Diniy ekstremizm va fundamentalizm


Download 30.62 Kb.
bet1/6
Sana27.10.2023
Hajmi30.62 Kb.
#1727895
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yahudiylik dini


Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnalogiyalar Universiteti

Dinshunoslik” fanidan




Pedagogika va Psixologiya
(Sirtqi ta’lim) yo‘nalishi



REFERAT

Mavzu: Yahudiylik ta’limoti

Bajardi: PPS-22 01 Sh.Abdusaidova.


Qabul qildi: A.Xalilov


Toshkent 2023
Yahudiylik ta’limoti

Reja:
1. Yahudiylikning vujudga kelishi va ta’limoti;
2. Yahudiylikdagi oqimlar;
3. Muqaddas manbalari;
4. Marosim va bayramlari;
5. Yahudiylar O‘rta Osiyoda;

Yahudiylikning vujudga kelishi va ta’limoti. Yahudiylik dini eramizdan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida Falastinda vujudga kelib, yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo‘lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. Yahudiylikning kitobiy asoslari er. av. IV-III asrlarda shakllandi. Bu dinning ta’limotiga ko‘ra olamlarni yaratuvchi yagona xudo Yahve mavjud. U Tavrotni yahudiylarga berish bilan ular bilan ahd tuzgan. Go‘yoki yahudiylar Yahvening er yuzidagi xalqlarning «eng mumtozi» va keyingi dunyoda berilajak in’omlarning eng haqlisi, Muso Yahvening elchisi, Tora (Tavrot) Yahve tomonidan Musoga Tur tog‘ida berilgan muqaddas kitob. Yahve olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. Shuning uchun yahudiylik diniga ko‘ra shanba kuni ulug‘ kun hisoblanib, hech qanday mehnatga qo‘l urilmaydi.
Yahudiy so‘zining kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud. Abu Rayhon Beruniy o‘zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida yozishicha, yahudiylar bu so‘zni somiy tillaridagi hoda – «tavba qilmoq, tavba qilganlar» so‘zidan kelib chiqqan deb da’vo qilsalar-da, aslida bu fikr noto‘g‘ri, «yahudiy» so‘zi Banu Isroil xalqi ustidan hukmronlik qilgan Ya’qub payg‘ambarning o‘g‘li Yahudo nomiga nisbat berilgan.
Yahudiy xalqining yana bir nomi Banu Isroil bo‘lib, Isroil – Ya’qub payg‘ambarning ikkinchi ismi, banu – «bolalar» ma’nosini beradi, ya’ni – «Isroil avlodlari».
Yahudiy xalqiga nisbatan ishlatiladigan yana bir atama yevrey so‘zi zamonaviy adabiyotlarda «yahudiy» so‘zining aynan tarjimasi sifatida ishlatiladi. Ammo bu ikki so‘zning etimologiyasi turlicha: yevrey qadimiy somiy tillardagi ibriy so‘zining o‘zgargan shaklidir. Ibriy so‘zi (arab. ‘abara-ya‘buru – «kechib o‘tmoq» fe’lidan) «kechib o‘tganlar» ma’nosini beradi. Tarixdan ma’lumki, yahudiy qabilalari Urdun (Iordan) daryosini kechib, hozirgi Falastin hududiga kelganlar. Shuning uchun ularga ibriylar yoki ibroniylar («kechib o‘tuvchilar») nomi berilgan.
Bundan tashqari yahudiylikda messiya - xaloskorning kelishi haqidagi ta’limot ham keng o‘rin olgan. Unga ko‘ra oxirzamonda Yahve yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) dunyoni qaytadan, isloh qilgan holda qurish; 2) butun yahudiylarni Sinion (Quddus yaqinidagi tepalik) atrofida to‘plash; 3) ularning barcha dushmanlarini jazolash.
Muso Tur tog‘ida Yahve bilan uchrashganda unga 10 ta lavhani tushirdi. Ularda ushbu din asosini tashkil qilgan 10 ta nasihat bor edi:
Yahvedan boshqani iloh deb ushlamaslik;
But, sanam va rasmlarga sig‘inmaslik;
Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik;
SHanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag‘ishlash;
Ota-onani hurmat qilish;
Nohaq odam o‘ldirmaslik;
Zino qilmaslik;
O‘g‘irlik qilmaslik;
¨lg‘on guvohlik bermaslik;
Yaqinlarning narsalariga ko‘z olaytirmaslik.
Yahudiylarning muqaddas diniy manbalaridan hisoblangan Talmudda yahudiylik marosimlari tizimi ishlab chiqilgan. Unda yahudiylar amal qilishi va bajarishi lozim bo‘lgan 248 ta buyruq, 365 ta taqiq mavjud. Ular yahudiyning ovqatlanishi, kiyinishi, ozodaligi, kun tartibi, ibodatlari, marosimlar va bayramlariga taalluqli masalalarni o‘z ichiga oladi.
Har bir yahudiy ushbu buyruq va taqiqlarga umri davomida rioya qilishi shart. Masalan, har bir yahudiy farzandi tug‘ilganining sakkizinchi kuni xatna qilinadi. Shuningdek, yahudiylar o‘zlarining maxsus qassoblari – shoyixet tomonidan diniy qoidalariga muvofiq so‘yilgan go‘shtlarnigina (to‘ng‘iz go‘shti yahudiylikda harom hisoblanadi) iste’mol qiladilar. Kiyinish masalasidagi qoidalar, asosan, erkaklarga tegishli. Ularning kiyimlari bir rangdagi (sidirg‘a) matodan uzun qilib tikilgan bo‘lishi, cho‘ntaklari beldan pastda joylashishi lozim. Boshlari esa doimo, hatto uyquda ham yopilgan bo‘lishi kerak. Ibodat paytida yahudiylar maxsus ibodat choyshabi – «tales»ni yelkalariga tashlab oladilar. Uning qirg‘oqlarida olti yuz o‘n uchta tugun tugilgan bo‘lib, bu narsa yahudiy tomonidan yuqorida aytib o‘tilgan «248 ta buyruq va 365 ta taqiqqa amal qilishni yelkamga olaman» degan ma’noni anglatadi.

Download 30.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling