Dinamik makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua ta’lim sohasi
Download 5.11 Mb.
|
Dinamik Makroiqtisodiyot UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
O’QUV MATERIALLARI
MA’RUZA MATNLARI MAVZU. MAKROIQTISODIYOT FANINIG PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI Reja
2. Makroiqtisodiy tahlilning usullari va tamoyillari 3. Resurslar, tovarlar (va xizmatlar), daromadlarning makroiqtisodiy doiraviy aylanishi Makroiqtisodiy modellar tushunchasi va ko’rinishlari Tayanch so’z va iboralar: Makroiqtisodiyot, resurslar, tovarlar, xizmatlar, daromadlar, xarajatlar, transfertlar, soliqlar, rusurslar bozori, iste’mol bozori, makroiqtisodiy model, endogen o’zgaruvchilar, ekzogen o’zgaruvchilar, uy xo’jaligi, firmalar. 1.“Makroiqtisodiyot” kursining predmeti va ob’ekti, uning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi Makroiqtisodiyot (inglizcha Macroeconomics) zamonaviy iqtisodiy nazariyaning bo’limi bo’lib, uning doirasida iqtisodiy o’sish, ishchan faollikning tebranishlari, inflyatsiya va ishsizlik, shuningdek makroiqtisodiy siyosat masalalari o’rganiladi. Makroiqtisodiyotning fan sifatida rivojlanishi bir xilda kechmagan va etakchi dunyoqarashlarning almashishiga olib kelgan qarashlardagi bir necha inqiloblar va aksil inqiloblar bilan kuzatilgan. Oldingi asrning boshlarida makroiqtisodiyotda turli shart-sharoitlarga asoslangan va yanada muhimligi makroiqtisodiy siyosat bo’yicha bir-biriga butunlay qarama-qarshi tavsiyalarni bir vaqtda ifoda etuvchi ta’limotning ikkita etakchi maktabi - neolassik va post-keynschilik shakllandi. Makroiqtisodiyot ham mikroiqtisodiyot kabi iqtisodiy nazariyaning bir bo’limini ifoda etadi. Grek tilidan tarjima qilganda «makro» so’zi «katta»degan ma’noni anglatadi (mos ravishda «mikro» - «kichik»), «iqtisodiyot» so’zi esa - «xo’jalik yuritish» ma’nosini anglatadi. Shunday qilib, makroiqtisodiyot – bu iqtisodiyotdagi umumiy hatti-harakatlarni yoki uning yirik jamlanmalarini (agregatlarini) o’rganuvchi fandir, bunda iqtisodiyot murakkab yirik yagona pog’onaviy tashkil etilgan tizim sifatida, iqtisodiy jarayonlar va voqeliklar hamda ularning ko’rsatkichlarining yig’indisi sifatida qaraladi. Birinchi bor «makroiqtisodiyot» atamasini taniqli norveg olimi iqtisodchi matematik, ekonometrikaning asoschilaridan biri, Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan Ragnar Frish (Ragnar Frisch) o’zining 1933 yildagi maqolasida qo’llagan. Biroq mazmunan zamonaviy makroiqtisodiy nazariya Kembridj maktabi vakili taniqli ingliz iqtisodchisi lord Djon Meynard Keyns (John Maynard Keynes)ning fundamental mehnatlaridan boshlangan. 1936 yilda Keyns makroiqtisodiy tahlil asoslarini qo’ygan «Bandlik, foiz va pullarning umumiy nazariyasi» nomli kitobi chiqdi. Keyns ishining ahamiyati shunchalik buyuk ediki, natijada iqtisodiy adabiyotlarda shu vaqtgacha an’anaviy ravishda yagona mavjud bo’lgan iqtisodiy voqeliklarni klassik yondoshuv asosida o’rganuvchi, ya’ni mikroiqtisodiy tahlil (klassik modelga) qarshi turuvchi «Keynscha inqilob» atamasi va keynscha makroiqtisodiy model yoki keynscha yondoshuv yuzaga keldi. Yakka tartibdagi bozorlarda alohida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning (iste’molchi yoki ishlab chiqaruvchi) iqtisodiy hulq-atvorini o’rganuvchi mikroiqtisodiyotdan farqli o’laroq, makroiqtisodiyot iqtisodiyotni bir butun yaxlitlikda o’rganadi, butun iqtisodiyot uchun umumiy bo’lgan muammolarni tadqiq qiladi hamda yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, yalpi talab, yalpi taklif, yalpi iste’mol, investitsiyalar, umumiy narx darjasi, ishsizlik darajasi, davlat qarzi va boshqa shu kabi yalpi miqdorlar bilan bog’liq maslalarni inobatga oladi. Makroiqtisodiyot o’rganadigan asosiy muammolar bo’lib iqtisodiy o’sish va uning sur’atlari; iqtisodiy davr va uning sabablari; bandlik darajasi va ishsizlik muammolari; umumiy narx darajasi va inflyatsiya muammolari; foiz stavkasi darajasi va pul muomalasi muammolari; davlat byudjeti holati, byudjet taqchilligini moliyalashtirish muammosi va davlat qarzi muammosi; to’lov balansi holati va valyuta kursi muammolari; makroiqtisodiy siyosat muammolari hisoblanadi. Bu muammolarni mikroiqtisodiy tahlil jihatdan, ya’ni alohida iste’molchi, alohida firma va hatto alohida tarmoq darajasidan hal etish mumkin emas. Aynan shuning uchun qator umumiy yoki makroiqtisodiy muammolar mavjud, iqtisodiy nazariyaning mustaqil bo’limi, makroiqtisodiyot mustaqil fani yuzaga kelishi zarurati paydo bo’ladi. Makroiqtisodiyotni o’rganishning muhimligi: u makroiqtisodiy voqeliklar va jarayonlarni oddiy ravishda izohlabgina qolmay, shu bilan birga ular o’rtasidagi qonuniyatlarni va bog’liqliklarni aniqlaydi, iqtisodiyotdagi sabab-oqibat aloqalarini tadqiq qiladi; makroiqtisodiy bog’liqliklar va aloqalarni bilish iqtisodiyotdagi mavjud vaziyatni baholashga imkon beradi va uni yaxshilash uchun nima qilish va birinchi navbatda siyosat vakillar qanday chora ko’rishlari kerakligini ko’rsatadi, ya’ni iqtisodiy siyosatni tamoyillarini ishlab chiqishga imkon beradi; makroiqtisodiyotni bilish kelajakda jarayonlar qanday rivojlanishini oldindan ko’rish, ya’ni prognozlar tuzish, kelgusidagi iqtisodiy muammolarni oldindan ko’rishga imkoniyat beradi. Makroiqtisodiy tahlilning ikki xil ko’rinishi farqlanadi: expost va exante makroiqtisodiy tahlili. Expost makroiqtisodiy tahlil yoki milliy hisobchilik, ya’ni statistik ma’lumotlar tahlili bo’lib, iqtisodiy faoliyat natijalarini baholash, muammolar va salbiy voqeliklarni aniqlash, ularni hal etish hamda engib o’tish bo’yicha iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, turli mamlaktalar iqtisodiy imkoniyatlarni qiyosiy tahlilini o’tkazishga imkon beradi. Exante makroiqtisodiy tahlil, ya’ni muayyan nazariy kontseptsiyalar asosida iqtisodiy jarayonlar va voqeliklarni prognozli modellashtirish bo’lib, iqtisodiy jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash hamda iqtisodiy voqeliklar va o’zgaruvchilar o’rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini ochib berish imkonini beradi. Bu makroiqtisodiyotni fan sifatida namoyon bo’lishidir. Download 5.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling