Dinamikasi va istiqbollari


Sho'rtan gaz koni xom gazining tarkibi (% da.)


Download 90.55 Kb.
bet8/22
Sana05.05.2023
Hajmi90.55 Kb.
#1427919
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
O\'zbekistonning kimyo majmuasi va uning rivojlanishi

Sho'rtan gaz koni xom gazining tarkibi (% da.) 1.2. Jadval

Azot

1,584

n - Butan

0,260

CO2

2,307

i - Pentan

0,110

Metan

90,52

Geksan

0,119

Etan

3,537

Geptan

0,112

Propan

1,06

H2S

0,08

i - Butan

0,209

n - Pentan

0,093

Manba: Foydalanilgan adabiyotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan.

Ikkinchi tipdagi konlarda oltingugurt, gazlar odatdagi gazdan farq qilib, metandan tashqari ko'p miqdorda (2-5% va undan ortiq) C5 va undan yuqori gomologlari mavjud bo'ladi.


Mamlakatimizning ko'pgina gaz konlari (98 %) oltingugurtli gazdir. Shuning uchun ham gaz kondensatini qayta ishlash bo'yicha ishlab turgan va loyihalashtirilayotgan ob'yektlarning hammasida oltingugurtli birikmalardan foydalanish nazarda tutilgan. Endilikda mamlakat yoqilg'i-energetika sanoatining gigantlariga aylangan Farg'ona neftni qayta ishlash, Muborak gazni qayta ishlash zavodlari hamda Sho'rtan gaz-kimyo majmuida yiliga 100 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz ishlab chiqarilmoqda.
Muborakda tabiiy gaz tarkibida oltingugurtni ajratib oladigan zavod qurildi. Rangli metallurgiya korxonalari chiqindisidan sulfat kislota olinadi. Popdagi rezina zavodida kalish, rezina quvurlar hamda mashina va mexanizmlar uchun turli xil rezina qismlar ishlab chiqarilmoqda. Jizzaxdagi zavodda esa politelin plyonkalar hamda plastmassa quvurlar tayyorlanadi.
Tabiiy gazdan azotli o'g'it va kimyoviy tola ishlab chiqaradigan zavodlar Farg'ona va Navoiy shaharlarida ham barpo etildi. 1946-yilda Qo'qonda, 1957- yilda Samarqandda superfosfat zavodi ishga tushdi. 1998-yilda Qizilqum fosforit kombinati ishga tushirildi. Unda 2,7 million tonna fosforit konsentrati olinadi.
Hozirda neft zaxiralarining dunyo bo'yicha ko'pchilik qismi oltingugurtli yoki yuqori oltingugurtli hisoblanadi. Ushbu neftlarni qayta ishlash va neft mahsulotlarini yoqilg'i sifatida ishlatish qo'shimcha xarajatlar bilan bog'liq. Neftning oltingugurtli birikmalarining kimyoviy tarkibi bo'yicha o'ta turli- tumandir. Neftlarda erigan holda ham, kolloid holatda ham elementar oltingugurt uchratilishi mumkin. Shu bilan birgalikda erigan vodorod sulfid, merkaptanlar (tiospirtlar), polisulfidlar, siklik sulfidlar (tiofan tipidagi) va tiofen hosilalari kuzatiladi. Bundan tashqari aralash oltingugurt - kislorod saqlovchi birikmalar - sulfonlar, sulfoksidlar va sulfon kislotalarda mavjuddir. Neftning smolali - asfaltenli qismida tarkibida bir vaqtda oltingugurt, azot va kislorod atomlari bo'lgan murakkabroq birikmalar ham kuzatiladi. Hozirda neftda 250 dan ortiq oltingugurt saqlovchi birikmalar topilgan. Ularning asosiy ko'pchiligi yengil va o'rta distillat fraksiyalaridan ajratib olingan9.
Neftning oltingugurtli birikmalarining asosiy qismi - yuqori molekulyar massa va qaynash haroratiga ega bo'lib, ularning ko'pchiligi (70-90%) mazut va gudron tarkibida kuzatiladi. Oltingugurt miqdori ko'p bo'lgan ayrim neftlarni keyingi jadvalda ko'rish mumkin.
Ayrim neftlardagi oltingugurt miqdori 1.3.-jadval


Download 90.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling