Diniy e’tiqodlarning tarixiy shakllari
Falsafada materiya tushunchasining vujudga kelishi
Download 249.6 Kb.
|
8-9-10-12-13-14-15-16bilet
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafa tarixida harakat haqidagi tasavvurlar
Falsafada materiya tushunchasining vujudga kelishi.
« Materiya» atamasi lotincha «materia» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «modda» degan ma’noni anglatadi . SHunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni, tabiatshunoslik va falsafaning rivojlanishiga muvofiq necha marta o‘zgargan.Qadimgi yunon falsafasida materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo‘lib, har qanday geometrik shakl ko‘rinishini kasb etishi mumkin bo‘lgan makon bilan tenglashtiriladi. Falsafa tarixida harakat haqidagi tasavvurlar . Harakatni dialektik tushunish kurtaklariga Geraklit asarlaridayoq duch kelamiz. U olovni barcha o‘zgarishlar substansiyasi sifatida tavsiflab, birinchi moddiy asos doimo o‘zi bilan birga, ayni vaqtda, doimiy o‘zgarish holatida bo‘lishi haqidagi fikrni sodda obrazli shaklda ifodalagan. Geraklit harakatni miqdor jihatidan joydan-joyga ko‘chish sifatida emas, balki uzlukli va uzluksiz, barqaror va o‘zgaruvchan narsa va jarayonlarning o‘zaro nisbati nuqtai nazaridan tushuntirishga harakat qilgan. Antik davrdayoq Geraklit, undan keyin Epikur har qanday harakat manbaini ichki jarayonlarning qarama-qarshiligidan topgan. Ayni shu antik davrda tushunchalar mantig‘ida harakat jarayonini mantiqiy dalillar yordamida tushunib etish bilan bog‘liq qiyinchiliklar qadimgi faylasuf Zenonni mashhur aporiyalarni ta’riflashiga turtki berdi. Aporiya – muhokamalardagi ziddiyat tufayli hal etib bo‘lmaydigan yoki hal etilishi mushkul bo‘lgan holat, mantiqiy qiyinchilik, muammo. Zenonning «Axilles va toshbaqa», «Uchayotgan kamon o‘qi» kabi aporiyalari, hissiy tasavvurlarga zid o‘laroq, harakat materiyaning atributi ekanligiga shubhalanishga majbur qilgan. «Axilles va toshbaqa» aporiyasi mazmuniga ko‘ra, chopqir Axilles hayvonot olamining eng uquvsiz yuguruvchisi toshbaqani quvib boradi, deb faraz qilinadi. Bundan Zenon Axilles hech qachon toshbaqaga eta olmaydi, degan mantiqiy xulosa chiqaradi. Zenon bu aporiyasida quyidagicha fikr yuritadi: «Biror odam A nuqtadan V nuqtaga borishi lozim bo‘lsin. U V nuqtaga eta oladimi?» Zenon bu savolga yo‘q, deb javob qiladi. Chunki A nuqtadan V nuqtaga qarab yo‘l olgan odam, avvalo, shu masofaning teng yarmidan o‘tishi zarur. Bu masofaning teng yarmiga etishiuchun esa, shu yarim masofaning yana yarmini o‘tishi zarur. Yarim masofaning yarmiga etishi uchun esa, qolgan masofaning yarmidan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Xullas, oraliq masofa cheksiz miqdordagi yarim bo‘laklarga bo‘linib ketadi. Cheksiz yarim bo‘laklarni bosib o‘tish uchun esa cheksiz vaqt lozim. Download 249.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling