OʻZBEKSTAN RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, ILM VA INNOVACIYALAR MINISTRLGI
OʻZBEKSTAN RESPUBLIKASI MADANIYAT VA TURIZM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTAN DAVLAT KONSERVATORIYASI NUKUS FILIALI
“MUSIQA SAN’ATI” FAKULTETI
“Cholgʻu ijrochiligi” kafedrası “ Puflama va zarbli cholg‘ular ijrochiligi” mutaxassisligi
1-kurs studenti Razatdinov Nuratdinning
“O‘zbek musıqa tarixi” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Qoraqalpoq xalq cholg‘ulari
Tayyorlagan: Razatdinov Nuratdin
Qabul qilgan: Abatbaeva Rano
Nukus – 2023
Qoraqalpoq xalq cholg‘ulari.
Rejasi:
Kirish.
I.Bob. Qoraqalpoq musiqasida xalq cholgʻularining tutgan oʻrni
1.1. Qoraqalpoq musiqasida jirovchilik sanʼati ijrochiligi
1.2. Qoraqalopoq musiqa asboblari
II.Bob. Qoraqalpoq xalq cholgʻulari orkestrining paydo boʻlishi.
2.1. Qoraqalpoq musiqa madaniyati
2.2. Orkеstrning tashkil etilishida kompozitor Abdirеyim Sultanovning o'rni
Yakuniy qism.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Musiqa ruhiyat surati, kayfiyat olami. U insonni ezgulik dunyosiga, samoviy sinoat kengliklariga da’vat etadi. Musiqa inson qalbini, hissiyotlarini, hasratu armonlarini, quvonchu orzularini jumbushga soladi.
Musiqa – inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (qatʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviy tasviriy imkoniyatlari yunon olimlari – Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari — Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, tasavvuf arboblari — Imom Gʻazoliy, Kalobodiy Buxoriy va boshqa tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy tadqiq qilingan.
Ma’lumki, qoraqalpoq xalqining musiqaiy merosi uzoq boy taixiy o‘tmishga ega. Qoraqalpoqlarning musiqiy merosi, ularning og‘zaki va musiqiy ijodini aks ettiruvchi bir afsona mavjud: “Butun dunyo bo‘ylab sayohat qilib chiqqan qo‘shiq, kunlardan bir kun, qoraqalpoqlarning manzilgohlaridan biriga tunash uchun to‘xtabdi. Ko‘rinmas va eshitilmas mehmonning tashrifi to‘g’risidagi xabar har tomonga tarqalibdi. Quvnoq ovulga to‘plangan sanoqsiz qoraqalpoqlar hayratomuz mehmonni tundan kun chiqquncha, toki qo‘shiq uhlashga yotmagunicha eshitishibti. shundan so‘ng qoraqalpoqlarning xotirasida ushbu kuylovchi mehmon haqidagi minglab hikoyalar, ertaklar, qo‘shiqlar saqlanib qolibdi.”
Do'stlaringiz bilan baham: |