Din ijtimoiy hodisa sifatida. Dinning ijtimoiy vazifalari. O`zbekistonda davlat va din munosabatlari
Download 10.3 Kb.
|
Jamshidbek Niyazimbetov 71
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dinning ijtimoiy vazifalari
- O`zbekistonda davlat va din munosabatlari.
I71 Jamshid Niyazimbetov Din ijtimoiy hodisa sifatida . Dinning ijtimoiy vazifalari. O`zbekistonda davlat va din munosabatlari. Javoblar: Din ijtimoiy hodisa sifatida . Din – e'tiqod va u har bir kishining shaxsiy ishi hisoblanadi. Diniy nuqtai nazarga ko‘ra, din – muayyan diniy e'tiqodlarga, ya'ni ilohga, uning tomonidan insonlarga xabar etkazuvchilarning g‘ayrioddiy salohiyatga ega ekaniga (payg‘ambarlik), insonlar atrofida unga ko‘rinmaydigan ammo undan ancha yuqori darajada turuvchi mavjudotlar borligiga (farishtalar, jinlar) inson ideal hayot kechirishi uchun azaldan belgilangan qonuniyatlar mavjudligiga (muqaddas kitoblar), inson hayoti muntazam nazorat ostida ekaniga, qilingan barcha yaxshilik va yomonlik uchun mukofot yoki jazo muqarrarligiga (oxirat, hisob-kitob qilinish), inson qismati avvaldan belgilanishiga (taqdir) va shu kabi qarashlarga ishonish, ularni aqida sifatida qabul qilishdan iborat. Dinning ijtimoiy vazifalari: Birinchidan, har bir din o‘z e'tiqod qiluvchilari uchun to‘ldiruvchilik, tasalli beruvchilik –vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj hosil qilish hodisasini okompensatorliklaylik. Inson o‘z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo‘lib ko‘ringanida, unda qandaydir ma'naviy-ruhiy ehtiyojga zaruriyat sezadi. Bu diniy ehtiyoj bo‘lib, u ma'naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va bajarmoqda. Ikkinchidan, din o‘z ta'limot tizimini vujudga keltirgach, o‘ziga e'tiqod qiluvchilar jamoasini, shu ta'limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozir ham shunday. Bu dinning birlashtiruvchilik – integratorlik vazifasi deb ataladi. Din doimo ijtimoiy, etnik, ijtimoiy va ma'naviy hayotda uzviylik, muntazamlilikni ta'minlash maqsadida u xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, adabiyoti va san'atiga bog‘langan. Uchinchidan, har bir din o‘z qavmlari turmushini tartibga solib nazorat qiluvchilik – regulyatorlik vazifasini bajaradi. Dinlar o‘z urf-odatlari, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o‘z vaqtida, qat'iy tartibda amal qilishini shart qilib qo‘yadi. Masalan, islomda kuniga besh mahal namoz o‘qilishi, har hafta juma namozini jome' masjidlarida ado etish va hokazolar. To‘rtinchidan, din aloqa bog‘lashlik – kommunikativlik vazifasini ham bajaradi, ya'ni har bir din o‘z qavmlarining birligi, turli dindagi kishilarning o‘zaro aloqalari, o‘zaro huquq va burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo‘lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi. Beshinchidan, din qonunlashtiruvchilik – legitimlovchilik (qonunlashtiruvchilik) funksiyasini ham bajaradi. Dinning bu funksiyasi nazariy asosini amerikalik sosiolog T.Parsons ishlab chiqqan. Uning fikricha, “har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko‘tarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo‘lgan munosabatni belgilaydi”. Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari mavjud. U insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga o‘z munosabatlarini bildirib turishdan iboratdir. O`zbekistonda davlat va din munosabatlari. Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu dinning siyosatga aralashmasligi. Zero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma'naviy-axloqiy jihatni o‘z ichiga oladi. Davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi yana bir tamoyil shundan iboratki, davlat dinni xalq ma'naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Bundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”. Mazkur qoidada dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan asosiy tamoyillar o‘z ifodasini topgan: dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish; diniy e'tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta'qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik; ma'naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zarurati; dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e'tirof etish. Farmonga asosan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, oliy diniy-ma'rifiy ta'lim muassasasi shaklidagi Hadis ilmi maktabi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida «Vaqf» xayriya jamoat fondi tashkil etildi, shuningdek «Imom Buxoriy» davlat mukofotini ta'sis etish, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi muassasalarda fuqarolarga muqaddas Qur'oni karimni o‘rgatuvchi maxsus kurslar tashkil qilish belgilandi. Download 10.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling