Tushuntirish xati
Download 328.5 Kb.
|
ona tili 11 dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent-2018 TUSHUNTIRISH XATI
- ONA TILI ( haftasiga 2 soatdan jami 68 soat , B1+: 102 soat ) O‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga qo‘yiladigan talablar
- 1-BO‘LIM. KIRISH. O‘ZBEK TILI VA UNING TARAQQIYOTI (3 soat , B1+: 1 soat)
- 3-BO‘LIM . MADANIY NUTQ VA UNI SHAKLLANTIRUVCHI ASOSIY SIFATLAR (2 soat , B1+: 2 soat )
- 4-BO‘LIM . NUTQNING TO‘G‘RILIGI ( 6 soat , B1+: 3 soat )
- Mustahkamlash darsi .
- 6-BO‘LIM . NUTQNING MANTIQIYLIGI ( 4 soat , B1+: 2 soat )
- 7-BO‘LIM . NUTQNING SOFLIGI ( 5 soat , B1+: 4 soat )
- 9-BO‘LIM . NUTQNING JO‘YALILIGI ( 9 soat , B1+: 3 soat )
- Mustahkamlash
- Izoh: nazorat ishlari haftalik soatdan kelib chiqib belgilanadi. O na tili fanini mavzuiy rejalashtirish 68 soat
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI FILOLOGIYA FANLAR BLOK MODULI BO‘YICHA UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING O‘QUV DASTURI (XI SINF) ONA TILI Toshkent-2018 TUSHUNTIRISH XATI Til ta’limi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga va fikr mahsulini og‘zaki, yozma shaklda savodli bayon qila olishga, ya’ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga o‘rgatishdan iborat. Ona tili ta’limi o`quvchilarning Xalqaro baholash dasturi (inglizcha –Programme for International Student Assessment, PISA) doirasida savodxonligini rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Ona tili ta’limida “grammatika –fikrning aniq va lo‘nda ifodasi uchun” shiori asos qilib olindi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili o‘qitishning asosiy maqsadi: o‘z fikrini turli nutqiy vaziyatlarda og‘zaki va yozma tarzda, mustaqil ravishda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini to‘g‘ri anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan, kitobxonlik madaniyati shakllangan shaxsni kamol toptirishdan iborat. Ona tili predmetini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, uslubiyat, nutq madaniyatiga oid tushunchalarni) rivojlantirish; tilning keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11- sinfi uchun o‘quv dasturi yuqorida keltirilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib tuzildi. Ona tili mashg‘ulotlari bosqichli ketma-ketlik, shakl va mazmun aloqadorligi, tilshunoslik bo‘limlarining o‘zaro zich bog‘liqligi asoslarida quriladi. 11-sinfda nutq madaniyati (madaniy nutq va uni shakllantiruvchi sifatlar) yo‘nalishi qamrab olindi. Ushbu o‘quv dasturida bo‘limlar kesimida mavzularga ajratilgan umumiy soatlar hajmi keltirilgan bo‘lib, ularning taqsimlanishi o‘qituvchi tomonidan ijodiy yondashgan holda amalga oshiriladi. Jumladan, taqvim mavzuiy rejani tuzushda o‘quv dasturida bo‘limlarga ajratilgan (mavzularga berilgan) umumiy soat hajmidan chiqmagan holda taqsimlanishi zarur. Shuningdek, o‘quvchilarning Davlat ta’lim standartini o‘zlashtirish yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko’ra o’quvchilar bilimida aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish maqsadida mavzularga ajratilgan soat hajmini 15% gacha o‘zgartirish va metodik kengash yig‘lishida kelishilgan holda maktab pedagogika kengashida muhokama qilinib tasdiqlanishi maqsadga muvofiqdir. Mazkur dasturda tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro‘yxatidan fan o‘qituvchilari ijodiy yondashgan holda mavzularni kengaytirib o‘qitishda foydalanishlari mumkin. O‘quv dasturining boshida o‘quvchilarining o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar keltirilgan. Bu o‘z o‘rnida o‘quv yili boshlanishida pedagoglarning harakat strategiyasini belgilab beradi. Ona tili fani chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining 11-sinflarda ona tili 2 soat ko‘proq ya’ni jami
tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy axborot, voqea-hodisalarni tushunadi; mavzuga oid mashq va topshiriqlarni orfoepiya qoidalariga rioya qilgan holda o‘qiydi; fikrini to‘g‘ri bayon qiladi, urg‘uni to‘g‘ri qo‘yadi; 180-200 so‘zdan iborat diktant yozadi; o‘rganilgan mavzular doirasida 30-35 gapdan iborat mantiqan izchil, ijodiy matn (bayon, insho) yozadi; fikr ifodasida husnixat imlo va uslubiy qoidalarga amal qiladi, tinish belgilaridan o‘rinli foydalanadi; ish qog‘ozlaridan bayonnoma, tavsiyanoma yozadi; о‘zbek tilining bugungi taraqqiyotini izohlaydi; nutqiy muloqot va nutq madaniyati. Madaniy nutq va uni shakllantiradigan asosiy sifatlar, nutqning to‘g‘riligi va aniqligi, mantiqiyligi, sofligi, boyligi, jo‘yaliligi, ifodaliligini farqlaydi va yozma nutq ifodasida foydalanadi.
Kirish. O‘zbek tilining bugungi taraqqiyoti. Tilning ilm-fan, texnika va boshqa sohalardagi o‘rni. Matn va lug‘at ustida ishlash. 2-BO‘LIM. NUTQ MADANIYATI (2 soat, B1+: 1 soat) Nutq madaniyati. Nutq odobi. Ulug‘ allomalarimizning nutq odobi haqidagi fikrlari. Nutqiy muloqot va nutq madaniyati. Nutqiy madaniyat – jamiyat madaniyatining ko‘zgusi. Matn va lug‘at ustida ishlash. 3-BO‘LIM. MADANIY NUTQ VA UNI SHAKLLANTIRUVCHI ASOSIY SIFATLAR (2 soat, B1+: 2 soat) Madaniy nutq haqida tushuncha. Uni yuzaga keltiradigan asosiy sifatlar: to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, jo‘yalilik va boshqalar. Matn va lug‘at ustida ishlash. 4-BO‘LIM. NUTQNING TO‘G‘RILIGI (6 soat, B1+: 3 soat) Nutqning to‘g‘riligi. Nutqning to‘g‘riligi – uning adabiy til meyorlariga to‘liq muvofiqligi. Adabiy meyorlarning shakllanishida nutqiy amaliyotning o‘rni. Leksik meyorlar. To‘g‘ri talaffuz meyorlari. So‘z yasalish meyorlari. Grammatik meyorlar. Uslubiy meyorlar. Yozma nutqning to‘g‘riligi va meyor. Nutqning to‘g‘riligiga putur yetkazuvchi holatlar. Mustahkamlash darsi. Matn va lug‘at ustida ishlash. 5-BO‘LIM. NUTQNING ANIQLIGI (4 soat, B1+: 3 soat) Nutqning aniqligi. Nutq aniqligining til birliklari ifodalagan mazmunning voqelikdagi tushunchalarga to‘liq mos kelishi asosida ta’minlanishi. Nutqning aniqligi va ko‘p ma’noli, ma’nodosh, shakldosh va paronim so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish. Nutqning aniqligi va badiiy nutq. Ifoda aniqligi va tasvir tiniqligi. Nutqning aniqligiga putur yetkazuvchi holatlar. 6-BO‘LIM. NUTQNING MANTIQIYLIGI (4 soat, B1+: 2 soat) Nutqning mantiqiyligi. Nutqda til birliklari o‘rtasidagi mazmuniy bog‘lanishlarning fikr mantiqiy mohiyatiga mosligi – mantiqiylik sifatining asosi. Fikr tarkibi va mantiqiylik. Mantiqiylik va grammatik vositalar. Ulardan o`rinli va unumli foydalanish. Mantiqiy nutq tuzishning bog‘li nutq, ijodiy matn yaratishdagi o‘rni. Nutqning mantiqiyligiga putur yetkazuvchi holatlar. Mantiqiylik va matn kompozitsiyasi. 7-BO‘LIM. NUTQNING SOFLIGI (5 soat, B1+: 4 soat) Nutqning sofligi uning adabiy til meyorlariga mosligi bilan bir qatorda ma’naviy-axloqiy odatlarga yot bo‘lgan unsurlardan xoliligi asosida belgilanishi. Nutqning sofligiga putur yetkazuvchi holatlar. Varvarizmlar va vulgarizmlarning qo‘llanilish meyorlari. Nutqning sofligi va badiiy nutq. Rasmiy ish qog‘ozlari uslubiga xos qoliplashgan so‘z, birikma va gaplarning nutq sofligiga salbiy ta’siri. Mustahkamlash. Matn va lug‘at ustida ishlash. 8-BO‘LIM. NUTQNING BOYLIGI (4 soat, B1+: 2 soat) Nutqning boyligi. Nutqning boyligi undagi tarkibning rang-barangligi bilan belgilanishi. Nutqning boyligini ta’minlovchi vositalar. O‘zbek tili lug‘at tarkibi nutq boyligini ta’minlashning asosi. Nutqning boyligini ta’minlashda ma’nodosh so‘zlar, sodda va qo‘shma gaplarning o‘rni. Nutqning boyligiga putur yetkazuvchi holatlar. Leksik va grammatik takrorlarning nutq sifatiga salbiy ta’siri. Nutqning boyligi va nutq uslublari. Matn va lug‘at ustida ishlash. 9-BO‘LIM. NUTQNING JO‘YALILIGI (9 soat, B1+: 3 soat) Nutqning jo‘yaliligi. Til vositalaridan muloqot sharoiti va maqsadiga mos tarzda foydalanish – nutq jo‘yaliligining bosh omili. Jo‘yalilik va uslublar. Jo‘yalilik sifatining og‘zaki va yozma shakllarda namoyon bo‘lishi. Nutqning jo‘yaliligi va so‘z tanlash malakasi. Nutqning jo‘yaliligiga putur yetkazuvchi holatlar. Mustahkamlash. Matn va lug‘at ustida ishlash. 10-BO‘LIM. NUTQNING IFODALILIGI (12 soat, B1+: 4 soat) Nutqning ifodaliligi. Ifodalilik va nutqiy uslublar. Ifodalilikni ta’minlovchi vositalar. Ifodalilik va ibora. Badiiy nutqning ifodalilikni yuzaga chiqarishdagi o‘rni. Ifodalilik va ko‘chimlar. Epitet. Metafora. Metonimiya. Mubolag‘a va kichraytirish. Ifodalilik va kinoya. Ifodalilik va o‘xshatishlar. Nutqning ifodaliligiga putur yetkazuvchi holatlar. Mustahkamlash. Matn va lug‘at ustida ishlash. 11-BO‘LIM. NUTQ MADANIYATI VA NUTQ TEXNIKASI. ISH YURITISH (9 soat, B1+: 5 soat) Nutq madaniyati va nutq texnikasi. Nutq texnikasi nutqiy madaniyatning muhim belgisi. Ovozning sifati, nutq jarayonida to‘g‘ri nafas olish. Nutq texnikasida urg‘u va to`xtam. Talaffuz texnikasi, diksiya va boshqa fonetik ko‘nikmalar. Matn va lug‘at ustida ishlash. Ish qog‘ozlari ustida ishlash. Bayonnoma. Bayonnomadan ko`chirma. Matn va lug‘at ustida ishlash. Takrorlash. Matn va lug‘at ustida ishlash. Izoh: nazorat ishlari haftalik soatdan kelib chiqib belgilanadi. Ona tili fanini mavzuiy rejalashtirish 68 soat
Ona tili fanini chuqurlashtirib o‘qitish bo‘yicha mavzuiy rejalashtirish (102 soat)
FOYDALINILGAN ADABIYOTLAR: 1. Маҳмудов Н., Худойберганова Д. Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли луғати. – Тошкент: Маънавият нашриёти, 2013 йил. 2. Маҳмудов Н., Одилов Ё. Сўз маъно тараққиётида зиддият. Ўзбек тили энантиосемик сўзларининг изоҳли луғати. – Тошкент: Академнашр, 2014 йил. 3. Аминов М., Мадвалиев А., Маҳкамов Н., Маҳмудов Н. Иш юритиш. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2015 йил. 4. Маҳмудов Н. Тилимизнинг тилла сандиғи. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2015 йил. 5. Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лексик қатламлари. – Тошкент: Фан, 1985 йил. 6. Дониёров Х., Йўлдошев Б. Адабий тил ва бадиий стиль. – Тошкент: Фан нашриёти, 1988 йил. 7. Маҳмудов Н. Ўқитувчи нутқи маданияти. 2-нашри. – Тошкент: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2009 йил. 8. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати. – Тошкент: Ўқитувчи нашриёти, 1978 йил. 9. Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М., Ҳожиев А., Расулов И., Дониёров Х. Ҳозирги ўзбек адабий тили. I қисм. – Тошкент: Ўқитувчи нашриёти,
10. Ўзбек тили грамматикаси. I – II томлар. – Тошкент: Фан нашриёти, 1976 йил. 11. Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубият асослари. – Тошкент: Ўқитувчи нашриёти, 1992 йил. 12. Ҳожиев А. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўқитувчи нашриёти, 1974 йил. 13. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Тошкент: Ўқитувчи нашриёти, 1987 йил. Download 328.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling