14-mavzu OCHIQ IQTISODIYOTDA VALYUTA KURSI
1-masala
Iqtisodiyotda shveytsariya frankiga talab va uning taklifi quyidagicha ifodalangan:
Frank bahosi ( AQSh dollarida)
|
Frankka talab hajmi (mln. frank)
|
Frank taklifi hajmi ( mln. frank)
|
0,8
|
300
|
400
|
0.7
|
320
|
370
|
0.6
|
340
|
340
|
0.5
|
360
|
310
|
0.4
|
380
|
280
|
a) dollarning muvozanatli valyuta kursini hisoblab toping;
b) shveytsariya frankining muvozanatli almashinuv kursini hisoblab toping;
v) muvozanat sharoitida valyuta bozorlarida qanday miqdordagi AQSh dollari va shveytsariya franki sotib olinadi?
2-masala
AQShda shaxsiy kompyuterlar narxi 1000 dollar, Germaniyada esa 4000 marka deb faraz qilaylik. Agar nominal ayirboshlash kursi 2 marka = 1 dollar bo’lsa, u holda, dollarning real ayirboshlash kursi nimaga teng bo’ladi?
3-masala
Aytaylik, Yaponiya AQShdan X tovarni import qiladi.
Quyidagi jadvalni to’ldiring:
Valyuta kursi
|
X tovarning AQShdagi bahosi (dollar)
|
X tovarning Yaponiyadagi bahosi (iena)
|
Yaponiyada X tovarga bo’lgan talab hajmi (dona)
|
Yaponiya aholisining X tovarni sotib olishga yalpi xarajatlari (dollar)
|
40 iena=1doll.
|
5
|
|
500
|
|
30 iena=1doll.
|
5
|
|
1000
|
|
20 iena-1doll.
|
5
|
|
1200
|
|
4-masala
Aytaylik AQShda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlar mamlakatning o’zida 500 dollarga, Yaponiyada ishlab chiqarilayotgan kompyuterlar esa Yaponiyaning o’zida 20000 ienaga teng bo’lsin. Valyuta ayirboshlashning nominal kursi 1 AQSh dollari uchun 20 yapon. ienasi bo’lsin. Dollarning real kursini ( ya’ni xalqaro savdoda bir dona AQSh kompyuteriga necha dona yapon kompyuteri ekvivalent bo’lishini) hisoblang.
5-masala
Aytaylik, nominal valyuta kursi xarid qobiliyati paritieti bilan belgilansin. Bunda bir xil telivizor AQShda 500 dollarga, Xitoyda esa 2000 yuannga sotiladi. Yuannnig dollarga nominal ayirboshlash kursini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |