Dinamik makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua ta’lim sohasi


-mavzu. MAKROIQTISODIY KO’RSATKICHLAR


Download 5.11 Mb.
bet9/188
Sana16.09.2023
Hajmi5.11 Mb.
#1679688
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   188
Bog'liq
Dinamik Makroiqtisodiyot UMK

2-mavzu. MAKROIQTISODIY KO’RSATKICHLAR
Reja
1.Milliy hisobchilik tizimi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash asosi
2. YaIMni hisoblash usullari.
3. Milliy hisoblar tizimida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
4.Nominal va real YaIM


Tayanch so’z va iboralar: makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy daromad, sof ichki mahsulot,milliy daromad, shaxsiy daromad, ixtiyordagi daromad, yakka tartibdagi soliqlar, daromadlar usuli, xarajatlar usuli, qo’shilgan qiymat, joriy narxlar, bazis narxlar, nominal ko’rsatkichlar, real ko’rsatkichlar, deflyator, iste’mol narxlari indeksi.


1.Milliy hisobchilik tizimi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash asosi.
Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga xalq xo’jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini oladi. Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o’sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o’zaro bog’liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o’sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, YaIMni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko’rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.
Nihoyat mazkur ko’rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko’rsatkichlar makroiqtisodiy ko’rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar miqdor va sifat ko’rsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat ko’rsatkichlari mazkur mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlariga quyidagi ko’rsatkichlar kiradi : Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki maxsulot (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD), ixtiyordagi daromad (ID) va boshqalar. Makroiqtisodiy sifat ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : inflyatsiyaning o’sish sur’atlari, ishsizlik darajasi, aholining ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot va boshqalar.
Bu ko’rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilarning (korxona, tarmoq, mintaqa, davlat) faoliyatlari natijasida aniqlanadi. Ular mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini, uning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini narxlash uchun ishlatiladi. Bozor iqtisodiga o’tayotgan mamlakatlarda ijtimoiy ishlab chiqarishning kengaytirilgan tushunchasiga amal qilinadi. Shu ma’noda, ijtimoiy ishlab chikarish - iqtisodiyotning daromad yaratuvchi barcha soxalarining ishlab chiqarishidir. Bu erda moddiy ishlab chiqarish soxalaridan tashqari, pulli xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlar (moliya, sug’urta, sog’liqni saqlash, maorif va boshqalar) xam ijtimoiy ishlab chikarishga kiradi. Shu sababli, Bozor iktisodiyotiga o’tgan mamlakatlarda yaratilgan ijtimoiy maxsulot tarkibiga tovarlar xam, xizmatlar xam, milliy daromadda esa, tovarlarni sotishdan, xizmat ko’rsatishdan olingan daromadlar xisobga olinadi, ijtimoiy ishlab chiqarishdan chetda fakat bepul xizmatlar ko’rsatish jarayonlari qoladi. Chunki bepul xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlarda daromad yaratilmaydi va xar qanday mamlakatda bu tarmoqlar davlat xisobiga faoliyat ko’rsatadi. Ijtimoiy ishlab chikarish tushunchasidagi farq natijasida, mamlakatlar o’zining mazmuniga ko’ra ajratib turuvchi ko’rsatkichlardan foydalanadi, ularni xisoblashning turli uslublari ko’llaniladi.



Download 5.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling