Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
ha
yotni badiiy aks ettirish prinsiplari, ijodiy metod va uslub tushunchalari umumiylik-xususiylik munosabati asosida 449 hamisha o'zaro mustahkam aloqada yashaydi. Bu silsila- da eng umumiy tushuncha - badiiy aks ettirish prinsiplari qalam ahlini hayot materiali (olam)ni asliga monand aks ettirish yo o'zida u haqda anglay olganlarini ifodalaydigan badiiy model yaratishga yo'naltiradi. Ushbu amalni ijodiy metod konkretlashtiradi - hayot materialidan nimani tasvir- iash, uning qaysi jihatiarini urg‘uiagan holda umumlashti- rish hamda qanday baholashr\'\ belgilaydi. Nihoyat, uslub mazkur ikkisini qamrab olgan holda ularning har bir badiiy asar, har bir ijodkor, har bir davr yo har bir yo'nalish doirasi- da o'ziga xos tarzda tatbiq etilishi va betakror badiiy shakl- da voqelanishini ta’minlaydi. Shu o'rinda g'oyat muhim nuqta - adabiyotshunoslik da ayni masaladagi qarashlar turlichaligini keltirib chiqar- gan omilga to'xtalish vaqti yetdi. Yuqorida aytdikki, hozirgi vaqtda mazkur uchlikdagi ikkinchi halqa - metod tushun- chasini ortiqcha hisoblash adabiy-nazariy tafakkurda ustu- vorlik qila boshladi. Jumladan, H.Umurov biz badiiy aks ettirish tamoyillari deb yuritgan «ikki qudratni metod tarzi da, qolganlarini oqim sifatida aniqlashtirish asosliroqdir»1 deb biladi. Aksincha, E.Xudoyberdiyevga ko'ra, realistik va romantik ijod tiplari mavjud, qolgan hammasi ijodiy metod- lardir.2 Shunga o'xshash, I.Sulton ham romantik va rea listik tafakkur tiplarining «ma’lum tarixiy davr uchun xarak- terli va hukmron ko'rinishi ijodiy metod» ekanligini aytgan edi. Ayni paytda, olimning uqtirishicha, «jahon adabiyoti da kiassitsizm, romantizm va realizm ijodiy metodlari mavjuddir».3 Avvalo, keltirilgan misollar ko'rilayotgan ma- sala yuzasidan qarashlarda farqlar mavjudligi, boz ustiga, bu farqlar jiddiy asoslarda namoyon bo'lishini ko'rsatadi. Bizningcha, yuqoridagi uchlikning e’tirof etilishi adabiy ja rayonni tizimli tushunishga zamin bo'la olishi bilan katta 1 Умуров X,. Адабиёт назарияси. - Тошкент: Шарк, 2002. - Б.243. 2Худойбердиев Э. Адабиётшуноспикка кириш. - Тошкент, 2008. - Б.329 - 355. 3 Иззат Султон. Адабиёт назарияси. - Тошкент, 1986. - Б.368. 450 ahamiyatga molikdir. Gap shundaki, metod tushunchasi yangi davrga kelib - insonning va shu bilan bog'liq hol da adabiyotning ijtimoiylashuvi kuchaygan sharoitda dol- zarblashdi. Natijada endi muayyan davr ijodkorlari yaratgan asarlar tasvirlash uchun tanlangan hayot materiali, uning qaysi jihatlari urg‘ulab tipiklashtirilgani hamda qanday ba- holangani nuqtayi nazaridan jiddiy farqlana boshladi. I.Sul ton metod sifatida qayd etgan klassitsizm, romantizm va realizmning ayni shu davrga to'g'ri kelishi ham shu bilan izohlanadi. Zero, metod badiiy aks ettirish prinsiplarining ma’lum davrdagi varianti - adabiy yo'nalish bilan birgalikda konkret ko'rinish oladi. Shu jihatdan qaralsa, klassitsizm, romantizm, realizm, modernizm va postmodernizmga bir paytning o'zida ham metod, ham adabiy yo'nalish deb qa rash o'rinli. Realistik va romantik ijod tiplarining bungacha bo'lgan ko'rinishlari - mifologik (antik) realizm, o'rta asrlar simvolizmi, uyg'onish davri realizmi kabilarga esa metod emas, Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling