Diniy ekstremizm va


Download 345 Kb.
bet1/3
Sana06.04.2023
Hajmi345 Kb.
#1331464
  1   2   3
Bog'liq
Terrorizm Referat


DINIY EKSTREMIZM VA


TERRORIZM HAQIDA


Reja:


  1. Diniy ekstremizm nima?:

  2. Mamlakatimizda diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashning dolzarb yo‘nalishlari:

  3. Terrorizmga qarshi kurashishda fuqarolarning ma'naviy va huquqiy madaniyatini yanada rivojlantirish masalalari:

  4. “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid:


Diniy ekstremizm — baʼzi diniy tashkilotlar yoki asosan ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati. Diniy ekstemizm koʻpchilik dinlarda mavjud boʻlib, uning tarafdorlari oʻz oldiga siyosiy maqsadlarni qoʻyadi. Islom ekstremizmining aqidasiga koʻra, birinchidan, goʻyo barcha hozirgi zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini yoʻqotganlar va „Johiliya“ asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini keskin tanqid qilish uchun „asos“ boʻlib xizmat qiladi. Ikkinchidan, goʻyo faqat „haqiqiy“ musulmonlar hokimiyatga kelgach, barpo boʻlajak „islomiy tartib“ni o'rnatish uchun keskin va agressiv harakat qilmoqlari lozim. Bunday harakatning konunga muvofiqligi masalasi ular tomonidan umuman oʻrtaga qoʻyilmaydi, zero, ular faqat shariatga (bu ham ularning tor talqinida) tayanib ish koʻradilar va oʻzlarini islomdan chekingan hokimni agʻdarishga guyo haqli deb biladilar. Islom ekstremizmining „nozik“ tomoni uning „din“ga (haqiqiy dinga emas) asoslanganidadir. Guruh rahbarlari oʻz qoʻl ostidagi aʼzolarining ongiga shu darajada taʼsir oʻtkazadilarki, ular hatto oʻzlarini qurbon qilishga, muayyan maqsad yoʻlida „shahid“ yoki „kamikadze“ boʻlishga tayyor turadilar. „Musulmonbirodarlar“ harakati (Misr, 1928) dan yetishib chiqqan Sayyid Qutb (1906—65) hozirgi zamon islom ekstremizmining gʻoyaviy asoschisi sifatida tan olingan. Uning „nazariya“siga koʻra, oʻzini musulmon deb hisoblovchilarning koʻpchiligi aslida musulmon emas va umuman, barcha davlatlar islomga qarshidirlar. Demak, maqsad — islom davlatini barpo qilish va jamiyatni toʻligʻicha islomlashtirishdir.
Xristian dinining baʼzi sektalariga asoslangan koʻplab diniy ekstremistik harakatlar ham mavjud. Ayniqsa, „yahvechilar“, „pyatidesyatniklar“, „tashabbuskor baptistlar“ umuman qonuniy hokimiyat va dunyoviy qonunlarni tan olmaydilar. Ularning fikricha, goʻyo cherkov davlatdan yuqori. Pyatidesyatniklarning baʼzi guruhlari esa oʻz tobelarini oʻta shafqatsizlik bilan ado etiladigan ibodatlarga zoʻrlaydilar, dunyo neʼmatlaridan voz kechib, tarkidunyochilik bilan yashashga daʼvat etadilar.
Diniy ekstremizm yoki ashaddiy akidaparastlik turli koʻrinishlarda namoyon boʻlishi mumkin. Mas, Olsterdagi „ultra“ protestantlar, Yaqin va Oʻrta Sharqdagi „musulmon-birodarlar“, Markaziy Osiyo va Kavkazda paydo boʻlgan vahhobiylar (qarang Vahhobiylik) va boshqa. Ular jamiyatga va qonunlarga deyarli bir uslubda qarshi kurash olib boradilar.
Diniy ekstremizm muayyan koʻrinishda Oʻzbekistonda ham paydo boʻldi. Islom ekstremizmi guruhi faoliyati natijasida 1997 yil dekabrda Namangan shahrida bir necha qotilliklar yuz berdi. Oʻtish davriga xos iktisodiy qiyinchiliklar, xalqning diniy qarashlarga taʼsirchanligi va diniy urf-odatlarga moyilligidan foydalanib, ekstremistlar ochiqdan-ochiq kuch bilan Fargʻona vodiysida ijro va sud hokimiyatining ayrim vazifalarini oʻzlashtirishga harakat qildilar. 1999-yil 16 fevralda Toshkent shahrida yuz bergan voqealar diniy aqidaparastlarning asl maqsadi konstitutsiyaviy tuzumga zarba berish va hokimiyat tepasiga kelish ekanini koʻrsatdi. Diniy ekstremizmning Oʻzbekistonga tahdidini aqidaparastlikni yoyish orqali mavjud davlatga ishonchni yoʻqqa chiqarishga urinishda kuzatish mumkin. Ekstremistlar jamiyatda erksiz, mute, faoliyatsiz kishilar safini orttirish, „soxta“ va „haqiqiy“ dindorlik belgilari boʻyicha qarama-qarshilikni keltirib chiqarishni koʻzlaydilar. Ular oʻz maqsadlariga erishish uchun jangarilarni tayyorlashga ham harakat qildilar. Oʻzbekistonni Gʻarbga „islomlashtirilgan“, Sharqqa esa, aksincha, „dinsiz“, „daxriy“ shaklda koʻrsatib, respublikaning xalqaro obroʻsiga putur yetkazish niyatida boʻldilar. Ular umuman islom sivilizatsiyasi bilan noislomiy sivilizatsiyalar oʻrtasida yalpi qaramaqarshilikni kuchaytirish kabi yovuz rejalarni tuzishdan ham qaytmadilar.
2000-yilning kuzida ekstremistlarning Oʻzbekistonga qurolli hujum uyushtirgani ularning Afgʻonistonda in qurib olgan xalqaro terrorchilar va narkobiznes bilan uyushib ketganidan dalolat berdi. Shu munosabat bilan Prezident Islom Karimov: "Bugun dinimizni asrash kerak, moʻmin-musulmonlarni ximoya qilish kerak. Lekin dinimizni, birinchi galda, oʻzini „chin musulmon“ deb daʼvo qilayotgan ana shu yovuz kuchlardan, har qadamda „jihod“ deb ogʻiz koʻpirtirib, din nomidan buzgʻunchilik qilayotgan qonxoʻr va qotillardan asrash kerak", — degan edi. Faqat 2001-yil 11-sentabr kuni Nyu-York va Vashingtonda sodir etilgan mudhish terrorchilik hujumlaridan keyingina dunyodagi yetakchi davlatlar AQSH boshchiligida bu yovuz illatga qarshi keng miqyosda kurashga bel bogʻladi.

Ma’lumki, O‘zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq o‘zining dinga munosabatini aniq va qat’iy belgilab oldi. Davlatning dinga munosabati “Inson e’tiqodsiz yashay olmaydi”, “Dunyoviylik – dahriylik emas” degan aniq tamoyillar asosida belgilandi. Bu tamoyil bosh qomusimiz Konstitutsiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda o‘zining huquqiy ifodasini topgan.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2 238 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi xristian, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasidir. Bulardan tashqari konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.
Diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, faoliyat borasida bir xil huquqqa egadirlar. Ushbu diniy tashkilotlarning emin-erkin faoliyat olib borayotgani ham yurtimizda hukm surayotgan diniy bag‘rikenglikning amaliy ifodasidir.
Ayniqsa, respublikada mavjud dinlar orasida islomning mavqei nihoyatda katta. Xususan, hozirgi kunda O‘zbekiston aholisining soni 31 mln.dan oshgan bo‘lib, ular 130 dan ziyod millatga mansub hisoblanadi. Fuqarolarning 94% dan ziyodi islom diniga e’tiqod qiladi. Shu bois, islom dini davlatimiz tub xalqlarining tarixiga, o‘tmish merosiga, madaniyatiga, ruhiyatiga chuqur singib ketgan. Prezident I.A.Karimov ta’kidlagani kabi: “… biz o‘z millatimizni mana shu dindan ayrim holda aslo tasavvur qila olmaymiz… Xalqimizning ming yillik tarixini, bugungi ma’naviy hayotini, dinu diyonatimizni muxtasar ifodalab aytish mumkinki, Alloh bizning qalbimizda, yuragimizda”. Islom dini qadriyatlari mamlakatimizdagi ro‘y berayotgan ma’naviy yangilanish jarayoni va milliy g‘oya mezoni shakllanishining eng muhim omillaridan biridir.
Bugungi kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining o‘ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda.
Afsuski, kommunikatsiya va informatsion texnologiyalarning tez sur’atlardagi taraqqiyoti g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishiga turtki bo‘lib, geosiyosiy maqsadlarga bo‘ysindirilgan, inson qalbi va ongi uchun kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalarining ko‘payib borayotgani, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat holatlarda ushbu kurash qurolli tus olib, ko‘plab xalqlarning boshiga fojiali kunlarni solmoqda.
So‘nggi yillarda dunyoning qator mamlakatlarida, xususan, Yaqin Sharq mamlakatlarida turli noqonuniy qurolli tuzilmalar tomonidan islomiy davlat qurish shiori ostida insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etilmoqda. Oqibatda, Iroq, Suriya, Liviya kabi aslida ulkan iqtisodiy salohiyatga ega mamlakatlar chuqur ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy tanazzulni boshidan kechirmoqda. Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga ko‘ra, turli to‘qnashuvlar natijasida arab mamlakatlari iqtisodiyoti 2011-2014 yillar oralig‘ida 800 mlrd AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rgan. Qonli fojealar tufayli ushbu davlatlar yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’atlari keskin pasaygan, ishsizlik darajasi deyarli ommaviy tus olgan.

Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling