Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi asoslari


Download 7.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/149
Sana28.10.2023
Hajmi7.7 Mb.
#1731056
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   149
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi asoslari D.Quronov

martiy qahramon va romaniy tafakkur ham ko'rsatiladi. Bu 
tushunchalar bir-biriga uzviy bog'liq, bir-birini taqozo etadi. 
Roman inson taqdiri, uning jamiyat bilan munosabatining 
badiiy tadqiqi orqali olam-u odam mohiyatini anglashga 
intiladiki, shu romaniy problema deyiladi. Dunyoning yax- 
litligi va mavjudlikning tub mohiyatini anglash roman prob- 
lemasi bo'lsa, qahramonning dunyo bilan ziddiyati o'sha 
muammoni hal qilish vositasidir (G.Lukach). Shu bois 
ham qahramon taqdiri va egallagan mavqeyi uning o'ziga 
nomuvofiqligi, M.Baxtin aytganidek, romanning markaziy 
mavzu-muammosi bo'lib keladi. Sababi, romaniy proble- 
maning badiiy idroki uchun qahramon ham shunga mos, 
ya’ni jamiyatda yashagani holda o'zining individ ekani- 
ni teran idrok etadigan, muhit bilan ziddiyatga kirishgan 
shaxs bo'lishi lozim. Romanning klassik tushunchadagi, 
ya’ni «burjua eposi» (Gegel), «yangi davr eposi» (Belins- 
kiy) sifatidagi ko'rinishi shaxsning jamiyatdagi maqomi 
o'zgargan, u o'zini o'z holicha butun bir olam o'laroq idrok 
eta boshlagachgina shakllangani shu bilan izohlanadi.
Roman asosida yotgan shaxsning turfa ziddiyatlari 
uning voqelik bilan bir butunlik hissini - epik butunlikni 
yo'qotishi natijasida yuzaga kelgan. F.Shelling roman vo-
379


qeani eposdan, taqdirni dramadan oladi deganida shuni 
nazarda tutadi. Aslida, epik butunlikni tiklash payidagi 
shaxs - ijodkorning o‘zi, qahramonning tashqi olam bilan 
to'qnashuvlari (keng ma’noda shaxs dramasi) esa shuning 
vositasi. Bundan ikkita xulosa kelib chiqadi: 
birlnchidan, 
roman - hayot yo'lida chigal muammolarga duch kelgan 
ijodkorning «ziddiyatli holatni adabiy yo‘l bilan yechishga 
urinishi» (A.Priyeto); 
ikkinchidan,
har qancha epik dega- 
nimiz bilan, unda subyektiv ibtido ham g'oyat salmoqli 
(ya’ni romanni sintetik tur deguvchilarda ma’lum asos yo‘q 
emas). Nihoyat, romaniy problemani shunga mos qahra­
mon vositasida idrok etish jarayonida jamiyatning joriy ho- 
lati, olam-u odam haqidagi yaxlit bir konsepsiya - badiiy 
falsafa shakllanadiki, bu romaniy tafakkur mahsulidir.
Mazkur xususiyatlarni barcha romanlardan izlash, ular­
ni qat’iy qoida deb tushunish to‘g‘ri bo'lmaydi. Negaki, janr- 
ning asrlar davomidagi takomil yo'lida turli xil va ko'rinish- 
lari vujudga kelgan, roman «shakllanayotgan va hali tayyor 
bo'lmagan yagona janr»1 sifatida mudom o'zgarishda ya- 
shaydi. Har bir davrning badiiy-estetik talab-ehtiyojlari ro- 
manga ma’lum o'zgarishlar kiritadi. 0 ‘tgan davr mobayni- 
da romanning turli (ritsarlik romani, tarbiya romani, gotik 
roman, sarguzasht-detektiv, ijtimoiy-psixologik, tarixiy- 
biografik, satirik va b.) janr ko'rinishlari yaratildi. Xullas, 
roman har bir davrning estetik didi va ma’naviy-ruhiy ehti­
yojlariga moslashib, adabiyotdagi yangiliklarni zudlik bilan 
o'ziga singdirgan holda mudom shakllanishda yashovchi 
janrdir. Shuning uchun roman masalasiga yondashishda 
eng avval «roman» istilohi qaysi ma’noda qo'llanayotgani- 
ni aniqlab olmoq zarur. Hozirda roman istilohi «epik tur jan­
ri» ma’nosida ham, «katta hajmli voqeaband asar» ma’no­
sida ham ishlatilmoqda. Holbuki, roman deb yuritilayotgan 
asarlar bir-biridan farqlanadi. Shunga ko'ra, istiloh «janr»
1 Бахтин M.M. Вопросы литературы и эстетики. - М., 1975. - С.447.
380


ma’nosida qollanganida, yuqorida ta’riflangan eposning 
vorisi bo'lmish klassik tushunchadagi romanning nazarda 
tutilgani maqsadga muvofiqdir.

Download 7.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling