Talaba shaxsining ijtimoiy psixologik xususiyatlari


Download 23.18 Kb.
Sana16.11.2020
Hajmi23.18 Kb.
#146757
Bog'liq
8-mavzu


Talaba shaxsining ijtimoiy psixologik xususiyatlari

Reja:


1.Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar.

2.Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lish.

3.O‘smirlik va o‘spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o‘ziga xosligi.

4.Yoshlardagi attraksiya va emotsional munosabatlar. O‘smirlik va o‘spirinlik davrlari



O`SMIRLIK VA O`SPIRINLIK MOTIVATSIYALARI: O`zini o`rganish, o`z fikrni bayon qilish, o`z qadr qimmatini bilish

O‘smirlik va o‘spirinlik davrlar- bu bolaning shaxsga aylanish davridir.

Bu davrda xarakter va xulk atvor shakllana boshlanadi.

O`smirlik va o`spirinlik davrida bola kattalarga o`xshashga xarakat qilishadi-O`smir va o`spirin o`g`il bolalar «Xaqiqiy mard erkak» obroziga ega bo`lgan kishiga taxlid kilishga intiladi.

Qiz bolalar esa «Jozibali ayol» obroziga ega bo`lgan kishiga taxlid qilishga intiladi.



O`smirlik va o`spirinlik davrida bola o`zini anglash jarayoni shakllanish va rivojlanish davom etadi. Bu davrda qizlar xam o`g`il bolalar xam o`ziga baxo berish, kamchiliklariga e’tibor berish kuchayadi.

Ideal bo`lgan «Men» obrozi boshqa kishilarning yutuqlari, ularga ma’qul bo`lgan fazilatlari asosida yaratiladi.



O`SMIR VA O`SPIRIN psixik rivojlanishdagi yangilanishlar

  • Qarama-qarshiliklar va konfliktlar mavjudligi

  • O`zini anglashning yangi yuqori darajadaligi

  • O`qish va mexnat qilishda mustaqillik xamda individuallik shakllanishi

  • Kattalarning shaxsiy xamda faoliyatiga yangicha baxo berish

  • O`qituvchilarga nisbatan differensial munosobat yuzaga kelishi: ba’zi bir o`quvchiga nisbatan xurmat, simpatiya bo`lishi, ikkinchiga esa negativ va uchinchiga befarq bo`lishi

  • Faoliyat notiqlarining o`zgarishi. Bu ularning uziga bo`lgan xurmat ortishi bilan bog`liq

Yoshlardagi attraksiya va yuksak xis-tuyg`ular.

Bu taraqqiyot davri attraksiya deb atalmish xissiyotning paydo bo`lishi uchun eng maqbul davrdir.



ATTRAKSIYA: Do`stlik va Sevgi

Sevgi turlari:

1. qarama-qarshi jins vakiliga qaratilgan bo`ladi

2. ota-onaning qadrlanishi va ularga nisbatan sevgi

3. muxabbat, yaqinlar — aka-uka, opa-singil

4. xayotda ibrat bo`ladigan kishilarni yaxshi ko`rish

5. vatanni sevish kabi oliy xislar xam tarbiyalanadi



Do`stlikning ko`zlagan maqsadlari :

1. Amaliy

2. Ish-faoliyat bilan bog`lik

3. Sof emotsional (ya’ni, muloqot extiyojlarini qondirish)

4. Ratsional (intellektual muammolarni xal qilishga asoslangan)

5. Axloqiy (o`zaro insoniy sifatlarni takomillashtirishga xizmat qiluvchi) bo`lishi mumkin.



Glossariy

Attraksiya (lotincha attrahere — yoqtirtirish, o`ziga jalb etish) — bu bir insonning boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va yoqtirishi, o`zaro moyillikni tushuntiruvchi emotsional xisdir.

Do`st — bu «alter — Ego», ya’ni ikkinchi «Men» bo`lib, u usha paytdagi «Men»ning bir qismi sifatida idrok qilinadi.

Sevgi — bu nafaqat xissiyot, balki boshqalarni seva olish qobiliyati xamda sevimli bula olishdir.



Simpatiya -sevgining dastlabki bosqichi bo`lib, bunda asosan ob’ektining tashqi jozibasi ro`l o`ynaydi.

Vatan xissi — bu xalqni sevmoq, xurmat qilmoq, qadriga etmoq va e’tirof etmoqdir.
Download 23.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling