Kriptovalyuta raqamli iqtisodiyot fenomeni


Download 22.39 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi22.39 Kb.
#1288057
Bog'liq
sevara kriptovalyuta so`nggi (3)


KRIPTOVALYUTA RAQAMLI IQTISODIYOT FENOMENI


Qulsaxatova Sevara Bahrom qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
3 – bosqich “Iqtisodiyot” yo`nalishi talabasi
email: ecnmst1@gmail.com
tel:+998938478883
Annotatsiya: Ushbu maqola kriptovalyutalarning jamiyatimizga kirib kelishi va uning muomalaga kiritishi bilan bog`liq ijobiy hamda salbiy oqibatlari keltirilgan. Shu bilan bir qatorda eng yuqori reytingli kriptovalyutalar haqida ham
Kalit so`zlar: valyuta, pul, kriptovalyuta,elektron hamyon, internet, firibgarlik,blokcheyn

Biz valyuta so`zini eshitishimiz bilan biror davlatning pul birligi, asosan pul ko`z oldimizda gavdalanadi. Pullarni ikki shaklda uchratishimiz mumkin: naqd va naqd bo`lmagan pullar. Naqd pullar – aholi tomonidan kundalik muomalasida ishlatiladigan qog`oz pullardir. Naqd bo`lmagan pullar esa bu iqtisodiy subyekt hisob raqamida aks etirilgan mablag`lar. Hozirgi vaqtda axborot texnologiyasi taraqqiyot natijasida naqd bo`lmagan pullarning yangi shakli vujudga keldi - bu raqamli elektron pullar. Elektron to`lov tizimlar orqali odamlar tovarlarni xarid qilish yoki qandaydir to`lovni amalga oshirish, shu bilan birgalikda yaqin qarindoshlariga ularning elektron hamyoniga pul o`tkazib berish imkoniga ega bo`lishdi. Raqamli pullarning bir ko`rinishi kriptovalyutalar hisoblanadi. Kriptovalyuta kriptografik texnologiyalari bilan himoyalangan raqamli vayuta. Ushbu pul birliklarining jismoniy o`xshashligi yo`q, ular faqat virtual makonda mavjud hisoblanadi. Kriptovalyutalar bugungi kunda keng ommalashib va tarqalib borayotganligi barchamizga ma`lum. Kriptovalyutalar texnologik jarayon natijasi bo`lar ekan, ulardan foydalanishda qanday afzalliklar mavjud hamda qanday salbiy oqibatlarga ega degan savollar kun tartibida paydo bo`ladi. Kriptovalyutalar kursi neftga ham, oltinga ham bog`lab qo`yilmagan. Aytaylik, kriptovalyutalarning bir turi bo`lgan Bitkoin narxini oshiradigan yagona omil bu- cheklangan emissiya va talabning ortishi yoki kamayishi: Bitkoinlar miqdori cheklangan. Uni plаtinа kаbi foydаli qаzilmа bilаn tаqqoslаsh mumkin – dunyodа uning miqdori cheklаngаn vа uni sun’iy rаvishdа ishlаb chiqаrib bo‘lmаydi. Kriptovаlyutаning аsosiy ustunligi hаm mаnа shundаn iborаt – uni qаlbаkilаshtirib bo‘lmаydi, ma`lumotlaringiz ishonchli tarzda himoya qilinishidadir. Agarda siz biror tovar yoki xizmatlar haqini to`lashingizgizga to`g`ri kelsa, o`z shaxsiy ma`lumotlaringiz ko`rsatilmaydi va bu esa shaxsiy ma`lumotlarni o`g`irlanishidan va g`arazli maqsadlar uchun qo`llanishining oldini oladi, tranzaksiyalar jarayonlarining qaytarib bo`lmaydigan holga keladi va bu yozuvlarning qalbakilashtirish va boshqa firibgarliklarni oldini olishga imkon yaratadi. Shu bilan bir qatorda u maxfiylik kabi xususiyatni ham o`z ichiga qamrab oladi. Ammo kriptovalyutalarning ba`zi bir salbiy jihatlari ham bor: bu anonimlik bilan bog`liq. Shaxsiy ma`lumotlarsiz to`lov qilish qobiliyati ko`plab noqonuniy bitimlar uchun ham keng imkon yaratadi. Garchi kriptovalyutalar keng tarqalayotgan bo`lishiga qaramasdan, ular hali ko`plab savdo majmualarida to`lov sifatida qabul qilinmagan.Yuqorida keltirilgan maxfiylik siyosati bilan bog`liq tranzaksiya jarayonlarida o`chirilib yuboriladigan kodlar tufayli agar to`lovlar boshqa shaxs elektron raqamli hamyoniga xatoga yo`l qo`yilgan holda o`tkazilib yuborilsa, bu qaytib olish imkonini yo`qotadi. Ko`pgina mamlakatlar kriptovalyutani noqonuniy deb hisoblashadi, ular uchun qonunchilik bazasi nimalardan iborat bo`lishi kerakligi haligacha noma`lum va soliqqa tortish jarayonlari esa murakkab bo`lib qolmoqda. Yana bir kamchiliklari shundan iboratki, kriptovalyutalardan foydalanish uchun har bir shaxsning o`ziga tegishli bo`lgan elektron hamyoni va o`sha hamyonga kirish uchun maxfiy kalitlariga ega bo`lishi kerak. Agar ushbu kalitlarni yo`qotib qoysa yoki elekron hamyon saqlanuvchi xotirangiz o`chib ketgudek bo`lsa, sizda mavjud bo`lgan bor kripto mablag`laringizdan ayrilsh ehtimoli juda yuqori.
Kriptovalyutaning ichki hisob birliklari markazlashtirilmagan to'lov tizimi tomonidan ta'minlanadi to'liq avtomatik rejimda ishlaydi. Unga bunday harakatni ta`minlab beruvchi tizim hisoblanadi. Blokcheyn (zanjirlar bilan bog'langan axborot bloklari) - taqsimlangan ma'lumotlar bazasi texnologiyasi bo'lib, ikkita o'ziga xos xususiyatga ega: markazlashmagan holda barcha ishtirokchilarning manfaatlarini ta'minlash va ma'lumotlarni kriptografik himoya qilishdan iborat.
Kriptovalyutalarning ko`plab turlari mavjud va ayni damda ularning soni taxminan 21 910 taga yetganligi haqida CoinMarketCap xabar beradi. Shu o`rinda barcha turdagi kriptovalyutalar orasida reytingi yuqorilari ajralib turadi. Ulardan bittasi Bitcoin hisoblanadi. U blokcheyn texnologiyasi asosida ilk marotaba 2008- yilda Satoshi Nakamoto tomonidan muomalaga kiritilgan. 2016 - yilning may oylarida bitta Bitcoinning narxi $500 atrofida edi. 2023-yilning yanvar oyiga kelib ushbu ko`rsatkich 4.472% ga o`sdi va hozirgi kunda bitta Bitcoin $22.859 qiymatga ega.
Shu jumladan keyingi reytingi baland kriptovalyutalarning biri Ethereum hisoblanadi. U ham katta o`sishni boshdan kechirdi. 2016-yilning aprelidan 2023-yilning yanvar oyining so`ngiga qadar uning narxi taxminan $11 dan $1617 gacha ko`tarilishni qayd etib, 14.598% ga oshdi.
Yuqori reytingli kriptovalyutalar qatorida 3-o`rinni qayd etgan kriptovalyutaning nomi bu-“Tether”. Boshqa kriptovalyutalardan farqli o`laroq , u barqaror narxga egadir, ya`ni AQSh dollari yoki Yevro banknotlariga teng ravishda o`z qiymatini saqlab boradi. Bu esa kriptovalyutalarning qiymati o`zgarib turishi xavfini o`ylab yurgan sarmayadorlar uchun ham eng qulay kriptovalyuta hisoblanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, bugungi kunda kriptovalyutalar bozori jadal sur`atda o`sib borayotganligini guvohi bo`lishimiz mumkin. Bu insonlar turmush tarziga, shu bilan bir qatorda davlatlar iqtisodiyotiga ham sezilarli ta`sir ko`rsatmasdan qolmayapti. Kriptovalyutalarning jamiyatda, aniqrog`i iqtisodiy hayotga o`z o`rniga ega bo`lishini hali vaqt ko`rsatadi. Bunga sabab kriptovalyutalar bilan bog`liq xatarlar juda ham yuqoridir. Albatta har qanday innovatsiyani o`rganish uchun vaqt talab qilinadi. Bizning fikrimizcha kriptovalyutalardan foydalanish uchun kelajakda odamlar bu jarayonni tartibga solish samarali usul va vositalarni yaratishadi.

Foydalanilgan adabiyotlar.



  1. G‘.M. Porsaev, B.Sh. Safarov, D.Q. Usmanova. Raqamli iqtisodiyot asoslari. (Darslik) –T.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2020. 283 b.

  2. A.D.Isayev. Transaction of cryptocurrencies and issues arising thereof // methodical research journal.2022

  3. https://www.forbes.com./adviser/investing/cryptocurrency/top-10-crytocurrencies/

  4. R.X.Ergashev, S.N.Xamrayeva. Raqamli iqtisodiyot. Darslik. Qarshi. «Intellekt» nashriyoti, 2021.–122-bet

Download 22.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling