Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari
Download 0.67 Mb.
|
din niqobi umk 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
- 8-mavzu: Markaziy Osiyodagi barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan din niqobidagi ekstremistik va terroristik tashkilotlar (“Turkiston islom harakati”, “Islom jihodi ittihodi”)
- Tayanch so‘zlar
? Mavzu bo‘yicha savollar
1.Akromiylar haqida ma’lumot bering? 2. Nurchilar radikal g‘oyalari haqida ma’lumot bering? Mustaqil ish topshiriqlari: Markaziy Osiyo mintaqasiga tahdid solayotgan diniy ekstremistik va terrorchi tashkilotlarning faoliyat uslublari TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1.“Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari / Mualliflar jamoasi. – Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi, 2017. 2.Shermuhamedov K., Karimov J., Najmiddinov J., Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari /O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi, 2017 3.Hasanboyev O‘. O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari: diniy tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb yo‘nalishlari. –Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2014. 4.Tulepov A. Islom va aqidaparast oqimlar. To‘ldirilgan nashr. Mas’ul muharrir Shayx Abdulaziz Mansur. – Toshkent: Sharq, 2014 8-mavzu: Markaziy Osiyodagi barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan din niqobidagi ekstremistik va terroristik tashkilotlar (“Turkiston islom harakati”, “Islom jihodi ittihodi”) Reja: 1. “Turkiston islom harakati” ekstremistik oqimining kelib chiqish tarixi. 2. “Islomiy jihod ittihodi” terroristik tashkilotining g‘oyalari, tarixi va faoliyat uslublari. Tayanch so‘zlar: terroristik tashkilot tarixi. Mavzu o‘quv maqsadi: Talabalarga xavfsizlikka tahdid solayotgan din niqobidagi ekstremistik guruhlar haqida tushuncha berish. “Turkiston islom harakati” (sobiq “O‘zbekiston islom harakati”) diniy ekstremistik va terrorchi tashkilot. Ushbu tashkilot 1996-yilda “O‘zbekiston islom harakati” nomi ostida tashkil etilgan.Harakatni shakllantirishda 1992–1993-yillarda O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan “Adolat uyushmasi” (Namangan), “Islom uyg‘onish partiyasi” (1990-yil Astraxanda asos solinib, 1991-yil yanvaridan O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatgan), “Odamiylik va insonparvarlik” (Qo‘qon), “Turkiston islom partiyasi”, “Islom lashkarlari” (Namangan) kabi diniy ekstremistik guruhlarning sobiq faollari ishtirok etgan.26 Tashkilotning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo hududida “Buyuk islom xalifaligi”ni tuzish, unda musulmonlar yashaydigan Kavkaz va Rossiya Federasiyasining Volgbo‘yi respublikalarini qamrab olishdan iborat.Tashkilot o‘z maqsadiga erishish uchun qo‘poruvchilik va terrorchilik harakatlarini amalga oshirish, harbiy harakatlar uyushtirish, odamlarni garovga olish orqali mintaqadagi ichkisiyosiy vaziyatni beqarorlashtirish kabi vositalardan foydalanadi. “Turkiston islom harakati” guruhi jangarilari 1999-yili Toshkent shahri va viloyatida, 2000-yili Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida, 2004-yili Toshkent va Buxoroda, 2005-yili Andijonda, shuningdek, 1999, 2000 va 2006-yillarda qo‘shni Qirg‘izistonda, 2006-yili Tojikistonda terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etgan. Mazkur guruh mintaqadagi terrorchi tashkilotlar bilan yaqin aloqaga ega. “Turkiston islom harakati” so‘nggi yillarda talafotlar, strukturaviy o‘zgarishlar, rahbar a’zolar orasidagi yo‘qotishlarga duch keldi. Hozirda g‘oyaviy targ‘ibot kuchaytirilib, bosma va elektron nashrlar tarqatilishiga katta urg‘u berilmoqda. “Islomiy jihod ittihodi” (arab. “Ittihad al-jihad al-islamiy”). Mazkur guruhning “Islom jihodi”, “Islom jihodi uyushmasi”, “Islom jihodi-mujohidlar jamoati” nomlari ham mavjud. Ma’lumotlarga ko‘ra, guruhga avvallari “Turkiston islom harakati”ning a’zosi bo‘lgan, o‘zini “amir” deb e’lon qilgan Najmiddin Jalolov asos solgan. Mutaxassislar “Islomiy jihod ittihodi” guruhi “Turkiston islom harakati”dan ajralib chiqqanini e’tirof etishadi. Bunga moliyaviy masalalar, strategiya va maqsadlar bo‘yicha “Turkiston islom harakati”ning rahbari bilan bir guruh jangarilar o‘rtasida ixtilofning yuzaga kelishi asosiy sabab bo‘lgan.27Guruhning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga qarshi chiqish, konstitusiyaviy tuzumni ag‘darish, terrorizm orqali islom xalifaligini o‘rnatishdan iborat. Ushbu maqsadda guruh Afg‘oniston, Pokiston va Kavkazdagi xalqaro terrorchi jamoa va tashkilotlar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatgan. Ushbu guruh Markaziy Osiyo mintaqasidagi faoliyati davomida bir qator teraktlar sodir etgan. Guruh a’zolari tomonidan 2009-yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyatida qo‘poruvchilik harakati sodir etilgan.Shuningdek, 2009-yilning yoz oylarida ular tomonidan Toshkent shahri, Qashqadaryo hamda Toshkent viloyatlarida amalga oshirilgan qotillik va bosqinchiliklar natijasida 3 kishi halok bo‘lgan, 24 fuqaro turli darajada tan jarohati olgan. “Islomiy jihod ittihodi” bugungi kunda “Internet” tarmog‘i orqali targ‘ibot ishlari o‘tkazish va mehnat migrantlari ichida yollash ishlari o‘tkazish kabi usullar bilan o‘z safini yangi jangarilar bilan to‘ldirishga harakat qilmoqda.Yuqorida qayd etilgan diniy-ekstremistik tashkilotlar Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan O‘zbekiston xavfsizligiga tahdid solgani yuqorida keltirilgan ma’lumotlarda o‘z aksini topgan. Shunga mos ravishda, O‘zbekistonda ham ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha salmoqli tajriba to‘plangan. Mazkur tajribadan kelib chiqadigan eng asosiy xulosa shuki, ekstremizm va terrorizm bilan kurashda, asosan, huquqtartibot organlariga suyanish, faqat jazo choralarini qo‘llash orqali unga barham berishga intilish mazkur salbiy hodisaning oqibati bilangina kurashish deganidir.Boshqacha aytganda, bunday yo‘ldan borilsa, ekstremizm va terrorizmni oziqlantirib turgan “ildiz”lar zararlanmay qolaveradi, ma’lum bir davr o‘tishi bilan ular yangi “kurtak”lar berishda davom etaveradi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling