Dinamik makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua ta’lim sohasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


Download 5.11 Mb.
bet169/188
Sana16.09.2023
Hajmi5.11 Mb.
#1679688
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   188
Bog'liq
Dinamik Makroiqtisodiyot UMK

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIYOT” KAFEDRASI




O’quv portfoliosi
To’zuvchi: katta o’qituvchi G.Nazarova
Taqrizchi: dotsent X.Asatullaev
Toshkent – 2020

«Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi»
«Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi bo’layotgan bir qator muammolar, kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida 2018 yil 5 iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3775-sonli qarorida qo’yilgan vazifalarni bajarish ham nafaqat talabalarni, balki barchani o’z ustida mustaqil ishlashini zaruriyatga aylantiradi».
Sh.Mirziyoev


  1. TALABA PORTFOLIOSINI YARATISH TEXNOLOGIYASI

  1. Talaba portfoliosining o’quv jarayonida tutgan o’rni va vazifasi

«Portfolio» faoliyatning turli yo’nalishlari bo’yicha talabaning shaxsiy yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar majmuidir. Portfolioni yaratish talabaning ijodiy faoliyati hisoblanib, unga turli hil soha (o’quv, ilmiy-izlanish, sport, ijodiy, ijtimoiy va b.) bo’yicha faoliyat natijalari oliy o’quv yurtida o’qish jarayoni davrida talaba tomonidan kiritiladi.
Portfolioni yaratishdan asosiy maqsad talabaning oliy o’quv yurtidagi o’qish jarayoni davrida erishgan yutuqlari to’g’risidagi daliliy hujjatlarni to’plash va saqlashdan iborat. Portfolio nafaqat talabaning ta’lim sohasidagi faoliyati natijalarini o’zi tomonidan baholashning samarali shakli bo’lib qolmasdan, quyidagilarga imkoniyat tug’diradiadi:

  • ta’lim sohasidagi yutuqlarni dalillashtiradi;

  • ish rakobati bo’yicha tajriba ortdiradi;

  • kasbiy kompetentlikni rivojlantirish uchun mustaqil ta’limni amalga oshiradi;

  • o’zining kasbiy kompetentlik darajasini ob’ektiv baholash

  • malakasini rivojlantiradi;

  • bulajak mutaxassisning rakobatbardoshligini oshiradi.

Respublikamiz oliy ta’lim tizimida ushbu texnologiyaning qo’llanilishi amaldagi talaba bilimini baholashning test reyting tizimini inkor etmaydi, aksincha uni to’ldiradi. Rivojlantiruvchi ta’limga, insonparvar pedagogika nuqtai nazaridan shaxsga yo’naltirilgan ta’limga o’tishga, talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish bo’yicha refleksiya hosil qilishga sharoit yaratadi.
«Talaba portfoliosi»ni yaratishdan maqsad nima?
Portfolio talabaning “Makroiqtisodiyot” fani bo’yicha barcha ishlarini to’liq yoritishi kerak. U o’z ichiga fan bo’yicha barcha turdagi topshiriqlar, loyihalar, ma’ruzalar, yozma ishlarni qamrab olishi, talabaning ushbu fan bo’yicha muvaffaqiyatlarini, fanga munosabatini, fanni o’zlashtirishi va tushunishini, muammoli topshiriqlarni bajarish va kommunikativ qobiliyatini, uning kelajakda ushbu fan bo’yicha intilishlari va o’zlashtirishini, o’zlashtirish usullarini ko’rsatib berishi zarur. Aniqlilik va nutq, fikrni bayon qilish madaniyati «portfolio» sifatini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Portfolioni yaratishda asosan quyidagilarga axamiyat berish talab etiladi:
1- talabaning mustaqil fikrlashi;
2-«portfolio» yaratishning vaqt oralig’ini belgilash (semestr, o’quv yili yoki butun o’quv jarayoni bo’yicha);
3-fan bo’yicha erishilgan bilimlarning o’zaro bog’liqligi va asoslanganligi;
4- taklif etilgan ishlar (loyihalar, mustaqil ishlar, referatlar va b.) bo’yicha talabaning o’z bahosi;
5- muammollarni hal etish jarayoni, yo’llari.


  1. Download 5.11 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling