
nadi. Mazkur qarashlarning ikkisini ham mutlaqlashtirib 
bo'lmaydi, bu o'rinda «oraliq» mavqening egallangani, har 
ikki yo'sindagi tahlilning ham mavjudligini, ularning bir-biri- 
dan ko'zlagan maqsadi va ahamiyati jihatidan farqli ekan- 
ligi tan olingani to'g'riroq bo'ladi.
Tushunish jarayonining nazariy muammolarini o'r­
ganuvchi soha - germenevtikaning asosiy qoidasi shuki: 
qismni butun, butun.ni qism orqali tushunish darkor. Bu 
qoida yuqoridagi tahlil yo'sinlarining ikkisiga ham birdek 
aloqador. Faqat bu o'rinda immanent tahlil «kontekst» 
tushunchasini asar doirasi bilan cheklab olsa, kontek­
stual tahlilda «kontekst» ko'lami kengayib boradi (konk­
ret asar «yozuvchi biografiyasi», «muallif yashagan davr 
shart-sharoitlari», «muallifning ijodiy merosi», «asar 
yaratilgan davr adabiyoti», «milliy adabiy an’analar» 
kabi konfekstlar doirasiga kiradi). Kontekstual tahlil asar­
ga muallif tomonidan yuklangan mazmunni tushunish­
ga yo'l ochsa, immanent tahlil asarda tasvirlangan nar- 
salarga (va, albatta, undagi muallif obraziga) tayangan 
holda o'quvchiga o'z mazmunini shakllantirish imkonini 
beradi. Mutaxassisdan farqli o'laroq, oddiy o'quvchining 
asarni tushunishida immanent tahlil unsurlari yetakchilik 
qiladi (shu bois ham o'quvchilar ongida konkret asar­
ning turfa talqinlari mavjud). Zero, aksariyat o'quvchilar 
uchun konkret asarning qay maqsadda, qanday omillar 
ta’sirida yozilgani ahamiyatsiz - ular asarning o'zinigina 
taniydilar, uning o'zidangina zavq oladilar. Aksincha, ada- 
biyotshunos uchun bularning bari muhim, chunki asarni 
tarixiylik tamoyiliga tayanib, biografik yoxud sotsiologik 
metodlar (kontekstual tahlil) asosida tekshirib chiqaril- 
gan xulosalar adabiy-nazariy tafakkur rivojida hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etadi. Ular, tabiiyki, badiiy adabiyot rivoji
461


hamda badiiy did tarbiyasiga faqat bilvosita ta’sir qiladi, 
bu xil xulosalar bilan badiiy didga bevosita ta’sir qilishga 
urinish esa adabiyotga faqat ziyon keltiradi. Demak, badi­
iy asarni alohida butunlik sifatida ham, kontekst doirasida 
ham tushunish (tahlil va talqin qilish) mumkin - ikkisining 
ham o'z o‘rni, vazifasi va maqsadi tayin.
Badiiy asarni kontekstual tahlil qilishda unga turli jihat- 
lardan yondashish mumkinki, shu asosda bir qator tahlil 
metodlari farqlanadi.
Biografik metod badiiy asarni muallifining hayot yo‘li 
kontekstida o‘rganishni nazarda tutadi. Badiiy asarda 
ijodkor shaxsiyati akslangani bois undagi qator 
0‘rinlar 
muallif biografiyasi kontekstida yorqinroq anglashiladi. 
Shunga ko'ra, biografik metod asarga muallif tomonidan 
yuklangan mazmunni anglashda yetakchi ahamiyat kasb 
etadi. Masalan, yuzaki qaraganda, A.Qahhorning «O'g'ri» 
va «Dahshat» hikoyalari o‘tmishdan bahs yuritadi, «qora 
o‘tmish»ni sho'ro adibi g'oyaviy mavqeyidan turib tasvir- 
laydi, xolos. Biroq ular biografik kontekstda olinsa, adib 
har ikki hikoyada ham ular yaratilgan davr muammolarini 
qalamga olgani, atrofida kechib turgan ijtimoiy hodisalar 
mohiyatini anglash va o'zi anglagan haqiqatlarni ifoda­
lashga harakat qilgani ko'rinadi.1 Yozuvchi o'zi bevosita 
ko'rgan, guvohi bo'lgan voqea-hodisalar, o'zi kuzatgan 
hayotiy holatlar-u manzaralar, turfa fe’l-xo'yli odamlar-u 
ularning o'zaro munosabatlari yozgan asarlarida u yoki bu 
yo'sinda, turli maqsadlar bilan o'z aksini topadi. Masalan, 
Oybekning «O'ch» poemasi, «Qutlug' qon» romani, «Mah­
mud Torobiy» dramatik dostoni - bularning hammasi «Bo­
lalik» qissasidan ancha ilgari yaratilgan. Shunga qaramay, 
masalan, «Q'ch»dagi qozoq dashtlari tasviri, «Qutlug'
1 Qar.: Санжар Содик. Ижоднинг уттиз ла^заси. - Тошкент, 2005. - Б.194 -
206; Куронов Д. «Угри»нинг ^имоясига икки огиз суз // Куронов Д. Мутолаа ва 
идрок машкпари. - Тошкент: Akademnashr, 2010. - Б.35-40; Куронов Д. Ил*ом 
билан ёзилган асар // Ж а*он адабиёти. 2007. - № 5. - Б. 138-141.
462


qon»dagi Shokirota do'koni, «Mahmud Torobiy»dagi isyon 
manzaralari «Bolalik» qissasidagi muqobilini yodga soladi. 
Ya’ni «Bolalik» qissasi adib bolaligida ko'rgan-kechirgan- 
larini keyincha yaratgan asarlari badiiy voqeligiga singdi- 
rib yuborganini namoyish qiladi. Avtobiografik qissaning 
borligi uchungina biz adib asarlaridagi biografik izlarni 
komil ishonch bilan ko'rsatyapmiz. Shundan ham ko'rsa 
bo'ladiki, biografik metodning qanchalik samarali bo'lishi 
birinchi galda tadqiqotchi ixtiyorida mavjud biografik mate- 
rialga bog'liq bo'lib qoladi. Biografik metod kabi muallifga 
yo'naltirilgan 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling