Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari


-modda. Ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash


Download 0.67 Mb.
bet36/55
Sana04.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1328822
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55
Bog'liq
din niqobi umk 2021

11-modda. Ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash
O‘zbekiston Respublikasining hududiga ekstremistik materiallarni, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilarini olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish, shuningdek ularni ommaviy axborot vositalarida yoxud telekommunikasiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish va namoyish etish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, tayyorlanayotgan, saqlanayotgan, tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan, shuningdek ommaviy axborot vositalarida yoki telekommunikasiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan materiallar qonunchilikda belgilangan tartibda ekstremistik materiallar deb topiladi.
(11-moddaning ikkinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ekstremistik materiallar, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilari belgilangan tartibda yo‘q qilinishi yoki olib tashlanishi kerak. Ommaviy axborot vositalarida yoxud telekommunikasiyalar tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan ekstremistik materiallarni, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilarini yo‘q qilish yoki olib tashlash imkoni bo‘lmaganda ulardan foydalanish cheklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining ekstremistik materiallarni yo‘q qilish, olib tashlash yoki ulardan foydalanishni cheklash to‘g‘risidagi talabining telekommunikasiya tarmoqlariga va Internet jahon axborot tarmog‘iga kirish bo‘yicha xizmatlar taqdim etuvchi shaxs tomonidan bajarilmaganligi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(11-moddaning to‘rtinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling