O`qish darslarida hikoya o`tish uslubiyoti


Download 0.95 Mb.
bet1/4
Sana26.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1123573
  1   2   3   4
Bog'liq
O`qish darslarida hikoya o`tish

O`qish darslarida hikoya o`tish uslubiyoti

Hikoyalar bilan o‘qitish bolajonlar uchun juda juda qiziq bo‘ladi.Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta’minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq о’z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik о’zlashtirganligining kо’rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi.

  • Hikoyalar bilan o‘qitish bolajonlar uchun juda juda qiziq bo‘ladi.Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta’minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq о’z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik о’zlashtirganligining kо’rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi.

Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida kichikyoshdagi o‘quvchilaming badiiy asarni idrok qilishidagi psixologik xususiyatlar hisobga olinadi. Ruhshunos olimlaming tekshirishlaridan ma’lum bo‘lishicha, asarni idrok qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga, uni emotsional-estetik his etish ham kiradi.Badiiy asami yaxshi idrok etish uchun uni tushunishning o‘zigina yetarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo‘lib, asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o‘z ichiga oladi.

Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o‘quvchilaming adabiy qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi psixologik xusisiyatlari o‘rganilgan va ular adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo‘lishlari aniqlangan:


1. Adabiy qahramonga emotsional munosabat.
2. Elementar tahlil qilish.
Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o‘quvchilar o‘z shaxsiy va axloqiy tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday axloqiy tushunchalar kichik yoshdagi o‘quvchilarda chegaralangan bo‘ladi, albatta.Ular axloqiy sifatlardan botirlik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, yaxshilik tushunchalarini ko‘p ishlatadilar. Qahramonlaming boshqa sifatlarini tasvirlash uchun ulaming so‘z boyliklari yetishmaydi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar bilan asarni tahlil qilib, ular nutqiga personajlarning axloqiy, intellektual, emotsional sifatlarini tasvirlovchi so‘zlarni kirita borishdan iborat. Bu adabiy qahramonlaming xarakterini yaxshiyoritish shartlaridan biri hisoblanadi. Asardagi qahramonlaming xarakteri ulaming axloqiy sifatlarini anglash asosida tushuniladi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling