Dinamik makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy majmua ta’lim sohasi
Download 5.11 Mb.
|
Dinamik Makroiqtisodiyot UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- I nflyatsion spiral
Taklif inflyatsiyasi
Inflyatsiyani real daromadlar darajasiga ta’siri u kutilayotgan yoki kutilmayotganiga ham bog’liq. Kutilayotgan inflyatsiya sharoitida daromad oluvchi inflyatsiyaning u olayotgan daromadga ta’sirini kamaytirish, ya’ni real daromadi darajavsini saqlab qolish chorasini ko’radi. Bu uchun Fisher tenglamasidan foydalanish mumkin: i = r + kut, bu erda i-nominal foiz stavkasi; r- real foiz stavkasi; kut- kutilayotgan infnflyatsiya darajasi. Inflyatsiya sur’ati 10 foizdan oshganda Fisher tenglamasi quyidagi ko’rinishni oladi: i - kut r = ----------- 1- kut Kutilmagan inflyatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar o’rtasida kreditorlar foydasiga qayta taqsimlaydi. Shuningdek kutilmagan inflyatsiya daromadlarni qayd qilingan daromad oluvchilar va qayd qilinmagan daromad oluvchilar o’rtasida keyingilari foydasiga qayta taqsimlaydi. Talab va taklif inflyatsiyasini qat’iy chegaralash qiyin. Ba’zida bu ikki turdagi inflyatsiya bir-biri bilan qo’shilib ketadi. Masalan, talab inflyatsiyasi sharoitida yollanma ishchilar kutilayotgan inflyatsiya darajasini e’tiborga olib ish haqilari oshirilishini mehnat shartnomalariga kiritadilar. Bu esa mahsulot tannarxini oshirib taklif inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Tovarlar taklifning kamayishini kuzatayotgan iqtisodiy agentlar pul mablag’larini tovarlarga aylantirishga shoshadilar. Bu holat talab inflyatsiyasi ko’rinishini keltirib chiqaradi. Bunday ketma-ketlik oxir-oqibat giperinflyatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. Giperinflyatsiya boshqarib bo’lmaydigan inflyatsiya jarayoni bo’lib, ishlab chiqarish va bandlik darajalariga halokatli ta’sir ko’rsatadi. Xarajatlar inflyatsiyasi stagflyatsiyaga, ya’ni bir vaqtda ishlab chiqarishni pasayishi va narx darajasining o’sishiga olib keladi. I nflyatsion spiral Yillik sur’ati bir necha o’n yoki yuz foizni tashkil etgan inflyatsiya pul tizimining boshlanayotgan yoki kuchayayotgan inqirozi belgisidir. Giperinflyatsiya uning halokatini, butun bozor mexanizmi falajlanishini anglatadi. Giperinflyatsiyaning rasmiy mezoni amerikalik iqtisodchi Filipp Kegan tomonidan kiritilgan. F. Kegan giperinflyatsiyaning boshlanishi deb narxlarning birinchi bor 50% dan oshgan oyni, tugallanishi deb esa narxlarning o’sishi bu sur’atdan pasaygan va shundan so’ng kamida bir yil davomida undan oshmagan oydan oldingisini hisoblash kerak deb taklif qilgan. Giperinflyatsiya sharoitida pul o’zining qiymat o’lchovi va almashinuv vositasi singari funktsiyalarini bajarolmay qoladi. Normal iqtisodiy munosabatlar buziladi. Mablag’lar ishlab chiqarishga emas, balki tovar-moddiy boyliklari jamg’arishga yo’naltiriladi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning xaqiqiy hajmi qisqarishi bilan bir vaqtda nominal hajmining ortib borishi kabi vaziyat sodir bo’ladi. Daromadlarni ishlab chiqarish tomonidan ta’minlanmagan o’sishi aholi qo’lidagi puliing taklif qilinayotgan tovar va xizmatlardan oshiqchaligiga olib keladi. Bunday hol pul birligining xarid quvvatini pasaytiradi, bir miqdordagi pulga joriy yilda o’tgan yildagiga nisbatan aholi kamroq mahsulot sotib oladi, ya’ni, uning real daromadi kamayadi. Inflyatsiyaning o’sish sur’atini quyidagicha aniqlash mumkin: R – R Inflyatsiya o’sish sur’ati = R R – joriy yilning narxlar indeksi; Download 5.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling