Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari
deb yuritamiz. Avvalo, biz «hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari»^ tarzi- da ishlatayotgan tushuncha adabiyot nazariyasiga oid ish- iarda «ijod tipi»2, «badiiy tafakkur tipi»3 kabi qator atamalar bilan yuritiladi. Shuning ta’sirida bo'lsa kerak, ba’zan maz kur tushunchani atash uchun bir manbaning o'zida «ha yot va insonning badiiy modelini yaratish yo'li», «hayotni obrazli tasvirlash yo'nalishi», «ijod tipi» kabi turli atamalar sinonfm sifatida ham qo'llanadi.4 Lo'nda qilib aytganda, bu o'rinda gap adabiy asarlarni ularda yaratilgan badiiy voqe likning real voqelikka munosabatiga ko'ra ikki katta guruh- ga (realistik va norealistik) ajratish ustida boradi. Shunisi ham borki, bu masalaga ham qadimdayoq e’tibor qaratilgan. Jumladan, Arastu «Poetika»da kelti- rishicha, Sofokl «o'zi odamlarni ular qanday bo'lishlari kerak bo'lsa, o'shanday tasvirlashi, Yevripid esa ular qanday bo'lsaiar, o'shandayligicha tasvirlashini»5 aytgan ekan. Arastuning o'zi esa shoir «narsalarni yo ular qan day bo'lgan va bor esa, o'shanday; yo ular haqda qanday gapirilayotgan va o'ylanayotgan bo'lsa, o'shanday; yo ular qanday bo'lishi kerak bo'lsa, o'shanday tasvirlashi lozim»6 deb uqtiradi. Ko'ramizki, Arastu Sofokl tilga olma- gan yana bir usui - narsalarni «ular haqda qanday ga pirilayotgan va o'ylanayotgan bo'lsa, o'shanday» tasvir- lashni ham alohida ko'rsatmoqda. Bu tabiiy ham. Sababi, Arastu mazkur xulosaga o'zigacha bo'lgan va o'ziga za- mondosh adabiyotning tahlili asosida kelgan. Ma’lumki, u davr adabiyotida Olimp ma’budlari ham, turli mifologik 1 Поспелов Г.В. Проблемы исторического развития литературы. - М., 1972. - С . 3 5 - 6 2 . 2Тимофеев J1.И. Основы теории литературы. - М., 1966. - С .101. 3 Иззат Султан. Адабиёт назарияси. - Тошкент, 1986. - Б.366 - 368. 4Умуров X,. Адабиёт назарияси. - Тошкент: Шарк, 2002. - Б.239 - 240. 5Аристотель. Риторика. Поэтика. - М.: Лабиринт, 2000. - С .177. 6 Ko'rsatilgan manba. - Б. 176. 442 mavjudotlar ham harakatlanadiki, ularni faqat «ular haqda qanday gapirilayotgani va qanday o'ylanayotgani» asosi- dagina tasvirlash mumkin. Yana bir jihati, Arastu mazkur usullarni bitta tasniflash asosiga ko'ra farqlamaydi: birin chi usul bilan ikkinchisi «realistik - norealistik» qolipida, birinchisi bilan uchinchisi esa «realistik - normativ» qoli pida tasniflangan. V.G.Belinskiyning bu boradagi adabiyotshunosligimiz- da ko'p e’tibor topgan fikriga ko'ra, poeziya hayot hodisa- larini ikki usulda aks ettirishi mumkin: «Ijodkor hayotni o'zining narsa-hodisalarga qarash tarzi, o'zi yashab tur- gan olam, davr va xalqqa munosabatiga bog'liq idealiga mos ravishda qayta yaratadi yoki uni butun yalang'ochligi va haqiqati bilan, barcha tafsilotlari, rang va ottenkalariga sodiq qolgan holda aks ettiradi. Shunga ko'ra, poeziyani ikkiga - ideal va real poeziyaga bo'lish mumkin».1 Yuza- ki qaralsa, Belinskiy tasnifidagi real poeziya bilan ideal poeziya bir-biriga «realistik - normativ» qolipida zidlana- yotgandek ko'rinishi mumkin. Haqiqatda esa bu yerda ziddiyatning o'zi yo'q. Zero, hatto g'oyaviy tomoni beshak ustuvorlik qiluvchi sotsialistik realizm yo'nalishidagi asar (Gorkiy «Опа»; Oybek «Qutlug' qon»)da ham voqelik «butun yalang'ochligi va haqiqati bilan» aks etgan, ayni paytda, asar badiiy voqeligi muallif «idealiga mos ravishda qayta yaratilgan» bo'laveradi. Bu gapni adabiyot ham xud di o'zining yaratuvchisi - inson kabi ijtimoiylashgan yangi dawning realistik yo'nalishdagi har qaysi asariga nisbatan bemalol aytish mumkin. Jumladan, Yevropa ma’rifatchilik adabiyoti yoki jadid adabiyoti namunalarida xuddi shun day. Behbudiyning «Padarkush», Hamzaning «Zaharli ha yot» pyesalarida yoki Cho'lponning «Qurboni jaholat» hi- koyasida Turkiston voqeligi hayotga monand aks ettirilgan, ya’ni ularda Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling