Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
muallif,
'Ж ирмунский B.M. Гёте в русской литературе. - Л.: Наука, 1982. - С.8. 2 Аверинцев С.С., Андреев М.Л., Гаспаров М.Л., Гринцер П.А., Михай лов А.В. Категории поэтики в смене литературных эпох // Историческая поэ тика. Литературные эпохи и типы художественного сознания. Сб. статей. - М.: Наследие, 1994. - С.З - 38. 425 qahramon va o'quvchi qorishiq yashaydi - ular ham hali farqlanmagan. Shuningdek, badiiy tafakkur mexanizmlari shakllanmagan, ong hali o'xshatish amaliga qobil emas, parallelizm asosida fikrlaydi. Xullas, arxaik davr sinkretizm bag‘rida badiiy tafakkurga xos asosiy xususiyat va mexa- nizmlar ibtidoiy ko'rinishida shakllangan, obrazli til, sub yekt formalari, syujet arxetiplari, tur va janriarning kurtak- lari uzoq vaqt mobaynida asta-sekin yetilgan bosqichdir. Traditsionalizm yoxud normativ poetika bosqichi Yev- ropada antik Yunonistondagi mil. avv. VI - V asrlardan XVIIi asr o'rtalarigacha, Sharqda esa milodiy I asrdan XIX asr oxiri - XX asr boshlariga qadar bo'lgan davrni, qariyb ikki yarim ming yilni o‘z ichiga oladi. Avvalo, bu bosqichda adabiyot (poeziya) alohida soha o'laroq ajraldi, uni ang- lashga intilish natijasida adabiyot nazariyasi vujudga keldi. Bu adabiyot nazariyasi an’ana, namuna va m e’yor tushun- chalarini asos qilib oldi. Zero, traditsionalizmmng mohi- yati sara namuna\arga ergashishda namoyon bo'ladi, bu esa ijodkorning namunani yaratishda tayanilgan muayyan me’yo/larga qat’iy amal qilishini taqozo etadi. Ta’kidlash kerakki, nechog'lik muhim bo'lmasin, an’anaviylik va m e ’y o r iy lik tushunchalarining o'zi adabi yot taraqqiyotining qariyb ikki yarim ming yillik davrini to'la tavsiflash uchun kamlik qiladi. Shu bois ham uni boshqa xususiyatlariga tayanib tavsiflash harakati hanuz davom etib keladi. Jumladan, ayrim mutaxassislar buni kanonik- lik, boshqalari reflektivlik, tag'in birlari ritoriklik kabi xusu- siyatlar asosida olib amalga oshirishga harakat qilishgan. Hozirgi vaqtda esa ikkinchi bosqichni eydos tushunchasi- ga tayangan holda eydetik poetika davri1 deb tavsiflash keng ommalashmoqda. Aytish kerakki, bu qarash univer- salligi bilan e’tiborga loyiq, zero, eydos asosga olinsa, yuqorida mazkur - an’anaviylik, me’yoriylik, kanoniklik, 1Qar.: Бройтман С.Н. Историческая поэтика. - М., 2001. 426 ritoriklik, reflektivlik kabilar u bilan bog'liq xususiyatlar si fatida talqin qilinishi mumkin. Shu o'rinda yana bir muhim nuqtaga alohida to'xtalib o'tishga zarurat seziladi. Gap shundaki, Yevropa adabiyo tidagi ikkinchi bosqich, o'z navbatida, ikki davrga ajratiladi: 1) qadimgi davr va o'rta asrlar; 2) ilk Yangi davr - Uyg'o- nish, barokko, klassitsizm. Sharq adabiyotidagi ikkinchi bosqichni esa o'rta asrlardangina iborat deb bilish om- malashgan. Holbuki, masalan, N.I.Konrad mohiyat e’tibori bilan G'arb adabiyotidagi kabi bosqichlar Sharq adabiyoti- da ham kechganini ta’kidlaydi.1 Darhaqiqat, agar Uyg'o- nish davri Yevropada yangi shakllanayotgan millatlarning o'z tilida adabiyot (madaniyat) yaratishga harakati ekan, u holda X - XI asrlarda boshlangan turkiy tilda adabiyot yara tish harakatlari ham xuddi shunday Uyg'onish deb atalishi kerak emasmi?! Yoki adabiyotda islomiy gumanizm ruhi- ning kuchayishi, tasavvuf ta’limotiga ko'ra borliqni Haqning tajallisi sifatida anglash va unga muhabbat qo'yish - bular ham Uyg'onish g'oyalariga hamohang emasmi?! Ko'rib turganimizdek, adabiyotimizning taraqqiyot yo'lini ushbu masala nuqtayi nazaridan o'rganib, oydinlashtirish zarur bo'lgan ko'plab masalalar mavjud. Individual-ijodiy badiiy tafakkur bosqichi Yevropada XVIII asr o'rtalaridan, Sharqda XIX asr oxiri - XX asr av- validan boshlanib, hozirda ham davom etayotir. Avvalo, jamiyatdagi kabi shaxsning badiiy ijoddagi maqomi ham o'zgardi: arxaik davrda muallif yo'q edi, keyingi bosqich- da mudom an’ana soyasida qolib keldi, uchinchi bosqich- ga kelib esa u markaziy o'rinni egalladi. Endi muallif mavjud namunaga ergashish, belgilangan me’yorlarga og'ishmay rioya qilish majburiyatidan xalos bo'ldi. O'zi va olamni anglash yo'lida ijodkor so'zdan erkin foydalanishi, unga shaxsiy sezimlari bilan bog'liq xususiy ma’nolarni 1Qar.: Конрад Н.И. Запад и Восток. - М.: Наука, 1966. 427 yuklashi mumkin bo'ldi, natijada so'z an’ana asosida ang- lanuvchi ma’nolariga qaraganda ko'lamliroq ko'pma’noli- lik kasb etdi: «ritorik so'z» o'rnini «muallif so'zi» egalladi. Janr kanonlari yemirildi, ijod amaiiyotida «har bir badiiy asar - o'z holicha alohida janr» (F.Shlegel) tamoyili amal qiladigan bo'ldiki, natijada adabiyot janriy-uslubiy jihat dan tubdan yangilandi. Adabiyot reallikka yaqinlashdi, nafaqat realistik, balki norealistik yo'nalishdagi asarlar da ham reallik izlari yaqqoi seziladigan bo'ldi. Avvalgi bosqichdagidan farqii o'laroq, obraz o'zi ifodalayotgan g'oyaga nisbatan ham, aks ettirayotgan predmetiga nis batan ham avtonomlik kasb etdi - tom ma’nodagi badiiyat hodisasiga aylandi. Shunga o'xshab «m uallif- qahramon - o'quvchi» uchligida ham har bir subyekt o'z holicha avtonom bo'lib, ularning o'zaro munosabatlari shu ma- qomdan turib qurila boshlandi. Ijod jarayoni individual-be- takror hodisa sifatida tushunila boshladi. Endi bu jarayon oldindan belgllab qo'yilgan qoidalar (kanon, me’yor) aso sida kechmaydi, aksincha, qoidalarning o'zi ijod jarayoni da yaratiladi. Zero, ijod jarayoni yakunlangan emas, bal ki mudom davom etayotgan hodisa sifatida tushuniladi va ayni xususiyati bilan u mudom o'zgarishdagi olamga ko'proq mos keladi. Xullas, nomiga mos tarzda uchinchi bosqich bilan individual ijodiy uslublar davri kirdi, adabiy jarayon endi ham ijodkor shaxsi, ham uni qurshagan vo qelik bilan chambarchas bog'liq kecha boshladi. Mazkur hoi uchinchi bosqichda Yevropada kuzatilgan Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling