Talant shou” nizomi Umumiy qoidalar
Download 20.29 Kb.
|
Talant shou nizom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xoreografiya(raqqos(a)lik)
- II. Tanlovning maqsadi va vazifalari 4.
- III. Tanlovni o‘tkazish bosqichi 5.
- IV. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish. 6.
- VII. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash 13.
“Talant shou” nizomi 1.Umumiy qoidalar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida universitet talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida iqtidorli talabalar o’rtasida “Talant shou” tashkil etiladi. 2. “Talant shou” tanlovida universitetda tahsil olayotgan talabalar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etadi: Qo’shiqchilik san’ati (An’anaviy xonandalik: Vokal, zamonaviy qo’shiqchilik: Estrada, Opera) – bunda ishtirokchi(lar) individual yoki duet tarzda sahnada jonli ijroda ijod namunasini namoyish etishi kerak bo’ladi; Aktyorlik mahorati (bunda ishtirokchi o’zi xohlagan asardan rol ijro etishi mumkin bo’ladi) - bunda ishtirokchi(lar) individual yoki jamoaviy tarzda biron asardan parcha ijro etishi kerak bo’ladi va asosiy qatnashadigan aktyor bosh rolda bo’lishi lozim; Xoreografiya(raqqos(a)lik)- bunda ishtirokchi(lar) individual yoki jamoaviy tarzda ishtirok etishlari mumkin; Cholg’u ijrochiligi- bunda ishtirokchi(lar) individual yoki jamoaviy tarzda ishtirok etishlari mumkin; Qiziqchilik san’ati - bunda ishtirokchi(lar) individual yoki jamoaviy tarzda ishtirok etishlari mumkin; 3.Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish jarayoni universitet Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. II. Tanlovning maqsadi va vazifalari 4. Tanlovning asosiy maqsadi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbusni talaba-yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish, yoshlardagi vatanga, ona zaminga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini yanada shakllantirish, iqtidorli talabalar ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka yetkazish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ishtirok etuvchi barcha tashabbuskor yoshlarni munosib rag‘batlantirishdan iborat. III. Tanlovni o‘tkazish bosqichi 5. “Talant shou” tanlovi belgilangan muddatdan boshlab haftada 1 kun o‘tkaziladi va ishtirokchining har haftalik olgan bali finalda hisoblanadi va har bir yo’nalish bo’yicha 3 ta o’rin belgilanib 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” arafasida g‘oliblar e’lon qilinib taqdirlanadi. IV. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish. 6. Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha universitet rektori buyrug‘i bilan Tashkiliy qo‘mita va soha professor-o‘qituvchilari, olimlari, mutaxassislari, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda Hakamlar hay’ati tuziladi. 7. Universitet Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi boshchiligida ishchi gurux tashkil etiladi. 8. Tanlovda universitet talabalari o‘zlari tayyorlagan ijodiy ishlari bilan ishtirok etishi mumkin. V. Tanlov shartlari va baholash mezonlari 9. Tanlovda ijro etiladigan quyidagi mezonlarda baholanadi: -Har bir ijod na’munasi 5 daqiqadan oshmasligi lozim. -Har bir ijod namunasining saviyali va mukammal holda chiqishiga ishtirokchining o’zi javobgardir. -Har bir ishtirokchi faqatgina bitta ijod namunasini olib chiqish huquqiga ega. -Har bir ishtirokchi o’ziga kerakli bo’lgan musiqiy asbob, vositalar va rekvizitlarni o’zi bilan olib kelishi lozim bo’ladi. 10. Har bir mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi VI. Hujjatlarni taqdim etish tartibi. 11. Ishtirok etishni xoxlovchi ijodkorlar tanlovga mas’ul qilib qo’ygan shaxsga Buxoro davlat universiteti talabasi ekanligi to’g’risidagi ma’lumotnomani taqdim etishi kerak. VII. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash 13. Tanlovning yuqori final bosqichida (1, 2, 3) o‘rinlarni egallagan talabalar universitet rahbariyati tomonidan rag‘batlantiriladi. Download 20.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling