Dinamik makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua ta’lim sohasi


Download 5.11 Mb.
bet8/188
Sana16.09.2023
Hajmi5.11 Mb.
#1679688
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   188
Bog'liq
Dinamik Makroiqtisodiyot UMK

3-rasm. Model nimani ko’rsatadi.

Model iqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasidagi asosiy bog’liqliklarni soddalashtirilgan nazariy asoslanishi hisoblanadi Ekzogen o’zgaruvchilar - bu tashqaridan kiritiladigan o’zgaruvchilar. Endogen o’zgaruvchilar – bu ushbu model bilan tushuntiriladigan o’zgaruvchilar. Model ekzogen o’zgaruvchilardan birining o’zgarishi endogen o’zgaruvchilarga qanday ta’sir etishini ko’rsatadi.


Masalan, non bozori modeli qanday qurilishini ko’rib chiqamiz. Iqtisodchi nonga bo’lgan talab hajmi Qd non narxi Pb va yalpi daromad Yga bog’liq deb faraz qiladi. Bu bog’liqlik quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Qd =D(Pb , Y)
Xuddi shunday iqtisodchi nonvoyxonalartomonidan taklif qilinadigan nonlar miqdori Qs nonning narxi Pb va nonni ishlab chiqarishda foydalanilayotgan unning narxi Pf ga bog’liq deb faraz qiladi:
Qs =S(Pb , Pf)
Nihoyat, iqtisodchi talab va taklif muvozanati ta’minlanishi uchun nonning narxi shunday o’zgarashini faraz qiladi:
Qd = Qs
Bu uchta tenglama non bozori modelini tashkil etadi.
Non bozori modeli talab va taklifning 1-3 rasmda ko’rsatilgan diagrammasi bilan namoyon etiladi. Talab egri chizig’i yalpi daromadning doimiy darajasida nonga bo’lgan talab bilan non narxi o’rtasidagi nisbatni ko’rsatadi. Talab egri chizig’i pastga yo’naltirilgan, chunki non narxi qanchalik yuqori bo’lsa, iste’molchilar shunchalik ko’p darajada boshqa oziq –ovqatlarni iste’mol qila boshlaydilar va shunchalik kam non sotib oladilar. Taklif egri chizig’i nonning taklif qilinayotgan miqdori va unning doimiy narxida non narxi o’rtasidagi nisbatni ko’rsatadi.Taklif egri chizig’i yuqoriga yo’naltirilgan, chunki nonning narxi qanchalik yuqori bo’lsa, nonvoyxonalar shunchalik ko’proq miqdorda non ishlab chiqaradi. Ikki egri chiziqning kesishish nuqtasi bozor muvozanati holatiga mos keladi, bunda nonga muvozonatli narx o’rnatiladi va taklif qilinayotgan non miqdori talabga mos keladi.
Modelda bir ekzogen o’zgaruvchining o’zgarishi ikkala endogen o’zgaruvchilarga qanday ta’sir etishini ko’rsatadi. Masalan, yalpi daromad oshganda 1-4 rasmda ko’rsatilganidek nonga talab oshadi. Xuddi shunday, 1-5 rasmda ko’rsatilganidek un narxi oshganida non taklifi kamayadi. Modelda ushbu holatda non narxining muvozanatli darajasi oshishi, non miqdorining muvozanatli darajasi kamayishi ko’rsatiladi. Shunday qilib, model yalpi daromadning yoki un narxining o’zgarishi non bozoriga qanday ta’sir etishi mumkinligi yaqqol namoyon etadi.


4- rasm. Talab va taklif egri chiziqlari.


Non bozori modelida ikkita ekzogen va ikkita endogen o’zgaruvchilar bor. Un narxi va yalpi daromad-ekzogen o’zgaruvchilar. Modelda ularni tushuntirish maqsad qilib qo’yilmagan, ular oldindan berilgan (ular boshqa model bilan tushuntirilishi mumkin ) sifatida qabul qilinadi. Bu modelda endogen o’zgaruvchilar bo’lib non narxi va sotilgan non miqdori hisoblandi. Ushbu model bu o’zgaruvchilarni tushuntirishi tan olingan.




S


5- rasm.Talabning oshishi.


Yalpi daromadning oshishi nonga bo’lgan talabning ortishiga olib keladi-ushbu narxda iste’molchilar endi nonni ko’proq olishga intiladilar. Bu talab egri chizig’ining o’ngga – yuqoriga siljishi bilan aks ettirilgan. Nonning narxi taklif yana talab bilan muvozanatlashmagunga qadar ko’tarilib boradi. Non narxining muvozanatli darajasi va taklifi oshib boradi.






6- rasm. Taklifning qisqarishi.


Un narxi ko’tarilganda non taklifi pasayadi – nonning xar qanday ushbu narxida uning savdosi kam foydali bo’lib qoladi va ishlab chiqarish qisqaradi. Bu taklif egri chizig’ini chapga-yuqoriga siljishi bilan aks ettirilgan. Talab va taklif egri chiziqlari kesishishining yangi nuqtasi paydo bo’ladi. Non narxining muvozanatli darajasi ko’tariladi, miqdorning muvozanatli miqdori esa kamayadi.


Barcha modellarda bo’lgani kabi non bozori modelida ba’zi soddalashtiruvchi farazlar qabul qilingan. Modelda masalan, barcha nonvoyxonalar turli joylarda joylashganligi e’tiborga olinmagan. Xar bir iste’molchiga qaysidir nonvoyxona boshqalariga qaraganda qulayroq, shuning uchun ham nonvoyxonalar o’z narxlarini o’rnatishda ba’zi imkoniyatlarga egalar. Modelda nonga yagona narx ko’zda tutilgan bo’lsada, haqiqatda xar bir nonvoyxonada narx turlicha bo’lishi mumkin.
Modelning haqiqatga bunday muvofiq kelmasligiga qanday munosabatda bo’lish kerak? Nonga bo’lgan talab va taklifning oddiy modelini qo’llashdan voz kechish kerakmi? Biz nonga turli narxlarni kiritish imkonini beruvchi murakkabroq modelni yaratishimiz lozimmi? Bu savollarning javoblari biz tomondan qo’yilgan maqsadlarga bog’liq. Agar, bir tomondan bizning maqsadimiz unning narxi sotilayotgan nonning o’rtacha narxi va miqdoriga qanday ta’sir ko’rsatishi mumkinligini tushuntirish hisoblansa, unda narxlarning farq qilishi, ehtimol, unchalik katta ahamiyatga ega emas. Non bozorining oddiy modeli bu savolga javob berishga to’liq qodir. Boshqa tomondan, agar bizning oldimizda nima uchun uchta nonvoyxona bo’lgan shaharda bitta nonvoyxona bo’lgan shahardagiga qaraganda nonning narxi pastroqligini tushuntirish masalasi turgan bo’lsa, oddiy model kam naf berar edi.
Qachon u yoki bu faraz asosiyni ikkinchi darajalidan ajratishga imkon berishini, qachon u noto’g’ri natijalarga olib kelishini aniqlash – bir butun san’atdir. Haqiqatning barcha turli – tumanliklarini to’liq aks ettiruvchi xar qanday model tushunish uchun juda murakkabdir. Soddalashtirish modelni ishlab chiqish jarayonining zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bilan birga, agar modelda iqtisodiyotning muhim xususiyatlari e’tibordan chetda qolsa, noto’g’ri xulosalarga olib kelishi mumkin. Ba’zan ushbu holatda nima muhim hisoblanishini aniqlash qiyin, chunki bir masalalarni ko’rib chiqishda o’zini oqlagan farazlar, boshqalarini ko’rib chiqishda noto’g’ri xulosalarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, iqtisodiy modellashtirish ehtiyotkorlikni va sog’lom fikrlashni talab etadi.
Barcha iqtisodiy modellar iqtisodiy o’zgaruvchilar o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklarni ifoda etadi. Ko’pincha bu bog’liqliklar funktsiyalar ko’rinishida ifodalanadi. Funktsiya – bir o’zgaruvchilar to’plamini boshqasiga bog’liqligini aks ettiruvchi matematik tushuncha.



Download 5.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling