Dindorlar va diniy tashkilotlar


Download 1.37 Mb.
bet1/4
Sana03.12.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1806092
  1   2   3   4
Bog'liq
vijdon erkinligi


MAVZU:VIJDON ERKINLIGI
REJA
KIRISH:DINIY BAG‘RIKENGLIK MAMLAKATIMIZDA
ASOSIY QISM: VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO‘G‘RISIDA
DINDORLAR VA DINIY TASHKILOTLAR
Hozirgi kunda O‘zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashaydi.
Ular turli dinlarga e’tiqod qiladilar.
Shuning uchun diniy bag‘rikenglik mamlakatimizda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Respublikamizda 16 diniy konfessiya birlashmalari o‘zaro totuvlikda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bular orasida Islomdan so‘ng, ikkinchi o‘rinni xristianlarning pravoslav oqimi egallaydi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi va unga asoslanib ishlab chiqilgan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida (yangi taxrirda) qonun» ga asosan respublikamizdagi barcha diniy uyushmalar erkin, oshkora, teng huquqli asosda faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Bu Huquq va erkinliklar qonun bo‘yicha kafolatlangan.
Bu qonunlarga binoan biror konfessiyaga imtiyoz berilmagan.
Qonunlar doirasidagi faoliyatlari cheklanmagan.
Din erkinligi nuqtai nazaridan vijdon erkinligi - bu fuqarolarning u yoki bu dinga e’tiqod qilish yohud hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida qayd etilganidek, «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi.
Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki heya qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega.
Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi»
O‘zbekiston dunyoviy davlat bo‘lib, Din davlatdan ajratilgan.
Vijdon erkinligining kafolatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi qonunda (1998) bayon etilgan.
O‘zbekistonda Din va diniy dunyoqarash dunyoviy turmush tarzi, dunyoviy fikr bilan yonma-yon rivojlanib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tegishli moddalarida aks etgan Vijdon erkinligi, shuningdek «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» qabul qilingan qonun xalqaro hujjatlardagi talablarga mos holda tuzilgandir.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling