Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari
Download 7.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov
hayotni badiiy aks ettirishning norealistik
prinsipi tavsifida bu jihatning ham e’tiborga olinishi zaruriy shart ekan. Ko'rib o'tganimiz hayotni badiiy aks ettirish tamoyilla- riga o'tgan asrning 30 - 40-yillar adabiyotshunosligida «metod» deb qaralib, shunga ko'ra, badiiy adabiyotda ik kita - realistik va norealistik ijodiy metodlar mavjud deb hi- 447 soblangan. Keyinroq metod atamasi ostida badiiy asarning g'oyaviy mazmuni bilan bog'liq bo'lgan hayot materialini tanlash, badiiy idrok etish va baholash prinsiplari tushunila boshlangan. Ya’ni metod endi badiiy tafakkur tarzi sanalib, badiiy adabiyot e’tiborini voqelikning u yoki bu qirralariga qaratish, tipiklashtirish va baholashda namoyon bo'luvchi hodisa deb tushunilgan. Albatta, istilohdagi ma’no ko'chi- shi adabiyotning mafkura quroliga aylantirilishini ilmiy asoslash jarayonida amalga oshgani bor gap. Biroq, shun day bo‘lsa-da, istilohning yangilangan ma’noda qo'llanishi badiiy ijoddagi ikkita g'oyat muhim tushuncha - metod va uslubrii alohida, biroq bir-biri bilan uzviy bog'liq kategori- yalar sifatida tushunish va tushuntirish imkonini berishi bilan ahamiyatli edi. Faqat shunisi borki, sho'ro davri ada biyotshunosligida alohida e’tibor bilan qaralgan «metod» tushunchasi bugunga kelib butkul «nazardan qoldi» de- yish mumkin. Hozirda metod masalasini umuman chetlab o'tish, uni mafkura talabi bilan o'ylab topilgan, g'ayriilmiy tushuncha deb hisoblashga moyillik kuchli. Holbuki, metod tushunchasi yo'q joydan emas, balki adabiy jarayon qonu- niyatlarining teran anglanishi natijasida paydo bo'lganki, bunga quyida yana qaytamiz. Agar badiiy tafakkur tarzini anglatuvchi metod gno- seologik (ya’ni badiiy bilish bilan bog'liq) kategoriya bo'lsa, uslub antropologik, ya’ni ijodkor shaxsi bilan bog'liq bo'lib, uning ijodiy individualligini belgilaydi. Shundan ham ko'ri- nadiki, metod g'oyaviylik, uslub esa badiiylik hodisa- sidir. Uslub yozuvchining ijodiy individualligini belgilaydi, ijodiy individuallik esa u yaratgan asarning barcha sath- larida (badiiy matnning tuzilishi - ritorika, badiiy voqelik ni yaratish prinsiplari - poetika) birdek namoyon bo'ladi. Ya’ni uslub badiiy shaklning unsuri emas, balki unga xos xususiyatdir. Uslub asardagi shakl unsurlarining o'z holi- cha emas, balki muayyan qonuniyat asosida yaxlitlikka birikishini ta’minlaydi, har bir unsurning butun tarkibidagi 448 mohiyati va funksiyasini belgiiaydi. Kim aytsa ham bilib aytgan, qadimdan «Uslub bu - odam» degan qarashning ommalashgani bejiz emas: asar o'zida ijodkor shaxsi- ni ifodalar ekan, buni eng avval uslubda namoyon etadi. A.Qahhorga xos jumla tuzish, A.Qahhorga xos rivoya, A.Qahhorga xos badiiy detallar funksionalligi, A.Qahhorga xos syujet qurilishi deyilishining boisi shundaki, bularning bari A.Qahhor uslubi bilan, uning ijodiy o'ziga xosligi bilan izohlanadi. Shuningdek, uslub istilohi kengroq ko'lamdagi tushunchani ham anglatadi. Ma’lumki, ijodkor faoliyati aniq bir davrda, adabiy-estetik prinsiplari o'ziga yaqin ijodkorlar doirasida kechadiki, uning uslubiy xususiyatlari bilan shu doiradagi boshqa ijodkorlar uslubida mushtarak jihatlar ku- zatilishi tabiiy. Bu esa muayyan adabiy davr uslubi, adabiy yo'naiish uslubi haqida gapirish imkonini beradi. Demak, uslub konkret ijodkor bilangina emas, ma’lum darajada adabiy jarayon bilan ham bog'liq ekan. Har ikki holda ham uslub qator muhim vazifalarni bajaradi. Jumladan, ijod ja rayonida и san’atkorni voqelikni yaxlit idrok qilish, hayot materialini yaxlit badiiy sistemaga aylantirishga yo'naltira- di. Adabiy jarayondagi funksiyasiga kelsak, uslub ijodkorni an’ana bilan bog'laydi, bir tomondan, o'zida adabiy-badi- iy an’anani tashuvchi, ikkinchi tomondan, uni yangilovchi sifatida namoyon bo'ladi. Shuningdek, badiiy asarning keyingi hayoti, ijtimoiy mavjudligini ham uslub belgilaydi. Zero, uslub asarni konkret o'quvchiga mo'ljallaydi, badi iy shaklning o'quvchi tafakkur darajasi va estetik didiga mos bo'lishini ta’minlaydi. Aytilganlarning bari uslub ha yot materiali va an’analarga saylab munosabatda boladi- gan, jamiyatning badiiy-estetik talab-ehtiyojlari, ma’rifiy va madaniy saviyasi, estetik didi darajasi bilan bog'liq hodisa ekanligini ko'rsatadi. Xullas, adabiy jarayonda yuqorida ko'rib o'tilgan Download 7.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling