3-masala
Agar eksport hajmi 80, import hajmi 60ga teng bo’lsa, tashqi savdo aylanmasi qаysi miqdorga teng bo’ladi?
a) 20;
b) 4800
c) 70;
d) 140
4-masala.
A davlat bir yilda 70 ta engil sport samolyotini ishlab chiqaradi. Ulardan 20 tasi ichki iste’molga, 50 tasi esa eksportga chiqariladi. Erkin savdo sharoitlarida 1 ta samolyotning bahosi – 6000 doll. Hukumat tarmoqni rag’batlantirish maqsadida har bir samolyotning qiymatidan 15% miqdorida subsidiya ajratadi. Natijada samolyotning ichki narxi 6450 doll.gacha oshdi, eksport narxi esa 5550 doll.ga kamayadi. Eksport hajmi 70 ta samolyotgacha o’sdi.
Subsidiyalar joriy qilishning oqibatlarini aniqlang.
5-masala
Jadval ma’lumotlari asosida firmalarning qaysi birini dempingni tatbiq etishda ayblash mumkin:
|
Mahsulot birligi tannarxi, doll.
|
Ichki narx, doll.
|
Eksport narx, doll.
|
A firma
|
100
|
100
|
110
|
B firma
|
100
|
120
|
110
|
C firma
|
100
|
90
|
105
|
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
Savdo siyosatining mohiyati va maqsadlarini tushuntirib bering.
Importga tariflarning kiritilishidan iqtisodiy natijalariga izoh bering.
Importni yoqlovchi va unga qarshi bo’lgan fikrlarni taqqoslab bering. fikrlarga izoh bering.
Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalarning importga tariflardan afzalligi va kamchiliklari nimada
Import kvotalarini kiritilishining iqtisodiy oqibatlari nimalarda ko’rinadi?
Litsenziyalarni taqsimllash usullariga qiyosiy tavsif bering.
Eksportni subsidiyalash usullari mohiyatini tushuntirib bering.
Eksportni ixtiyoriy cheklash qachon qo’llaniladi, va uning oqibatlari qanday?
Importga tariflarning maxsus va advalar turlari haqida so’zlab bering
Savdoni cheklash tadbirlarining makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga ta’siriga izoh bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |