“Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” - Chet tillar fakulteti nemis tili kafedrasi o’qituvchisi
- XALLIYEVA QIZILGUL
O’zbekistonda din sohasidagi ilmiy asoslangan siyosat. Fuqarolarda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish. - “Bugungi kunda,- deb yozadi Yurtboshimiz - insoniyat qo`lida mavjud bo`lgan qurol-yarog`lar yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta havf-insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo`layotgan kurashlar ko`p narsani hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmaslik lozim.”
- Terrorchilik o`ta murakkab jinoiy hodisadir. Bugungi kunda “Terror”, “Terrorizm” “Terrorchilik harakati”, “Davlat terrorizm”, “Xalqaro terrorizm” kabi huquqiy atamalarining har birini tahlil qilishga ehtiyoj sezilmoqda.
- Terrorizm mavjud tuzumga qarshi siyosiy kurash olib borish, odam o`ldirish to`sqinlik qilayotgan guruh (jamiyat) rahbari joniga suiqasd qilish bilan harakterlanadi. Uning tarixi uzoq o`tmishga boroib taqaladi.xalifa Abu Bakr Siddiq (632-634) vafotlaridan so`ng halifalik qilgan Hazrat Umarning o`limi (634-644) va hazrat Usmonning (644-656) o`ldirilishi bunga misol bo`ladi. Hazrati Aliga qarshi chiqqan diniy ekstremistlar, ya`ni 12000 kishilik horijiylar “Bizning yo`limizdan bormaganlar kofirdirlar”-dedilar. Ular hazrati Alini (656-661) namoz o`qigani kelayotganida orqasidan hanjar urib o`ldirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |