Dilshodi Barno Mani aslim erur olamg’a ravshan


Download 20.27 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi20.27 Kb.
#1595350
Bog'liq
Dilshodi Barno


Dilshodi Barno
Mani aslim erur olamg’a ravshan,
Tavallud manzilumdur Istravshan.
Samog’a bosh urmish barcha tog’I,
Eram naqdinasi olamda bog’i.
Adirlarda ko’rinur misli cho’g’day,
Jahonga manzur o’lg’on lalim bug’day.
O’shal ravshan shaharni qizi erdim,
O’shal tog’lar aro yulduzi erdim.
Uzumzor ichra o’sgan erdim ozod,
Onamqo’ynida erdim shodu Dilshod.
Tavallud ming ikki yuz o’n besh ermish,
O’tuz ikida mulkimdin ayirmish.
Ushbu misralar o’zbek va tojik xalqining iste’dodli shoirasi Dilshodi Barno qalamiga tegishli bo’lib, tarjimai hol she’rida yozganidek, qadimiy Istravshan hozirgi O’ratepa shahrining Mir Mushon mahallasida 1215 (milodiy 1800) yilda tug’ilgan. Shoiraning otasi shoirtabiat kishi bo’lib, O’ratepa uchun oilb borilgan janglarning birda vafot etadi. Yosh Dilshodi Barnoning tarbiyasi onasiga qoladi. Biroq 1813-yilda vabo kasalidan onasi ham vafot etadi. Ota-onasidan yetim qolgan Dilshod 90 yoshdagi enasi (buvisi) bilan ip yigirib kun kechiradi.XVIII asrning ikkinchi o’n yilliklaridan boshlab O’ratepa Buxoro amirligi hamda Qo’qon xonligining kurash maydoniga aylanib qoladi. Qo’qon xonligi o’zining Shimoldagi chegaralarini mustahkamlash hamda Buxoro xonligi tasarrufidagi yerlarni o’z hududiga olmoqchi bo’ladi. Bu yurish 1816-1817 yillarda Amir Umarxon tomanidan amalga oshiriladi. Shaharni bosib olgan Umarxon bir qancha aholini Qo’qonga yayov haydaydi. Ana shu asirlar orasida Dilshod ham bo’ladi.
Umarxon nom zolim, nomi shoir,
Chiroyimiz ko’rub, ul bo’ldi jobir.
Keturub bu Xo’qadg’a ul piyoda,
Sitamni soldi bizlarg’a ziyoda.
Hamani shahrixonga haydadilar,
Mani xon o’rdasig’a haydadilar.
Qahramonimiz nozikta’b, go’zal bo’lib, Umarxon uning shoiraligidan xabardor edi. Shu sababdan uni xuzuriga chorlab, uni sinab ko’rmoqchi bo’ladi.
Bu husnim bo’ldi boshimg’a sitamkor,
Mani charlatdi u qoshig’a u jabbor.
Va unga shunday murojaat qilib savol beradi:
Dedi:”Shoira deydilar otingni,
Mango bildur baso asli zotingni?”
Dedim: “Yurtimda Dilshod erdi otim,
Amir tig’ida yakson bo’ldi zotim”.
Dedi:”Ushbu anorga ne deyursan?»
Dedim “Qizlar xunidin to’ldiribsan?”
- deb javob beradi Dilshod. Bu javobdan g’azablangan Amir Umarxon uni xon saroyidan quvishni buyuradi. Tongga yaqin Shayx uni Tosh Maxdumlar xovlisiga kiritib yuboradi. Maxdumning onasi saksondan oshgan Maxdumning o’zi esa 50 yoshdan o’tgan edi. Ular Dilshodini yaxshi kutib oladi va uni Maxdumga nikohlab beradilar. Bu holatga shunday tavsif beradi:
Baqirdi, kirdi eshikdin mahram,
Dedi xon: “Sharmandani berg’il bahram”.
Elitdi zindonbonga topshurdi mani,
Ul devordin chetga oshurdi mani.
Bo’ldim ozod ilgidin, qoldim tirik.
Ushbu kulba ahlig’a bo’ldim sherik.
Uning qaynonasi 99 yoshida olamdan o’tadi. Dilshod Tosh Maxdum bilan birga 20 yildan oshiq umr guzaronlik qiladi. Ular sakkiz farzand ko’radilar, biroq ikki o’g’il va bir qizi omon qoladi.
Dilshod Nizomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedil kabi shoirlarning asarlarini tinmay o’qiydi. Uning ijodi rivojida, ayniqsa Nodira, Uvaysiy kabi shoiralarning ta’siri kuchli bo’ladi. O’zbek va Tojik tilida latif asarlar yozgan Dilshodi Barno yuz yildan ortiq umr ko’rib, taxminan 1905- 1906 yillarda vafot etgan.
Yigirma yil maktab ochdim qizlora,
Hirsim baland bo’ldi doyim ash’ora.
O’zum bitdim mingdan ortuq g'azalni,
Zikr etib o’tdum oxir azalni.
Ming uch yuzda kuzga yetdi bahorim,
Bilmadimkim, qachon kelgay nahorim.
Doim ruhim zamon uchun dod etar,
Anbar otun oxir mani yod etar.
She’rlarida ta’kidlab o’tilganidek, u buyuk insonlar ijodini o’rganish bilan birgalikda ma’rifat maskani bo’lmish xonadonida qizlarga ta’lim beradi. O’z davrining yetakchi, oqila ayollaridan bo’lmish Dilshodi Barno she’rlarida ayollarni xususan, qizlarni, ma’rifatli, erkin jamiyatning teng huquqli a’zolari bo’lishiga chorlagan. Ushbu misralari bu so’zlarning isboti:
Keling, qizlar chalaylik daf ila soz,
Bir osoyish zamonni chorlaylik boz.
Diyorimizni ta’rif aylamakka
Hamma maqsadni birga aylaylik soz.
Qo’shiqni Nodira she’riga bog’lab,
Bo’layluk sozig’a bizlar hamovuz.
Uvaysiy birla Mahzuna qoshida
Turayluk suhbat aylab birga damsoz.
G’azallar pardasini har qanoti,
Hayotlik ko’nglimizda etsa parvoz.
Kimiki misli ma’dan ersa rangin,
G’azallar husni ermas, balki pardoz.
Jamoli misra asli ersa, Barno,
Oqug’an odam aylar oncha e’zoz.
Dilshodi Barno Uvaysiy, Nodira ijodini sevib o’qish bilan birgalikda ularni o’ziga ustoz deb ham bilgan. Bu esa uning nihoyatda kamtarin ekanligiga dalolat.U muxammas, musaddas, chiston va boshqa bilan birga xotiranomalar ham yaratgan. Bizga qadar shoiradan ikki tilde yozilgan 142 she’ri jumladan, 91ta o’zbekcha 51 ta tojikcha she’ri, o’zbek va tojik tilida yozgan “Tarixi muhojirxon” (“Muhojirlar tarixi”) o’zbekcha va tojikcha qo’lyozma nusxasi (“Tazkirai Barno”, “Sabot ul-bashar maa tarixi muhojiron” – “Inson matonati va muhojirlar tarixi”, “Muntanaxab al-ash’ori Barno”- “Barnoning tanlangan she’rlari”) va o’z hayot yo’lini qisqacha bayon qiluvchi “Tarjimai xol” masnaviysi yetib kelgan. Mazkur asar masnaviy yo’lida yozilgan bo’lib, 20 baytdan iborat. Masnaviydagi shoira qo’llagan badiiy usullardan biri asar personajlari - shoira va xonning o’zaro muloqotlarini ifoda etuvchi dialogdir. Ana shu muloqotni o’qigan har bir kitobxon shoiraning Umarxon xuzuriga olib kirilishi va uning saroydan quvilish sabavlarini osongina bilib oladi. Bundan tashqari shoira o’zi tug’ilib o’sgan Istravshanning baland tog’lar yaqinida joylashgan ko’rkam manzil ekanligini u yerning yoqimli iqlimi, bog’u rog’lari, lalmi bug’doy yetishtiradigan qirlari haqida samimiy mehr bilan yozadiki she’rdagi aniqlilik va samimiyat she’rxonga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi.
Vatanni shod etish uchun ko’p qayg’uring.
Rostlikka zavol o’lmas emish, biling,
Xalqingni halok etmagil, ey yer.
El ichra ishla, el birla tirik bo’lgil amalda,
Ki, tanho nom chiqarmas yaxshilikda, dedilar ustoz.
Dilshodi Barno ijodi xalq taqdirining badiiy yilnomasi darajasiga ko’tariladi.
Bizning ikki tilli shoiramiz ustozimiz Dilshodi Barno XIX asr Qo’qon adabiy muhitida ijod qilgan xotin-qiz shoiralar ichida kuchli ehtirosi , go’zal tashbehlari, so’zga muhabbati va ifoda qudrati bilan alohida ajralib turadi.
Download 20.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling