Dinamik makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua ta’lim sohasi


Xalqaro moliyaviy inqiroz: Osiyo 1997-1998


Download 5.11 Mb.
bet122/188
Sana16.09.2023
Hajmi5.11 Mb.
#1679688
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   188
Bog'liq
Dinamik Makroiqtisodiyot UMK

Xalqaro moliyaviy inqiroz: Osiyo 1997-1998
1997 yilda Meksika ekonomikasi o’zining moliyaviy inqirozini qayta tikladi, keyinchalik xuddi shu voqeani Osiyo davlatlari, jumladan Tayland, Shimoliy Koreya va ayniqsa Indoneziya iqtisodiyoti o’z boshidan o’tkazdi. Barcha belgilar bir xil edi yani: katta foiz stavkasi, aktsiyalar qiymatining pasayishi, pulning qadrsizlanishi.
Masalan, Indoneziyada qisqa muddatli shartli foiz stavkasi 50 foizga oshib ketdi, aktsiya bozori esa 90 foiz o’zining qimmatini yo’qotdi (AQSh dollariga nisbatan), rupiya dollarga nisbatan 80 foizga tushib ketdi. Ushbu inqiroz Osiyo davlatlarida inflyatsiyaga olib keldi (chunki qadrsizlangan valyuta qimmatroq import qilindi) va yalpi ichki mahsulot sezlarli darajada tushib ketdi (chunki yuqori foiz stavkasi va ishonch yo’qolib xarajat qilish kamaydi). Indoneziyadagi haqiqiy yalpi ichki mahsulot 1998 yilda 13 foizga tushib ketdi va 1930 yildagi Buyuk Depressiyaga qadar AQSh iqtisodiy inqirozidan ko’ra ham xavotirli edi.
Nima uchun bu darajada inqiroz sodir bo’ldi, nega Osiyo banklari tizimida bu kabi muammolar boshlandi? Ko’p yillardan buyon Osiyo mamlakatlari zahiralarni-jumladan, moliyaviy zahiralarni Amerika Qo’shma shtatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlardan ko’ra ko’proq tarqatishni boshqarishga jalb qilingan edi. Ba’zi tanqidchilar ushbu davlat va xususiy korxonalar o’rtasidagi “hamkorlikni” o’ta qo’llab quvvatladilar, hattoki Amerika Qo’shma Shtatlari ushbu jarayondan namuna olishlari zarurligini ta’kidladilar. Vaqt o’tishi bilan Osiyo banklari ushbu jarayonlar uchun kreditlarni kengaytirishi katta daromad keltiruvchi sarmoya loyihalaridan emas, balki siyosiy kimtik jarayonlar ekanligi aniq tushunib etdi. Ushbu “kapitalizm-yaqin do’st” deb ataluvchi tuzum ta’siri ostida qaytarib berilmagan narxlar o’sishi boshlandi va xalqaro investorlar ushbu iqtisodiy o’sishga nisbatan ham ishonchlarini yo’qotdilar. Osiyo aktivlari uchun risk premiumlari oshib, foizlar stavkasi tezlik bilan ko’tarilib, valyuta tushib ketdi. Xalqaro inqiroz sifatidagi qarashlar odatda boshqa muammolarni ham qamrab oluvchi yomon doirani tashkil etadi. Quyida Osiyoda aynan nima sodir bo’lganligi to’g’risida qisqacha hisobot berib o’tamiz:
Bank tizimidagi muammolar ushbu iqtisodiy jarayonlarga nisbatan ishonchni butunlay paymol qildi. Ishonchni yo’qolishi risk premiumi va foiz stavkalarning oshishiga olib keldi. Foiz stavkalarining oshishi, ustiga ustak ishonchning yo’qolishi, aktsiya va boshqa aktivlar narxini inqiroziga sabab bo’ldi. Tushib ketgan aktivlar bank kreditlar uchun qo’shimcha to’lov qiymatini qisqartirdi. Kreditlar uchun to’lovning oshishi bank kreditlari bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish qobiliyati pasayib ketdi. Eng katta defolt bank tizimlarida aks eta boshladi. Endi birinchi qadamga, ya’ni doirani to’ldirish va davom ettirishga qaytamiz. Ba’zi iqtisodchilar bu kabi yomon doira faktlaridan xulosa chiqarib, Osiyodagi inqiroz o’z - o’zini oqlovchi bashorat ekanligini ta’kidladilar: inqiroz sodir bo’lganligining asosiy sabablaridan biri, insonlar ishonchining susayganligi va iqtisodiy istiqboldan faqat yomon narsa kutayotganligi va shunga qarab harakatlanayotganliklari edi. Aksariyat iqtisodchilar bank tizimidagi siyosiy korruptsiya ishonchning yo’qolishi orqali paydo bo’lgan yomon doiraning ishtirokidagi haqiqiy muammolardan deya tahmin qila boshladi. Osiyo inqirozi rivojlanayotganligi uchun Xalqaro Pul jamg’armasi (IMF) va Amerika Qo’shma Shtatlari bir necha yillar oldin Meksikaga tutgan yo’lni, ya’ni ular yo’qotgan ishonchni qayta tiklashga harakat qildilar.
Ayniqsa, Xalqaro Pul jamg’armasi Osiyo mamlakatlariga inqirozdan chiqib ketishlari uchun kreditlar bera boshladi: ushbu kreditlarni to’lashda, davlat bank tizimini isloh qilish va do’stona kapitalizmni tugatishi to’g’risida aniq va’dalar berildi. Xalqaro pul jamg’armasi ushbu qisqa muddatli kreditlar va uzoq muddatli reformalar ishonchni yana qayta tiklab, risk premiumini pasaytirib, o’z navbatida yomon doirani
saxovatli doiraga aylanishiga umid qila boshladi. Ushbu siyosat haqiqatdan ham o’z mevalarini bera boshladi: Osiyo iqtisodiyoti tezda inqirozdan chiqa boshladi.

Download 5.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling