Dinamik makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua ta’lim sohasi


Download 5.11 Mb.
bet1/188
Sana16.09.2023
Hajmi5.11 Mb.
#1679688
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
Bog'liq
Dinamik Makroiqtisodiyot UMK


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


IQTISODIYOT” KAFEDRASI


DINAMIK MAKROIQTISODIYOT”
FANIDAN
O`QUV-USLUBIY MAJMUA
Ta’lim sohasi: 230000 – Iqtisod


Ta’lim yo’nalishi: 5232400 - Iqtisоdiy xavfsizlik






NAMANGAN – 2023



Ushbu o`quv-uslubiy majmua “Dinamik Makroiqtisodiyot” fanining O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2022 yil “ ” ____dagi ____-sonli ilovasi bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqildgan.
Tuzuvchi:
D.Yokubjanov. – NamDU, “Iqtisodiyot” kafedrasi o`qituvchisi.
Taqrizchilar:
Q.Umarqulov, NamDU, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
K.Sirojiddinov, NamDU, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

O`quv-uslubiy majmua “Iqtisodiyot” kafedrasining 2022 yil “______” dagi ____- sonli majlisida muhokama qilingan va Iqtisodiyot fakulteti kengashi tasdig’iga tavsiya etilgan.




Kafedra mudiri I.Soliyev


“Dinamik Makroiqtisodiyot” fanidan O’quv-uslubiy majmua Iqtisodiyot fakulteti kengashida ko’rib chiqilgan va institut O’quv-uslubiy Kengashida muhokamaga tavsiya qilingan (2022 yil “___”avgust”dagi “___” – sonli bayonnoma).

Iqtisodiyot”
fakulteti dekani N.Narzullayev

KIRISH

Fanni o'qitishdan maqsad – xalqaro andozalarga asoslangan holda makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, makroiqtisodiy jarayonlar va mamlakatni makroiqtisodiy tartibga solish bo’yicha ilmiy nazariy hamda uslubiy yondoshuvlarni tahlili bo’yicha bilimlarni umumlashtirish va tartiblashtirilgan holda taqdim etish, shuningdek talabalarda iqtisodiy fikrlashni shakllantirish hisoblanadi


Fanning vazifalari - xalqaro andozalar asosida makroiqtisodiy kategoriyalar, makroiqtisodiy muammolarning namoyon bo'lishi shakllari va sabablari, iqtisodiy jarayonlarni makroiqtisodiy modellar vositasida tahlil etish, makroiqtisodiy siyosat maqsadlari va vositalari, ochiq iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy siyosat yuritish xususiyatlari to'g'risida ilmiy tasavvurlarni shakllantirish hamda makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash, makroiqtisodiy kontseptsiya va modellardan foydalangan holda iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, makroiqtisodiy siyosat natijalarini prognoz qilish usullarini o'rgatishdan iborat.
"Makroiqtisodiyot" o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

  • Makroiqtisodiyotga kirish, uning asosiy kategoriyalari va tadqiqot usullarini; makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning mohiyati va ularni hisoblash shartlarini; milliy daromadni yaratilishi, taqsimlanishi va ishlatilishini; pul tizimi, banklar va pul bozorini makroiqtisodiy jarayonlarga ta’sirini; inflyatsiya va uning iqtisodiy oqibatlarini; ochiq iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy jarayonlarning kechishini; ishsizlik, uning ko’rinishlari va iqtisodiy oqibatlarini; iqtisodiy o’sish jarayonlarni va modellarini; biznes-sikllar hamda iqtisodiy tebranishlarni yuzaga kelishini; IS-LM modeli: tuzilishi va ishlatilishini; Mandell- Fleming ochiq iqtisodiyot modelining xususiyatlarini; qisqa muddatli davrda yalpi taklif va inflyatsiya hamda ishsizlik o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni; iste’mol jarayonlarini; investitsiya va uning makroiqtisodiyotdagi ahamiyatini; yalpi talab va yalpi taklifning dinamik modelini; barqarorlashtirish siyosati va uni amalga oshirishga turli yondoshuvlarni; davlat qarzi hamda byudjet taqchilligini yuzaga kelish sabablarini bilishi kerak;

  • xalqaro andozalarga muvofiq ravishda makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash; asosiy makroiqtisodiy modellarning o'zgaruvchilarini aniqlash va tenglamalarini tuzish; tovarlarlar va xizmatlar hamda pul bozorida IS-LM modeli yordamida qisqa va uzoq muddatli muvozanatni ta'minlash mexanizmini tushuntirib berish; makroiqtisodiy siyosatning iqtisodiy jarayonlar va alohida ko'rsatkichlarga ta'sir ko'rsatishi qonuniyatlarini aniqlash; turli makroiqtisodiy vaziyatlarda byudjet-soliq yoki pul-kredit siyosatini qo'llash hamda o'zaro muvofiqlashtirish shartlarini tushuntirib berish; ochiq iqtisodiyotda tashqi savdo siyosati va valyuta kursini tartibga solish orqali to'lov balansi holatiga, yalpi talab va yalpi taklif hajmlariga ta'sir ko'rsatish usullarini tavsiflab berish; Mandell - Fleming ochiq iqtisodiyot modelida makroiqtisodiy jarayonlarning kechishi hamda makroiqtisodiy siyosatning o'ziga xos xususiyatlarini, qisqa muddatli davrda yalpi taklif va inflyatsiya hamda ishsizlik o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni; iste’mol va investitsiyalarning makroiqtisodiy jarayonlarga ta’sirini; barqarorlashtirish siyosatini turli vaziyatlarda qo’llanilishini, davlat qarzini yuzaga kelishi va uni moliyalashtirish vositalarini, shuningdek byudjet taqchilligi va uni makroiqtisodiy vaziyatga ta’sirini izohlab berish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak;

Har bir mavzu yakunida ta'lim texnologiyalari keltirilgan va ularni qo'llash yuzasidan aniq tavsiyalar mazkur fandan ishlab chiqilgan o'quv-uslubiy majmua(O'UM)da bayon etilgan.


Download 5.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling