O`qish darslarida hikoya o`tish uslubiyoti
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi
Download 0.95 Mb.
|
O`qish darslarida hikoya o`tish
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi:1. Asar mazmunini tahlil qilish va to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning mazmunini tushuntirishga oid topshiriq o‘qish malakalarini takomillashtirish topshirig‘i ham hisoblanadi). 2. Asarning g‘oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, sujet chizig‘i, kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o‘quvchilaming shaxs sifatida umumiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog‘lanishli nutqining o‘sishi (lug‘atining boyishi va faollashishi) ni ta ‘minlaydi. 3. O‘quvchilaming hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. 4. Sinfda o‘qishga o‘quvchilaming bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi. Biz bilamiz,hikoyalar bolajonlar uchun juda qiziq bo‘ladi.Shu sabab biz bu bo‘limizda,bunga alohida to‘xtalishni xohladik. Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. “Hikoya ko‘pincha kishi hayotida bo‘lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir” Hikoya mazmunan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni qahramonlaming xattiharakati, tashqi ko‘rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko‘proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalami hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog‘lab olib boriladi.Boshlang‘ich sinflarda hikoyani o‘qishga bag‘ishlangan izohli o‘qish darslarida o‘qilgan hikoya mazmunini ochish, lug‘at ustida ishlash, o‘qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So‘roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xattiharakat o‘rtasidagi bog‘lanishlami aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Hikoyani o‘qish darsida o‘quvchilar tushunmaydigan so‘z va iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. Hikoyani o‘qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o‘quvchilar nutqini o‘stirish markaziy o‘rin egallaydi. Hikoya o‘qib bo‘lingach, o‘quvchilar o‘ylashi, o‘z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. O‘qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta ‘sir etganini bilishdan iborat. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling