Dinamik makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua ta’lim sohasi


Download 5.11 Mb.
bet107/188
Sana16.09.2023
Hajmi5.11 Mb.
#1679688
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   188
Bog'liq
Dinamik Makroiqtisodiyot UMK

Erkin konvertirlanadigan valyuta – bu, amaldagi kurs bo’yicha har qanday boshqa xorijiy valyuta erkin va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valyutadir. Bunga misol qilib AQSh, Evropa hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar, Yaponiyalar valyutalarini kiritish mumkin.
Qisman konvertirlanadigan valyuta – bu, faqat ba’zi xorijiy valyutalarga almashtiriladigan va xalqaro to’lov oborotini qisman qamrab oladigan milliy valyutadir.
Konvertirlanmaydigan valyuta – bu, faqatgina ichki to’lovlarga xizmat qiladigan va xorijiy valyutaga ayirboshlanmaydigan milliy valyutadir.
Konvertirlashni ichki va tashqi konvertirlashga ham ajratish mumkin. Ichki konvertirlash rezidentlarining mamlakat ichkarisida xorijiy valyutani sotib olishi, uni saqlab turishi va u bilan ayrim operatsiyalarni olib borishini imkoniyatini aks ettiradi. Tashqi konvertirlashda xorijda to’lovlarni amalga oshirishga va moliyaviy aktivlarni ushlab turishga ruxsat etiladi. Valyutalarni konvertirlash ko’pgina mamlakatlar olib borayotgan iqtisodiy siyosatlarning muhim maqsadi hisoblanadi.
14.2. Valyuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullari
Bozordagi talab va taklif ta’siri natijasida vaqti-vaqti bilan valyuta kurslari o’zgarib turadi. Davlat valyuta kurslarini barqororlashtirish uchun valyuta bozorining amal qilishiga bevosita yoki bilvosita aralashishi zarur. Buning bir qator usullari mavjud:
1.Zahiralardan foydalanish. Valyuta kursini mustahkamlashning ko’proq qo’llaniladigan usuli - rasmiy zahiralar bilan bozorda manipulyatsiya qilish hisoblanadi. O’z-o’zidan aniqki, valyuta zahiralari alohida mamlakatlar ixtiyoridagi chet mamlakatlar valyutalarining zahirasidir (Masalan, AQSh dollari, EVRO va h.k.).
2. Savdo siyosati. Valyuta bozoriga ta’sir ko’rsatishning boshqa tadbirlariga savdo va moliyaviy oqimlar ustidan to’g’ridan-to’g’ri nazorat qilishni kiritish mumkin. Masalan, AQSh dollarining etishmasligi sharoitida valyuta kursini tegishli darajada importni cheklash hisobiga ushlab turish mumkin. Xususan import hajmi boj yoki import kvotalarini kiritish bilan qisqarishi mumkin. Boshqa tomondan mamlakat hukumati eksport uchun milliy ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berib, shu orqali xorijiy valyuta taklifini ko’paytirishi mumkin. Bu tadbirlardan foydalanishda vujudga keladigan asosiy muammo shundan iboratki, u jahon savdosi hajmini qisqartiradi, uning tarkibini va savdo aloqalarini o’zgartirib yuboradi, iqtisodiy maqsadga muvofiqlikning buzilishiga hissasini qo’shadi. Buning oqibatlarini hisobga olmaslik mumkin emas.
3. Valyuta nazorati. Boshqa muqobil variant valyuta nazorati hisoblanadi. Valyuta nazorati sharoitida hukumat milliy eksportyorlar olgan barcha tegishli chet el valyutalarini davlatga sotish talabi bilan ularning etishmasligi muammosini hal qilishi mumkin. Keyin, hukumat o’z navbatida chet el valyutasining bu zahirasini turli milliy importyorlar o’rtasida taqsimlaydi. Shu yo’l bilan hukumat milliy importni, milliy eksport hisobidan olingan chet el valyutasi miqdoriga cheklaydi.
Valyuta nazorati tizimi bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, savdo cheklashlari (boj, kvota, eksportga subsidiya) kabi valyuta nazorati nisbiy ustunlik tamoiliga asoslangan xalqaro savdoning tarkib topgan aloqalarini buzadi. Ikkinchidan, etarli bo’lmagan valyuta resurslari ustidan valyuta nazorati jarayoni, so’zsiz, alohida importyorlarni kamsitilishi bilan bog’liq. Uchinchidan, nazorat tadbirlari iste’molchining tanlash erkinligiga tajovuz qilish hisoblanadi.



Download 5.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling