Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

adabiy davr, adabiy 
asr, adabiy avlod
tushunchalari bilan ish ko'riladi. Avvalo, 
bundagi vaqt (masalan, asr tushunchasi) astronomik vaqt- 
ga har vaqt ham to'g'ri kelavermasligini aytish kerak. Ya’ni 
terminlar ma’nosi so'zning lug'aviy ma’nosidan farqlana- 
diki, ularning har biriga to'xtalganda bunga amin bo'lish 
mumkin. Endi sanalgan tushunchalarga tayangan holda 
adabiyotimizning taraqqiyot yo'lini - qadim zamonlardan 
beri uzluksiz kechib kelayotgan adabiy jarayonni davr- 
lashtirish masalasiga muxtasar to'xtalib o'tamiz.
430


Adabiyotimiz jahon adabiyotining ajralmas tarkibiy qis­
mi ekanini nazarda tutgan holda eng avval yuqorida tav- 
siflangan uchta stadiya (bosqich)ga mos keladigan uchta 
adabiy davmi
ajratamiz:
1. Eng qadimgi adabiyot - eng qadimgi zamonlardan 
milodiy X asrgacha.
2. Mumtoz adabiyot davri - X asrdan XX asrning 10-yil- 
lariga qadar.
3. Yangi o'zbek adabiyoti - XX asrning 10-yillaridan 
keyingi davr.
Yuqorida uchta stadiya (bosqich)ning o'ziga xos xu- 
susiyatlari haqida ancha mufassal to'xtaldikki, ular mos 
ravishda mazkur davrlar uchun ham xosdir. Jumladan, ilk 
davr uchun 
sinkretikiik,
ikkinchisi uchun 
traditsionalizm, 
uchinchisi uchun 
individual-ijodiy badiiy tafakkur
belgi- 
lovchi xususiyat bo'lib, ularning boshqa jihatlari shu bi­
lan bog'liq izohlanadi. Tabiiyki, eng umumiy xususiyatlar 
mushtarak bo'lgani holda, qator farqli jihatlar ham mav­
jud. Jumladan, yaqqol ko'zga tashlanadigan farq - Yev­
ropa adabiyotiga nisbatan davriy chegaralarning sezilarli 
siljigani: ilk bosqich qariyb o'n besh asr, ikkinchi bosqich 
esa yuz ellik yil keyin nihoyalanadi. Shuningdek, adabiy 
davr ichidagi hodisalar ham jiddiy farqlanadi. Masalan, 
ikkinchi davr Yevropada 
o ‘rta asrlar, Uyg‘onish, klas- 
sitsizm, barokko
tarzida izchil bo'linsa, adabiyotimizda 
bunday izchillik kuzatilmaydi. Masalan, Uyg'onish epkin- 
lari bizda X - XII asrlarda ham, hazrat Navoiy davrida 
ham, XIX - XX asrlar chegarasida ham esib turgan, shu 
bilan birga, ularning barida o'rta asrlarga xos xususiyat­
lar ustuvor bo'lgani ham shubhasiz. Shu sababli ikkin­
chi davrni 
asr
larga ajratmoqchi bo'lsak, turli variantlarni 
mulohaza qilib ko'rgach, beixtiyor yana quyidagilarda 
to'xtayveramiz:
1) turkiy sulolalar davri adabiyoti;
2) mo‘g‘ul istilosi davri adabiyoti;
431


3) temuriylar davri adabiyoti;
4) xonliklar davrl adabiyoti.
Albatta, adabiyotni davrlashtirishga taxtegalari almashi- 
nishining asos qilib olingani e’tiroz uyg'otishi tabiiy. Biroq 
bu adabiy jarayonda ijtimoiy-tarixiy omillarga hal qiluvchi 
ahamiyat berayotganimizdan emas, balki shunga maj- 
burligimizdan. Sababi, bu davr adabiyotidagi o'zgarishlar 
Yevropa adabiyotidagi singari bo'rtib ko'zga tashlanmaydi. 
Yuqoridagicha davrlashtirish esa, har holda, davr adabiyo- 
tini muayyan izchillikda kechgan jarayon o'laroq tasavvur 
qilish imkonini beradi. Shundan bo'lsa kerak, hozirga qa­
dar davrlashtirish masalasiga to'xtalgan mutaxassiski bor, 
ularning aksariyati sulolalarni u yoki bu darajada asos qilib 
oladi. Hatto nomlashda sulola tilga olinmasa ham, bel- 
gilangan tarixiy davr aynan u yoki bu sulola hukmronligi 
nazarda tutilayotganini anglatib turadi.1 Shubhasiz, hali bu 
davr adabiyoti poetikasi tarixiy aspektda teran o'rganiladi, 
uning hozircha nigohimizdan pinhon qolayotgan javhar 
xususiyatlari inkishof etiladiki, o'shanda davrlashtirish 
masalasiga yana qaytish mumkin bo'ladi. Hozircha esa 
yuqoridagicha davrlashtirish bilan qanoatlanish, undan 
davr adabiy jarayoni poetik mohiyatiga kirib borish uchun 
bir vosita o'laroq foydalanib turish maqsadga muvofiq 
ko'rinadi.
Agar ikkinchi bosqichni 

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling