Dinamika qatorlari tayyorladi: Qodirov Xurshidbeeeeeeeeeeeeeeeee


Download 6.59 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi6.59 Kb.
#1305107
Bog'liq
Dinamika qatorlari-fayllar.org


Dinamika qatorlari

DINAMIKA QATORLARI

Tayyorladi: Qodirov Xurshidbeeeeeeeeeeeeeeeee

REJA


  • Dinamika qatorlari: mohiyati, tasnifi, tuzish qoidalari

  • Dinamika qatorlarini statistik tahlil qilish ko’rsatkichlari

  • Dinamika qatorlarini qayta ishlashni statistik usullari

  • Dinamika qatorlarini o’rganishning boshqa statistik metodlari

Dinamika qatorlari: mohiyati, tasnifi, tuzish qoidalari


  • Dinamika qatorlari deb, ijtimoiy hodisa va jarayonlarning vaqt bo’yicha o’zgarishini tavsiflovchi sonlar qatoriga aytiladi. Ma’lum oraliqli momentlarga nisbatan hisoblangan hodisa miqdorlaridan tuzilgan qator momentli dinamika qatori deb ataladi. Agar bir momentdan ikkinchisigacha bo’lgan vaqt oralig’ini qisqartirsak, u holda qator darajalari ham o’zgaradi. Ma’lum vaqt oraliqlari davomida kechgan jarayonlar natijalari - oqimlarni ta’riflovchi ko’rsatkichlar qatori davriy dinamika qatorlari deb ataladi.

Dinamika qatorlari: mohiyati, tasnifi, tuzish qoidalari


  • Dinamika qatorlarini momentli yoki davriy ko’rinishda tuzish ixtiyoriy ish bo’lmasdan, balki o’rganilayotgan hodisaning mohiyatiga, uning miqdorini aniqlash usuliga bog’liqdir. Dinamika qatorlarini boshlang’ich mutlaq miqdorlar va hosilaviy ko’rsatkichlar asosida tuzish mumkin. Hosilaviy ko’rsatkich qatorlari deganda mutlaq miqdorlarni qayta ishlash natijasida olingan nisbiy va o’rtacha miqdorlar asosida tuzilgan qatorlar tushuniladi.

Dinamika qatorlarini statistik tahlil qilish ko’rsatkichlari


  • Dinamika qatorlarini tahlil qilish jarayonida bir qator ko’rsatkichlar hisoblanadi: mutlaq qo’shimcha o’sish (yoki kamayish); o’sish (yoki kamayish) koeffitsiyenti yoki sur’ati; qo’shimcha o’sish (yoki kamayish) koeffitsiyenti yoki sur’ati (foizda); 1% qo’shimcha o’sishning (yoki kamayishning) mutlaq qiymati.

      Misollarda ko’ramiz

      1. Mutlaq qo’shimcha o’sish yoki kamayish har qaysi keyingi davr 

       darajasidan boshlang’ich yoki o’zidan oldingi davr darajasini ayirish yo’li 

      bilan aniqlanadi.

Dinamika qatorlarini statistik tahlil qilish ko’rsatkichlari


  • 2. O’sish yoki kamayish koeffitsiyenti yoki sur’ati (K o’.k. ) - har qaysi keyingi davr darajasi boshlang’ich yoki o’zidan oldingi davr darajasiga nisbatan qancha martaba yoki foizga katta yoki kichik ekanligini yoki qancha foiz tashkil etishini ko’rsatadi. 3. qo’shimcha o’sish (kamayish) sur’ati (T) ham ikki usulda aniqlanishi mumkin. Birinchi usulda har bir keyingi davr darajasidan boshlang’ich davr darajasi ayirilib, 100 g a ko’paytiriladi va boshlang’ich davr darajasiga bo’linadi. Ikkinchi usulda har bir keyingi davr darajasidan oldingi davr darajasi ayirilib, 100 ga ko’paytiriladi va o’zidan oldingi yil darajasiga bo’linadi. 1% qo’shimcha o’sish (kamayish)ning mutlaq qiymati – mutlaq qo’shimcha o’sish qiymati zanjirsimon qo’shimcha o’sish sur’atiga bo’linadi.

Dinamika qatorlarini qayta ishlashni statistik usullari


  • interval (davr) oralig’ini kengaytirish – bu usulning mohiyati shuki, agar oldingi intervallarda hisoblangan darajalar hodisaning rivojlanish tendentsiyasini ko’rsatmasa, ular asosida yangi intervallar (kengaytirilgan) tuzilib va har bir yangi interval bo’yicha qator darajasi hisoblaniladi.

  • sirg’anchiqli o’rtachani hisoblash – bu usulning mohiyati shundaki, unda dinamika qatorlarida keltirilgan haqiqiy darajalar sirg’anchiq o’rtacha miqdor bilan almashtiriladi.

Dinamika qatorlarini qayta ishlashni statistik usullari


  • analitik tekislash – bu usulning asosiy mazmuni bo’lib, rivojlanishning asosiy tendentsiyasini vaqt (Ut) funktsiyasi sifatida hisoblanishidir: Uti =f(ti)

  • Analitik tekislash usuli: Bunday sharoitda dinamika qatori quyidagi tenglama bilan tekislanadi: Y=a0+a1t

a0n+a1t=U


a0t+a1t2=Ut

Dinamika qatorlarini o’rganishning boshqa statistik metodlari

Interpolyatsiya deganda dinamika qatorlari oralig’idagi noma’lum darajani aniqlash tushuniladi. Noma’lum darajalar quyidagi usullarni qo’llash yordamida aniqlanadi:


  • Noma’lum darajaning ikki yonidagi darajalar o’rtachasi

  • Qo’shimcha yoki o’rtacha qo’shimcha mutlaq o’zgarish ko’rsatkichlari

  • Qo’shimcha yoki o’rtacha qo’shimcha o’sish sur’atlari ko’rsatkichlari asosida

Dinamika qatorlarini o’rganishning boshqa statistik metodlari

Ekstrapolyatsiya deganda dinamika qatorlarining bo’lajak davr yoki perspektiv darajalarini aniqlash tushuniladi. Bu usul ikki turda bo’ladi:


  • Perspektiv ekstrapolyatsiya, ya’ni bo’lajak noma’lum davrlar darajalarini aniqlash

  • Retrospektiv ekstrapolyatsiya, ya’ni oldingi o’tgan davrlar darajalarini tekshirish.

  • Dinamika qatorlarini tahlil qilishda mavsumiylikni o’rganish juda katta ahamiyatga ega. Mavsumiylik deganda oylar bo’yicha hisoblangan o’rtachaning uch yillik o’rtachaga nisbatan necha foizni tashkil qilishi tushuniladi.

  • Mavsumiylik indeksi. Umumiy ko’rinishda bu indeks dinamika qatorining boshlang’ich ma’lumotlari (empirik) asosida hisoblangan hadlarni (Yi) nazariy hadga (Y) nisbati bilan aniqlanadi:

      Jm= Yi/ (Y)*100

E’tiboringiz uchun rahmat

E’tiboringiz uchun rahmat



http://fayllar.org
Download 6.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling