Diniy e’tiqodlarning tarixiy shakllari


Substansiya tushunchasining mohiyati


Download 249.6 Kb.
bet6/10
Sana02.06.2024
Hajmi249.6 Kb.
#1835166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-9-10-12-13-14-15-16bilet

Substansiya tushunchasining mohiyati. Falsafa tarixida o‘zining mavjudligi uchun o‘zidan boshqa hyech narsaga muhtoj bo‘lmagan birinchi asosni ifodalash uchun «substansiya» (lot. substantia – mohiyat, asos) kategoriyasi qo‘llaniladi. Ilk falsafiy yo‘nalishlarning vakillari barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tushunganlar. Odatda, bunday asos sifatida o‘sha davrda umumiy e'tirof etilgan birinchi stixiyalar: yer, suv, havo, olov yoki fikriy konstruksiyalar, «birinchi g‘ishtlar» - apeyron, atomlar qaralgan. “Avesto”da birlamchi substansiya olov deb atalgan. Keyinchalik substansiya kategoriyasi o‘zgarmas, nisbatan barqaror va hyech narsa bilan bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud o‘ta keng asosga aylandi. Inson idrok etadigan dunyoning butun rang-barangligi va o‘zgaruvchanligi substansiya bilan bog‘lana boshladi. Bunday asoslar sifatida falsafada asosan materiya, Xudo, ong, g‘oya, flogiston, efir va shu kabilar amal qilgan.
Niderland faylasufi Benedikt Spinoza (1632-1677) «causa sui» – «o‘z-o‘zining sababchisi» iborasidani ya'ni o‘z holicha mavjud bo‘lgan va o‘zi orqali zohir bo‘lgan, ya'ni o‘zining mavjudligi uchun boshqa narsaga muhtoj bo‘lmagan narsani tushungan. Bunda bir tomondan, substansiya materiya sifatida tushuniladi, boshqa tomondan – u o‘zining barcha shakllari sababi va «sub'ekti» sifatida amal qiladi. Bunda B.Spinoza substansiyani bir vaqtning o‘zida ham tabiat, ham Xudo sifatida ta'riflaydi va bu ikki tushunchani tenglashtiradi. B.Spinozaning Xudoni tabiatga butunlay singdirib yuborish, uni tabiiylashtirishga va ilohiy mazmundan ajratishga harakat qilishi panteizmidir.
Golbax barcha substansiyali narsalarni tabiatga va faqat tabiatga bog‘ladi. Uning fikricha «Tabiat hamma narsaning sababchisidir; u abadiy mavjuddir; tabiat o‘z-o‘zining sababchisidir...». «Tabiat qandaydir buyum emas; u doim o‘z holicha mavjud bo‘lgan; hamma narsa uning bag‘rida vujudga keladi; u barcha narsalar bilan ta'minlangan ulkan ustaxonadir...»1. Shu ma'noda tabiat ham, substansiya ham sirtdan hyech qanday turtkiga muhtoj emas.
Leybnits esa: «Har qanday haqiqiy substansiya faqat va faqat ta'sir ko‘rsatadi2», deb ta'kidlagan.
Modomiki, substansiya hamma narsani o‘z ichiga oluvchi va o‘zi uchun boshqa hyech qanday asos yoki shartni nazarda tutmaydigan birinchi sabab ekan, u o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud har qanday narsaning mavjud bo‘lish imkoniyatini istisno etadi. Substansiya xoh Xudo, xoh g‘oya, o‘zlik, ruh yoki ekzistensiya bo‘lsin – yagonadir! «Substansiya» tushunchasi ko‘plikda qo‘llanilishi mumkin emas. Uning ko‘pligi haqidagi g‘oya bu tushunchaning ta'rifiga zid, chunki ikki yoki bir necha narsa mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning birontasi ham substansiya hisoblanmaydi. Substansiyalilik paradoksi ana shundan iborat.
Alximiklar mazkur atamani ko‘plikda qo‘llab, «substansiyali shakllar», «substansiyaga xos sifatlar» to‘g‘risida so‘z yuritganlar va unga qo‘pol fizik ma'no yuklaganlar. Ayni holda substansiya moddaga tenglashtirilgan. Ular substansiyaning xossa va shakllari o‘zgarmas, lekin tegishli ta'sirlar natijasida bir-biriga aylanishi mumkin, degan noto‘g‘ri xulosaga kelganlar.
Substansiyaning o‘z-o‘zidan amalga oshishi hodisalarning umumiy, uzviy xossalari – atributlarda va narsalarning muayyan, alohida xossalari – moduslarda sodir bo‘ladi.
Substansiya g‘oyasidan turli falsafiy ta'limotlar dunyoning birligi va uning kelib chiqishi haqidagi masalaga o‘zlari qanday javob berishiga qarab har xil foydalanadilar.
Monizm (yunon. monos – bitta, yagona) dunyoning narsalar va hodisalar rang-barangligi bir substansiyadan iborat degan ta'limot. Dunyoning kelib chiqishi va mohiyati haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar, shuningdek birinchi asos muammosiga nisbatan falsafa tarixidagi eng salmoqli yondashuvlar kurashi nuqtai nazaridan substansiya tabiatini tushunishga nisbatan ancha keng tarqalgan ikki yondashuv – materialistik va idealistik monizmni qayd etish lozim.

  •  Kant tarixiy – falsafiy qarashlari. 
    Kant ota tomonidan Shotlandiyalik bo’lgan bo’lsa, ona tomonidan 
    Germaniyalik edi. Onasining ismi Reytir bo’lgan. Onasi diniy ruhda 
    tarbiyalanganligi uchun o’z farzandlari ongiga diniy talimotlarni chuqur 
    singdirishga harakat qiladi. Otasi hunarmandchilik bilan shug’ullanib, ular 
    oddiygina uyda istiqomat qilishar edi. Kant to’rtinchi o’g’il bo’lgan. Keyinchalik 
    ilohiyot bilan shug’illangan. O’g’il tarbiyasi bilan ko’proq ona shug’illangan 
    “onamni men hech qachon unuta olmayman va unitishga haqqim yo’q. Chunki 
    onam meni tabiatga va insonlarga muhabbatli bo’lish ruhida tarbiyalangan. 
    Manaviy kamolotga erishishimda onamning xizmatlari beqiyos ulkandir” deydi. 
    O’spirinlik chog’ida Muls ismli professor Kantda ilohiyotga xavas uyg’otgan 
    bo’lsa, Knuttsen ismli faylasuf esa unga Leybnits talimotini o’rgata boshlydi. 
    Universitetga kirishdan avval u onasidan ajraladi. Bu vaqtda Kant 13 yoshli bola 
    edi. Kant onasining vafotidan keyin tog’asining moddiy yordami bilan Kant 
    universitetning iloxiyot fakultetga o’qishga kiradi. Onasining vasiyatiga binoan 
    kant universitetning iloxiyot fakultetiga hujjatlarini topshiradi. Kant talabalik 
    yillarining daslabki vaqtlarida ilohiyotni havas bilan o’rgana boshlagan edi. Lekin 
    keyinchalik ovozli past bo’lganligi uchun qiroat bilan ilohiy duolarni o’qishga 
    ko’zi etmagach, uni tark etadi. U boshqa fanlarga mer qo’yadi, uni shu yo’lga 
    burib yuboradi. Kant besh yil (1740-1745) davomida universitetda o’qib uni 
    tugatadi. 1746 yili ogtasi vafot etadi. Otasi vafotidan so’ng uning moddiy hayoti 
    yanada og’irlashadi. Baxtiga o’gay tog’asi qo’llab-quvvatlab turadi. Uning birinchi 
    risolasi “Tabiatdagi jonli kuchlarning haqiqiy bahosi haqida fikrlar” tog’asining 
    hisobiga chop etiladi. Bu risolani u 23 yoshida yozgan edi. 
    I.Kantning falsafiy ijodi asosan ikki qismga bo’linadi. 
    1.Tanqidiy davrdan ilgarigi (XVIII asrning 70 yillariga qadar). 
    2.Tanqidiy davri (XVIII asrning 70 yillaridan ijodining oxirigacha). 

  • 92 
    Kuno Fisher esa Kantning falsafiy tizimi tarixini quyidagi davrlarga bo’ladi. 


    1)
    dastlabki davr (naturfalsafa davri).U vaqtda faylasuf ratsionalizm nuqtai – 
    nazarida turgan. 2) empirizm davri. U davrda Yumning tasiri umuman, Shotlandiya 
    va Angliya falsafasining tasiri katta bo’lgan va nihoyat 3) tanqidiy davr. Bu davrda 
    Kant uzil – kesil mustaqil o’ziga xos yo’lni tanlagan. Shuni takidlash lozimki, Kant 
    falsafasini davrlarga bo’lib o’rganish osonlik tug’diradi, lekin shuni ham esdan 
    chiqarmaslik kerakki uning o’zidan oldin hukumronlik qilganfalsafiy maktablarga 
    mustahkam munosabati uning barcha asarlarida, yani dastlabki asarida ham, 
    umrining oxirida yodgan asarlarida ham o’z ifodasini topgan. Kant fikricha, 
    ilohiyot mukammal dunyoning g’oyasiga ega bo’lmog’i lozim. Buni rad etish 
    demak, xudo fikrlovchi barcha olamlardan yaxshiroq olam bor degandek bo’lamiz. 
    Lekin eng yaxshi haqiqiy olamni xudo yaratgan. Farovonlik g’oyasi bu xudoning 
    maqsadidir. Keyinchalik u yum tasirida o’zining tanqidiy davridagi faoliyatini 
    boshlaydi. Kantning butun umri sof aqlning tanqidiy asarida o’zining falsafiy 
    ifodasini topgan. Kant juda haqgo’y bo’lganligi tufayli boshqalardan haqgo’ylikni 
    talab etadi. Shuni takidlash kerakki Kantning falsafiy qarashlari 1762-1765 yillarda 
    shakllandi. U o’zining “Hayotbaxshlik haqida” risolasida dogmatik falsafani ifoda 
    etgan edi. 
    “Salbiy meyorlar va real asoslari” nomli asarida (1763) Kant o’zining 
    emperizm va ratsionizm o’rtasida mo’tadil o’rin egallaganligi haqida gapiradi. 
    “Ruhoniyning 
    tushlari” 
    (1766) 
    asarida 
    uning 
    Yum 
    agnostitsizmiga 
    yaqinlashganligini ko’ramiz. Oradan ikki yil o’tgach, yani 1768 yildan etiboran 
    emperizmdan krititsizm tomon o’tganligi haqida fikr yuritadi. Kant mazkur 
    risolada makon nima? Uning xossasi nima bilan belgilanadi? – degan savollarni 
    ko’taradi. Jismlarning makoniy munosabati deydi Kant, ularning holatlariga 
    bog’liq holatlarning o’zaro munosabatlarini Kant soha deb ataydi. 
    Soha degan tushuncha nafaqat masofani balki yo’nalishni ham o’z ichiga 
    oladi. Bunga kant oddiygina misolni keltiradi. Oq qog’ozga ikki marotaba aynan 
    bir so’zni yozaylik. Masalan inson, inson so’zining harflari bir xil harflarning 
    joylashishi tartib ham bir xil lekin ikki so’z yozilishida chap va o’ngda 
    joylashagan. Biz o’ngga chapga deyish bilan harflarning joylashishini 
    kuzatuvchiga qaratamiz. Agar makonning hossasi obektlarning qismlari o’rtasidagi 
    munosabatga bo’g’liq bo’lsa unda biz ikki predmetni farqiga bormagan bo’lar edik. 
    Jismlarning o’zaro bir – biridan farqi shundaki bittasi chapga joylashgan bo’lsa, 
    ikkinchisi o’ng tomonga joylashagan bo’ladi.qizig’i shundaki Kant bunday hulosa 
    chiqaradi Chapga – o’ngga, yuqoriga – pastga, oldinda – orqada degan iboralarimiz 
    mutlaq makonning xossasi bo’ladi va shundan keyin ularni ham ularni kuzatuvchi 
    hossasiga bog’liqligini hal etadi. Kan oliy oliy darajadagi fikrlarni ilgari suradi. 
    Birinchi davrda kant erishilgan eng katta yutuqlardan biri – bu kosmologik 
    gipotezalar to’g’risidagi ishlari edi. 
    Ikkinchi davr – tanqidiy davrda kant dualistik falsafiy kontseptsiyani ilgari 
    suradi. Agnostitsizm va apriorizm uning ajralmas qismi bo’lib qoladi. 
    Kantning yutug’i shundaki, shak – shubhasiz inson tafakkurining zaruriy 
    xususiyatidir. Shak – shubhasizlik to’g’risidagi bunday fikrlashni kant aql 

  • 93 
    doirasiga kiritadi. Kant fikricha, bunday fikrlashning predmetini sof aqlning 


    g’oyasi tashkil etadi. Kant fikricha, sof aql g’oyasi 3 xildir. 
    Jon haqidagi g’oyalar (psixologik g’oyalar). 
    Yaxlit dunyo to’g’risidagi g’oya (kosmologik g’oya). 
    Xudo haqidagi g’oya (teologik g’oya). 
    Umuman kant falsafasi mohiyatan ziddiyatlidir. Shuning uchun kantni ham 
    so’ldan, ham o’ngdan tanqid qilishadi. So’ldan materialistlar kant falsafasining 
    idealisti tomonlarini tanqid qilishsa, o’ngdan idealistlar uning falsafadagi 
    materialistik tomonlarini tanqid qiladilar. Nemis klassik falsafasining keyingi 
    taraqqiyoti kant falsafasini o’ngdan tanqid qilish yo’li bilan rivojlanib, dunyoni 
    idealistik tushunishni chuqurlashtirib bordi. 

    13-bilet
    1. Antik falsafa — falsafaning Antik davrda oid qismi. Qadimgi yunon va Qadimgi Rim falsafasi qismlariga bo'linadi va dastlabki mumtoz falsafa davridan milodiy 529-yilda Vizantiya imperatori Yustinian I buyrug'i bilan Afinadagi so'nggi falsafiy maktab yopilguniga qadar davom etgan. An'analarga ko'ra, dastlabki antik faylasuf Fales, so'nggisi esa Boetsiy hisoblanadi.
    Antik falsafa qadimgi yunon donishmandligi va orfizmi an'analari asosida shakllangan bo'lib, uning shakllanishiga Misr, Mesopotamiya va boshqa Qadimgi Sharq mamlakatlarida mavjud donishmandlik va kohinlik ko'rinishlari ta'sir qilgan. Avvaliga mifologik tasavvurlar qurshovida bo'lgan qadimgi yunon tafakkuri keyinchalik o'z predmeti va metodlariga ega alohida faoliyat sohasi sifatidagi falsafa tushunchasining ishlab chiqilishiga sabab bo'ldi, Xristianlik dinining yuzaga kelishiga katta ta'sir ko'rsatdi, umumiy hisobda G'arb sivilizatsiyasi taraqqiyotining tamal toshlaridan biri bo'lmish oqilona fikrlashning asoslaridan birini yaratdi va ijtimoiy ongning o'ziga xos shakllaridan biri bo'lib yetishgan ilm-fanning yaralishiga asos bo'ldi.

    • 2. Falsafiy irratsionalizm asoschisi A.Shopengauer olamning aqlga muvofiqligi haqidagi tezisga shubha ko‘zi bilan qaraydi. Uning fikricha, borliqning o‘zi emas, balki bizning u haqdagi tasavvurimiz aqlga muvofiqdir, zero tasavvur – bu inson aqlining mahsulidir. Ammo tasavvur – bu hodisa, mohiyat darajasida esa dunyoni aqliy idrok etish mumkin emas. Shopengauer o‘zining «Dunyo intilish va tasavvur sifatida» deb nomlangan bosh falsafiy asarida dunyoning borlig‘ini ikki tarkibiy qismga – «yashashga intilish sifatidagi dunyo» va «inson tasavvuri sifatidagi dunyo»ga ajratadi. Uning fikricha, yashashga intilish haqiqiy borliqdir. Yashashga intilish ko‘r-ko‘rona va nooqilonadir, zero uning asosiy niyati – o‘z-o‘zini asrashdir. O‘z-o‘zini asrash instinkti – butun tiriklikning tabiiy xossasidir. Ammo Shopengauer romantiklarga ergashib, yashashga intilish dunyoning barcha narsalariga va umuman dunyoning o‘ziga xosdir, deb hisoblaydi. Dunyo haqidagi bunday mifopoetik tasavvur hayotda yana ta'riflar va tushunchalar tilida ifodalab bo‘lmaydigan o‘ziga xos tabiiy stixiyani ko‘rish imkoniyatini beradi.

    • Fan dunyoni umumiy qonunlar va nazariyalar yordamida anglab yetishga harakat qiladi. Ammo hayot har doim betakror bo‘lib, uni ta'riflar yordamida ifodalash mumkin emas, faqat hayot faoliyati mahsullaridagi moddiy ifodalarnigina o‘rganish mumkin. Bu eng avvalo ijodga tegishli (https://fayllar.org/mustaqillik-bu-avvalo-ruhiy-ozodlik-fikriy-erkinlik-bilan-bogl.html), kreativ faoliyatning barcha turlaridan intilishga eng yaqini esa musiqadir (intilishning birinchi moddiy ifodasi). So‘zlar va obrazlar hayotga intilishning izlarini ma'lum darajada ko‘zdan yashiradi. Shopengauerning izdoshi F.Nitsshe hayotga intilishning mohiyati hokimiyatga intilishda namoyon bo‘ladi, deb hisoblaydi. Ammo bu nuqtai nazar haqiqiy borliqning anglab yetish mumkin bo‘lmagan hodisa sifatidagi talqiniga daxl etmaydi. Nitsshe insonda eng avvalo o‘z hayoti uchun kurashishi lozim bo‘lgan biologik mavjudotni ko‘radi. Inson o‘z hayot kuchlari va instinktlarini axloqiy taqiqlar va jamiyat me'yorlari hukmiga bo‘ysundirish yo‘li bilan kurashdan bo‘yin tovlamasligi kerak. Axloq insonni o‘rtacha andozalarga yaqinlashtiradi va uning qayta tug‘ilishiga sabab bo‘ladi: inson xavfsizlik hissini saqlash yo‘lida to‘laqonli, lekin xavfli hayotdan voz kechadi. Bunday qayta tug‘ilishning yo‘llaridan biri – Iso Masihning diniy axloqi, ikkinchi yo‘l – Suqrotning ratsionalistik axloqi. Ikkala ta'limot ham narigi dunyo g‘oyasiga asoslanadi, ularning ikkalasi ham real hayotning qimmatini kamsitishga qaratilgan.

    • Fridrix Nitsshe (1844-1900 – nemis faylasufi, irratsionalizm vakili, hayot falsafasi asoschisi. Asosiy asarlari: «Musiqa ruhidan fojianing tug‘ilishi», «Insoniy, o‘ta insoniy», «Zardo‘sht tavallosi», «Quvnoq fan», «Yaxshilik va yomonlikning narigi tomonida», «Hamma uchun va hyech kim uchun», «Hokimiyatga intilish», «Antixrist» va b.) borliqning ikki asosi: dionisiycha hayotiy asos va apolloncha bir yoqlama-intellektual asosni ajratgan va haqiqiymadaniyat bu asoslarni muvozanatga solishga harakat qilishi lozim, deb hisoblagan. yevropa madaniyati mazkur idealni ro‘yobga chiqara olmadi va inson borliq deganda stixiyali shakllanishni emas, balki tartibga solinganlikni tushunib, o‘z mavjudligining asosiy negizlaridan uzoqlasha boshladi. Vaholanki, hayot abadiy harakat va shakllanishdan iboratdir.

    • Hayotning mazmun va mohiyati hokimiyatga intilishda namoyon bo‘ladi. Bunday intilish butun tiriklikka xosdir. Unga intellektning hukmronligi, o‘z yaqiniga muhabbatni targ‘ib qiluvchi axloq va tenglikni e'lon qiluvchi sotsializm monelik qiladi. Bularning barchasi qullar axloqini tashkil etadi. To‘ralar axloqi esa hayotning qimmati, odamlar o‘rtasidagi tengsizlik hamda kuchning hukmronligiga asoslanishi lozim. Nitsshe «Xudo o‘ldi» degan tezisni ilgari suradi. Ushbu tezis yangicha axloqni shakllantirish zarurligini anglatadi.

    • To‘ralar axloqining sub'ekti sifatida o‘ta qudratli inson amal qiladi. U oliy biologik tur hisoblanadi. Odam maymundan qanday tarqalgan bo‘lsa, o‘ta qudratli inson ham odamdan shunday tarqaladi. U tayyor tur sifatidagi inson tabiatiga xos bo‘lgan jihatlarni o‘zidan soqit etadi. O‘ta qudratli inson hayotni kurash sifatida idrok etishga va o‘zini tinimsiz o‘zgartirish yo‘lida harakat qilishga qodir.

    • O‘ta qudratli inson g‘oyasiga «abadiy qaytish» konsepsiyasi qarshi turadi. Nitsshe fikriga ko‘ra, voqyealarning ehtimol tutilgan kombinatsiyalari soni cheklangan, vaqt esa cheksizdir, shu sababli barcha voqyealar takrorlanishi lozim. Umuman olganda, Nitsshening falsafiy tizimi o‘zining ziddiyatlarga to‘laligi bilan ajralib turadi, shu tufayli ham u turlicha tushuniladi va talqin qilinadi.Nitsshe falsafasi XX asr falsafasining turli yo‘nalishlari: hayot falsafasi, pragmatizm va ekzistensializmga ulkan ta'sir ko‘rsatdi.Borliqning tarixiy-materialistik konsepsiyasi. K.Marks o‘zining ijtimoiy borliq haqidagi ta'limotini tarixiy materializm deb nomlagan. Uning fikricha, ijtimoiy borliq individning borlig‘iga nisbatan ham, ijtimoiy ongga nisbatan ham birlamchidir. Shunday qilib, u jamiyatga fizik borliqqa o‘xshash borliq sifatida qaragan. Ayni shu sababli jamiyat ham tabiat qonunlariga o‘xshash aniq va shubhasiz qonunlarga bo‘ysunishiga uning ishonchi komil bo‘lgan.

    • Ijtimoiy borliq - bu moddiy borliq. U individlarning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati bilan belgilanadi. Ijtimoiy borliq qonunlari uning tarixiy rivojlanish jarayonida namoyon bo‘ladi. Jamiyat tarixini Marks ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar: ibtidoiy jamoa, quldorlik, kapitalizm va kommunizmning tadrijiy va qonuniy ketma-ketligi sifatida talqin qilgan. Uning fikricha, har bir tuzum ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini o‘z ichiga olgan tegishli ishlab chiqarish usuli bilan belgilanadi.Ishlab chiqarish kuchlari (bazis) – bu o‘zini o‘zi rivojlantirish va o‘z-o‘zidan murakkablashishga qodir bo‘lgan o‘ziga xos borliq. Materialistik evolyusionizm ta'limotlarida materiya, Spinozaning «yaratuvchi tabiati» kabi, mustaqil rivojlanish qobiliyatiga ega, moddiy ishlab chiqarish esa moddiy borliqning eng murakkab darajasi hisoblanadi. Bu yerda materiya, moddiy borliq, shu jumladan moddiy ishlab chiqarish ijtimoiy organizmga o‘xshatiladi va unga hayot alomatlari tatbiq etiladi.Ishlab chiqarish munosabatlari (bazisning ustqurmasi) formal borliq sohasiga kiradi. Ammo shakl tadrijiy rivojlanishga qodir emas, u faqat o‘zgarish jarayonida boshqa shakl bilan almashtirilishi mumkin.

    • Shu sababli ishlab chiqarish munosabatlarining almashuvi «inqilobiy sakrashlar» tarzida kechadi. Bu sakrashlar ishlab chiqarish kuchlari bilan muvofiq kelishi ham (bu hol formatsion o‘sish davrida kuzatiladi), ularning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. So‘nggi zikr etilgan holat ishlab chiqarish munosabatlarining yangi ishlab chiqarish kuchlariga muvofiq keluvchi yanada barkamolroq shakliga inqilobiy yo‘l bilan o‘tilishiga olib keladi. Bunda yangi ishlab chiqarish kuchlari eskilaridan mustaqil o‘sib yetiladi. Masalan, feodal tuzumda kapitalistik ishlab chiqarish kuchlari mustaqil o‘sib yetilgan va eski ishlab chiqarish munosabatlari bilan to‘qnashib, burjua inqilobi jarayonida yangi – kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlariga ega bo‘lgan. Ular ishlab chiqarishning kapitalistik usuli va ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan mulkdorlikning kapitalistik shakliga muvofiq keluvchi yangi qonunlar, yangi huquq, axloq va yangicha dunyoqarashni o‘z ichiga oladi.

    3. Bilishning asosiy turlari va shakllari.
    Hissiy darajadagi bilimning shakllari. Sezgi a’zolari orqali olingan bilim – 
    hissiy bilimlardir. Narsalarning xossalarini sezgi a’zolari sezish va idrok etish 
    natijasida olingan bilim hissiy bilimdir. Masalan, inson uchayotgan samolyotni 
    ko‘radi va buning nimaligini biladi.
    Sezgi. Bilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi a’zolari 
    orqali his qilingan oddiy obrazi, in’ikosi, nusxasi yoki o‘ziga xos surati dastlabki 
    sezgi obrazi hisoblanadi. Masalan, aplesinda biz to‘q sariq rang, o‘ziga xos hid, 
    ta’mni sezamiz. Chunki, sezgilar insondan tashqaridagi muhitda yuz berayotgan va 
    uning sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatayotgan jarayonlarda yuzaga keladi. Ovoz va 
    yorug‘lik to‘lqinlari, mexanik bosim, kimyoviy ta’sir va hokazolar tashqi 
    ta’sirlantiruvchilar hisoblanadi.
    Insonning hayvondan farqi shundaki, u aql va sezgilar yordamida bilimlarni 
    o‘zlashtirishga qodir. «Aql kuchi» borliq narsalarining fikriy in’ikosini o‘zida 
    gavdalantiradi. Dunyoviy hodisalarning mohiyati va sabablarini bilgan aql osmon 
    jismlari va ularning shakllarini bilishga harakat qiladi. Shu oxirgi bosqichda 
    insonga ta’sir ko‘rsatuvchi koinot aql bilan birikadi va boqiylik xususiyatini kasb 
    etadi.
    Sezishning ko‘rish, eshitish, tebranish, paypaslash, ob-havo, og‘riq, 
    muvozanat va tezlashishni his etish, hid, ta’m bilish kabi umumiy organik turlari 
    farqlanadi. Sezgilarning har bir shakli o‘zining ayrim ko‘rinishi orqali materiya 
    harakatining mazkur shakli va turi, masalan, elektromagnit, ovozli tebranishlar, 
    kimyoviy ta’sirlar va hokazolarning umumiy xossalarini aks ettiradi.

    Sezgi – ob’ektiv dunyoning sub’ektiv obrazi, degan tamoyil sifatlarni 


    birlamchi va ikkilamchiga mexanik tarzda ajratishga qarshi yo‘nalgan. Bu nuqtai 
    nazardan birlamchi sifatlar (shakl, hajm va h.k.) narsalarning ob’ektiv mavjud 
    xususiyatlari in’ikosi hisoblanadi, ikkilamchi sifatlar (rang, ovoz va h.k.) sof 
    sub’ektiv xususiyat kasb etadi. Ayni bir sezgiga narsalarning har xil xossalari mos 
    kelishi mumkin: oq rang sezgisi ko‘rish doirasidagi to‘lqinlar barcha 
    uzunliklarining elektromagnit xossalari qorishmasini ham, qo‘shimcha ranglar har 
    qanday juftligi (qizil va ko‘k-yashil, sariq va safsar) qorishmasini ham aks ettiradi. 
    Bundan oq rang to‘lqin yoki narsa yuzasining ob’ektiv xossasi sifatida qaralishi 
    mumkin emas, degan yanglish xulosa chiqariladi. Qora rang to‘lqin xossasi emas: 
    uning sharti – ko‘rish doirasida nurlanishning yo‘qligi. To‘lqin yo‘q narsa haqida 
    axborot bera olmaydi. Bundan quyidagi soxta xulosa kelib chiqadi: rang, hid – bu 
    narsalarning xossalari emas, balki bizning sezgilarimizdir (E.Max); «rang» so‘zi 
    bilan ruhiy kechinmalarning muayyan toifasi belgilanadi (V.Ostvald). Dunyo esa 
    ovozsiz, bo‘yoqlar va hidlardan xoli. Unda issiq ham, sovuq ham mavjud emas. 
    Bularning hammasi – faqat bizning sezgilarimiz.
    Bu erda masalaning ikki tomonini: sezgilar manbasi nimaligi va ularning 
    psixofiziologik mexanizmi qandayligini farqlash lozim.
    Obrazning sifat jihatidan aniqligi predmetning sifat jihatidan aniqligini aks 
    ettiradi. Jismning tebranishi yoki ayni shu elektromagnit nurlarni tarqatishi jism 
    tuzilishi, uning harorati va boshqa xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, har bir 
    metall olovni o‘z rangiga bo‘yaydi; har bir modda u yonayotgan gazga aylanganida 
    o‘z rangini kasb etadi. Qor ko‘zimizga oq bo‘lib ko‘ringani uchun oq emas, balki u 
    amalda oq bo‘lgani uchun ham biz uni shunday ko‘ramiz. Mexanitsistlar va 
    sub’ektivistlarning 
    narsa 
    unga qarayotganimizdagina rangga 
    va 
    uni 
    hidlayotganimizdagina hidga ega bo‘ladi, degan fikriga qo‘shilib bo‘lmaydi. Ko‘z 
    o‘zining rang sezadigan apparati bilan o‘zi idrok etuvchi rang mavjud bo‘lgani 
    tufayli yuzaga kelgan va mavjud.
    Idrok. Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi predmetlar, ularning 
    xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi. 
    Insonning idrok etishi narsalar, ularning xossalari va munosabatlarini tushunish va 
    anglab etishni o‘z ichiga oladi. Bunda inson o‘zining har bir yangi taassurotini 
    mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok etish inson tashqi dunyoga 
    amaliy ta’sir ko‘rsatishi jarayonida, mehnatda, sezgi a’zolari faol ishlashi natijasida 
    amalga oshadi va rivojlanadi; masalan, harakatsiz ko‘z narsalar rangini farqlashga 
    qodir emas.
    Garchi sezish va idrok etish insonning barcha bilimlari manbai sanalsa-da, 
    hissiy bilish ular bilangina kifoyalanmaydi. U yoki bu predmet insonning sezgi 
    a’zolariga ma’lum zamon mobaynida ta’sir ko‘rsatadi. So‘ngra bu ta’sir barham 
    topadi. Biroq predmetning obrazi izsiz yo‘qolmaydi. U xotirada gavdalanadi va 
    saqlanib qoladi. Binobarin, biron-bir narsa haqida u yo‘qolganidan keyin ham fikr 
    yuritish mumkin, chunki u haqda muayyan tasavvur qoladi. Yumiq ko‘zlar bilan 
    ham biz nimalarnidir tasavvur qilamiz.
    Shunday qilib, biz haqiqatga eltuvchi yo‘l naqadar og‘ir ekanligini ko‘ramiz: 
    u amalda jonning barcha kuchlari – xotira, iroda, tasavvur, intuitsiya va aqlning bor 

    kuchini ishga solishni nazarda tutadi. Masalan, xotirani olaylik. Bilish haqida 


    xotirasiz fikr yuritish mumkinmi? Albatta, yo‘q: xotirasiz jon – baliqsiz to‘r degan 
    gap. Bu ajoyib hodisasiz bilishni tasavvur qilish mumkin emas. 
    Sezish va idrok etish jarayonlari o‘zidan keyin miyada «iz» qoldiradi. Bu 
    izlarning mohiyati insonga ayni lahzada ta’sir ko‘rsatmayotgan narsalarning 
    obrazlarini gavdalantirish qobiliyatidan va iborat.
    Xotira o‘tmish va hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga o‘tishini 
    ta’minlaydi. “Tovushlar va so‘zlar soni ko‘paygandan keyin, odamga uning 
    xotirasi yordamga keladi... Yozuv ham xotira bilan birga inson imkoniyatlarini 
    oshiradi”. Agar obrazlar miyada unga predmet ta’sir ko‘rsatgan paytda paydo 
    bo‘lib, bu ta’sir to‘xtaganidan keyin darhol g‘oyib bo‘lganida, inson narsalarni har 
    safar mutlaqo notanish narsalar sifatida qabul qilgan, u mazkur narsalarni 
    tanimagan, demak, ularni anglamagan bo‘lar edi. Biror narsani anglash uchun 
    aqlning ishlashi – hozirgi holatni oldingi holat bilan taqqoslashi talab etiladi. 
    Tashqi ta’sirlarning idrok etilishi va ularning vaqtda saqlanishi natijasida xotirada 
    tasavvurlar uyg‘onadi. 
    Tasavvurlar – bu bir paytlar insonning sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatgan va 
    keyinchalik miyada saqlanib qolgan aloqalar bo‘yicha gavdalanadigan narsalarning 
    obrazlaridir.
    Sezish va idrok etish ong, fikr shakllanishining boshlanishi hisoblanadi. 
    Xotira olingan axborotni qayd etadi va saqlaydi. Tasavvurda esa ong ilk bor 
    o‘zining bevosita manbaidan ajraladi va nisbatan mustaqil sub’ektiv hodisa sifatida 
    mavjud bo‘la boshlaydi. Inson nisbatan yangi obrazlarni erkin yaratishga qodir. 
    Tasavvur – bu idrok etish va nazariy tafakkur o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in.
    Xayol insonning muhim xossasi. Xayol kuchi tajribada (ongda) mavjud 
    obrazlarni nafaqat qayta chaqiradi, balki ularni bir-biri bilan bog‘laydi va shu 
    tariqa ularni umumiy tasavvurlar darajasiga ko‘taradi Xayol tafakkur oqimida 
    etishmayotgan ko‘rgazmalilik o‘rnini to‘ldiradi.. Obrazlarni qayta gavdalantirish 
    xayol kuchi bilan erkin va bevosita kuzatish yordamisiz amalga oshiriladi. 
    Tasavvurlar paydo bo‘lishining bu shakli bunday erkin faoliyat ko‘rsatish 
    qobiliyatiga ega bo‘lmagan, biroq amalda kuzatishga muhtoj bo‘lgan va obrazlar 
    beixtiyor paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yadigan oddiy eslashdan shu bilan farq qiladi.
    Mantiqiy bilish darajasi va uning shakllari. Inson hamisha nimalar haqidadir 
    o‘ylaydi. O‘ysiz holat ham, psixologlar fikriga ko‘ra, amalda hech bo‘lmasa hech 
    narsa haqida o‘ylamaslikni o‘ylash holatidir. Bilishning dialektik yo‘li sezgi 
    a’zolari orqali bilish, dalillarni aniqlashdan mantiqiy tafakkur sari olib boradi. 
    Tafakkur– bu insonning narsalar muhim xossalari va munosabatlarini izchil, 
    bilvosita va umumiy aks ettirishidir. Ijodiy tafakkurlash amaliyot, fan, texnikada 
    yangi natijalar olishga qaratiladi. Tafakkurlash – muammolar qo‘yish va ularni 
    echishga qaratilgan faol jarayon. Tirishqoqlik – fikrlayotgan odamning muhim 
    belgisi. Sezgidan fikrga o‘tish zamirida bilish ob’ektining ichki va tashqi 
    mohiyatning ifodasi, ayrim va umumiyga bo‘linishi yotadi. Zotan, ilmiy va falsafiy 
    bilim faqat sezgi va tasavvurlardan iborat emas: sezgi idroki naqadar go‘zal 
    bo‘lmasin, mazmunan qashshoqdir – u narsaning mohiyatini yoritmaydi.

    Narsalardagi umumiylik – avvalo, muhim xossalar va munosabatlar 


    majmuidir. Ma’lumki, ular ayrim predmet kabi aniq ko‘rinib turmaydi, ularni 
    bevosita idrok etish mumkin emas. Narsa, hodisalarning tashqi tomoni asosan 
    amalda kuzatish, empirik bilish yo‘li bilan, narsalarning mohiyati, umumiy jihatlari 
    esa – tushunchalar, mantiqiy fikrlash yordamida aniqlanadi. Fikrlashda, 
    tushunchalarda narsalar bilan bevosita aloqa mavjud bo‘lmaydi. Biz idrok etishga 
    qodir bo‘lmagan narsalarni ham tushunishimiz mumkin.
    Mantiqiy tafakkur – tafakkur qoidalari, qonunlari va tamoyillariga muvofiq 
    bir haqiqatdan boshqa, yanada teranroq haqiqatga intilishdir. Tafakkur qoidalari, 
    qonunlari fan sifatidagi mantiqning mazmunini tashkil etadi. Bu qoidalar va 
    qonunlar tafakkurga ichdan xosdir. Mantiqiy qonunlar – narsalarning ob’ektiv 
    munosabatlarini amaliyot asosida umumlashtirishdir. Demak, inson tafakkurining 
    barkamollik darajasi uning mazmuni ob’ektiv borliq mazmuniga qay darajada 
    muvofiqligi bilan belgilanadi. Bizning aqlimiz amaliy harakatlar mantig‘i va 
    ma’naviy madaniyat tizimida aks etgan narsalar mantig‘iga bo‘ysunadi. Tafakkur 
    jarayoni amalda nafaqat ayrim shaxs miyasida, balki butun madaniyat tarixida 
    shakllanadi. Asosiy qoidalar to‘g‘ri bo‘lgan holda fikrning mantiqiyligi uning 
    tafakkurda, tushunchalar harakatida aks etishida namoyon bo‘ladi. Inson teran fikr 
    yuritishida, mantiq qonunlariga bo‘ysunadi, uning biron-bir tamoyilini buzmaydi.
    Hozirgi zamon 
    fani 
    va texnikasi 
    qarshisida ko‘ndalang bo‘lgan 
    muammolarning murakkabligi mantiqni faol rivojlantirish, tafakkurning mantiqiy 
    apparatini, ayniqsa kibernetika texnikasining rivojlangan talablari bilan muvofiq 
    holatga keltirishni talab qildi. Bu muhim ehtiyoj mantiqda yangi yo‘nalishlar – 
    ko‘p ma’noli, ehtimol tutilgan va boshqa mantiqiy fanlarning paydo bo‘lishini 
    belgilab berdi, formal mantiqni matematika bilan yaqinlashtirdi va matematik 
    mantiq yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
    14-bilet
    1. Ong-tafakkur va borliqning birligi.
    Tafakkurning asosiy shakllari. Tafakkur jarayonining oqilona mazmuni 
    tarixiy rivojlanish jarayonida yaratilgan mantiqiy shakllar qobig‘iga o‘raladi. 
    Tafakkur o‘zining asosiy shakllari – tushunchalar, mulohazalar va xulosalar 
    ko‘rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va amalga oshirilmoqda.
    Tushuncha – narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari aks 
    etuvchi fikr. Tushuncha – tafakkur, tushunish faoliyatining mahsuli. Ular nafaqat 
    narsalar va hodisalarning umumiy jihatlarini aks ettiradi, balki ularni bir-biridan 
    ajratadi, ular o‘rtasida mavjud farqlarga qarab ularni guruhlaydi, tasniflaydi.
    Mulohaza – fikrning shunday bir shakliki, unda tushunchalarni bog‘lash yo‘li 
    bilan biror narsa haqidagi biron-bir fikr tasdiqlanadi yoki rad etiladi. Masalan, 
    «Terak – o‘simlik» degan shunday bir mulohazaki, unda terak haqida uning 
    o‘simlik ekanligi xususida fikr bildiriladi. Tasdiqlash yoki rad etish, soxtalik yoki 
    haqiqiylik, shuningdek ehtimol tutilgan narsalar bor joyda biz mulohazalarga duch 
    kelamiz.

    Sub’ektning o‘zgarishiga qarab mulohazalar, masalan, shaxssiz bo‘lishi 


    mumkin: «Tong otyapti», «Kayfiyat yo‘q». Yakka, ayrim va umumiy mulohazalar 
    farqlanadi: «Nyuton tortilish qonunini kashf etgan», «Ayrim odamlar yovuz niyatli 
    bo‘ladi», «Suyak – faol to‘qimalardan biri». Mulohazalar tasdiqlovchi va inkor 
    etuvchi bo‘ladi: «Tana kuchni o‘simlik sharbatlaridan oladi», «Sayyoralar 
    yulduzlar emas».
    Inson u yoki bu mulohazaga biron-bir dalilni bevosita kuzatish orqali yoki 
    bilvosita yo‘l bilan – xulosa chiqarish yordamida kelishi mumkin.
    Tafakkur faqat mulohaza yuritish emas. Tafakkur jarayonida amalda 
    tushunchalar va mulohazalar alohida o‘rin to‘tmaydi. Ular aqlning yanada 
    murakkabroq harakatlari zanjiri – mushohadaning bo‘g‘inlari hisoblanadi.
    Xulosa chiqarish tafakkurning shunday bir amaliki, unda ayrim fikrlarni 
    taqqoslash yo‘li bilan yangi mulohaza yaratiladi.
    Inson narsalarning, xossalari va munosabatlarini teran bilish orqali vaqti vaqti 
    bilan hozirgi zamon chegaralaridan o‘tib, sirli kelajakka nazar tashlashi, hali 
    ma’lum bo‘lmagan narsalarni oldindan ko‘rishi, yuz berishi ehtimol tutilgan va 
    muqarrar bo‘lgan voqealarni bashorat qilishi mumkin.
    Bashorat qilish «murakkab narsani oddiy narsaga aylantirish»ning oliy 
    darajasini tashkil etadi. Ilmiy bilim taraqqiyoti ilmiy bashorat kuchining o‘sishi va 
    mazkur hodisa chegaralarining kengayishi bilan bog‘liq. Bashorat qilish 
    jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi. Ilmiy bilish nafaqat 
    kelajakni bashorat qilish, balki bu kelajakni ongli ravishda shakllantirish uchun 
    imkoniyat yaratadi. Har qanday fanning hayot mazmunini shunday tavsiflash 
    mumkin: bashorat qilish uchun bilish, ish ko‘rish uchun bashorat qilish kerak. 
    Masalan, D.I.Mendeleev yuz yil keyin kashf etilgan kimyoviy elementlarning 
    mavjudligini bashorat qilgan edi.
    Intuitsiya – haqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz, bevosita anglab etish 
    qobiliyatidir. U doim inson aqli va joni birgalikda amalga oshirgan katta ish 
    mahsuli hisoblanadi. Shu ma’noda faqat iste’dodli, mehnatkash va tirishqoq 
    odamlargina intuitiv bilishga qodir.
    Mantiq sifatida tushuniladigan dialektika intuitsiyaning shakllanishi va uning 
    natijalariga tanqidiy yondashilishiga imkoniyat yaratadi. Garchi intuitsiya deduktiv 
    nazariyaning muhim bo‘g‘inlarini ko‘rsatib bersa-da, u bizni ularni isbotlash 
    zaruriyatidan xalos etmaydi. Bevosita, kutilmagan va anglab etilmagan bilim 
    sifatida intuitsiya quruq joyda emas, balki vazifalarni echish, echimni «intuitiv» 
    topishni belgilaydigan muayyan asoslar mavjud bo‘lgan holda yuzaga keladi. 
    Biroq intuitsiya natijalarini bilimning tegishli shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan 
    sohalarida tekshirish lozim. Masalan, matematika va fizikada olingan natijalarni 
    faqat tajriba o‘tkazish yo‘li bilan tekshirish mumkin.
    Ong shak-shubhasiz mavjud, ammo u mavhum bo‘lib, balki bilvosita – 
    odamlar tili va muayyan faoliyati orqali namoyon bo‘ladi. Binobarin, inson 
    borlig‘ining bu elementlarini tahlil qilmasdan ongning mohiyatini aniqlash 
    mumkin emas. Mazkur tahlil ongning biologik jihatini ham o‘z ichiga oladi, zero 
    uning mavjudligi inson bosh miyasi faoliyati bilan uzviy bog‘liq. SHu sababli 

    ongning tabiati nafaqat falsafada, balki fiziologiya, psixologiya, sotsiologiya, 


    kibernetika, informatika va boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlarda ham o‘rganiladi.
    Ayni vaqtda mazkur muammo o‘ta murakkabligi tufayli uning falsafiy talqini 
    ayrim fanlar uchun muhim metodologik rol o‘ynaydi. Ularning natijalari esa, o‘z 
    navbatida, ongning tabiati xususidagi falsafiy mulohazalar uchun asos bo‘ladi. 
    Ongning tabiati masalasining qo‘yilishi va unga berilgan tegishli javob, odatda, 
    barcha keyingi falsafiy, chunonchi: ontologik, gnoseologik, ijtimoiy va boshqa 
    mavzulardagi mulohazalarning yo‘nalishini belgilaydi.
    Ongsizlik. Ong insonning ichki dunyosi sifatida o‘z strukturasiga ega. Uni 
    o‘rganishdan oldin quyidagi holatga e’tiborni qaratish lozim. Ba’zan «ong» 
    tushunchasi «inson ruhiyati» tushunchasi bilan ayniylashtiriladi. Bu noto‘g‘ri. 
    Ruhiyat – ongga qaraganda murakkabroq tuzilma. U aks ettirishning ikki sohasi – 
    ong va ongsizlikni o‘z ichiga oladi.
    Olimlar insonda onglilik va ongsizlikning o‘zaro nisbati to‘g‘risida so‘z 
    yuritar ekanlar, ba’zan ularni okeandagi muztoqqa o‘xshatadilar. Bu muztog‘ning 
    suv ustidagi ko‘zga ko‘rinadigan qismi ongga qiyoslanadi, suv ostidagi 
    ko‘rinmaydigan qismi esa ongsizlikka o‘xshatiladiki, uning miqyosi, shakli, 
    tuzilishi va mazmuni haqida biz bilvosita belgilarga ko‘ra faqat taxmin qilishimiz 
    mumkin. Ongsizlik sohasi – bu aqldan tashqaridagi ruhiy hodisalar, holatlar va 
    harakatlar majmui, deb hisoblash odat tusini olgan. Bu sohaga, eng avvalo, 
    instinktlar – inson xulq-atvorining uzoq tadrijiy rivojlanish jarayonida hosil 
    bo‘ladigan va har bir mavjudotning hayot funksiyalarini, umuman uning 
    mavjudligini ta’minlashga qaratilgan tug‘ma harakatlari majmui kiritiladi. 
    Ongsizlikni (ong osti) tushunish yanada ko‘proq qiyinchilik tug‘diradi. Uning 
    mavjudligi avstriyalik mashhur psixiatr Z.Freyd (1856-1939) tomonidan XX asr 
    boshida aniqlagan.
    2. 2Ilk o‘rta asr Sharq vaG‘arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari.
    Yevropada Qadimgi Yunon va Rimdan o’rta asrlar falsafasigacha, ya’ni miloddan ilgarigi I asrdan milodning XIV asrigacha, bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar paydo bo’ldi va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni ko’rish mumkin: 1. Xristi-anlikning shakllanib davlatdini va mafkurasiga aylannshi. 2. O’rta asrlarga kelib inkvizisiyaning ustuvor yo’nalishga aylanishi. Gnostika, apologetika, patristika, realizm, nominalizm va boshqa oqimlar o’sha davr falsafasining qiyofasini belgilaydi. Bu davr falsafasida o’z o’rniga ega bo’lgan gnostisizm eramizning 150 yillarida o’zining yuksak ravnaqiga erishadi. Ular shunday falsafiy ta’limot yaratdilarki, ularning fikricha, Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o’z tabiatining ruhiy jihati bilan xudoga moslashgan. Bu masalada gnostisizm faylasuflari xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar.
    Dualizm — gnostisizmning asosiy yo’nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dunyo o’rtasida mustahkam chegara mavjud, deb ta’kidlaydilar. Ular ta’limotida materiya hamma vaqt yovuzlik timsolidir. Bundan ular Xudo hyech mahal moddiy dunyoni yaratishi mumkin emas, deb xisoblaydilar
    Apologetlar xristianlik tarixida I va III asrlarda vujudga keldi. Apologetika so’zining lug’aviy ma’nosi "himoya qilish", demaqsir. Apologetlar hukumatning xristianlikka bo’lgan dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta’kib qilishi hyech qanday okdashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar, o’z asarlarida mushriklik (ko’p Xudolik) adabiyotlaridan olingan bahslashish (dia­log) shaklidan yoki apologetikaning mumtoz shaklidan foydalanganlar.
    Apologetlar asarlarida ikki an’ana yaqqol sezilib turadi. Ya’ni, inkor qilish va tasdiklash. Ular eng avval mushriklar tomonidan xristianlikka qo’yilgan ayblar — g’ayriodatiy harakatlar, dabdababozlik kabilarni inkor qilganlar. Xristianlikning sofligini esa tasdiqlaganlar. Bu sohada Yustinning "Birinchi apologeya", "Ikkinchi apologeya" asarlarini. Tulcan va_Anaksagor kabi fayla-suflar faoliyatini ta’kidlash lozim.
    “Patristika” suzi “ota” (“padre”) so’zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda Yevropada yepiskoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. Sharkda mashhur bo’lgan cherkov otalaridan biri Ioan Zlatoust (347—407) edi. Uning 640 ta da’vatlaridan ko’pchiligi avliyo Pavel nomalarinint sharhi edi. Uning asarlarida Injilni amaliy qo’llash sof axloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.
    G’arbda eng yirik cherkov otalaridan biri "Pok" degan unvonga sazovor bo’lgan Avreliy Avgustin (354—430) hisoblanadi. U faylasuf va ilohiyotchi bo’lgan. Uning o’sha davrdagi eng mash-hur asarlaridan biri "Sig’inish" 401 yilda yozilgan. Bu asarda u o’zining xristianlikkacha bo’lgan hayotini yozadi. "Bibliya" oyatlari ramziy — timsoliy bayon kilinadi. U mushriklik falsafasini qora-laydi. Uningcha, bu falsafa insonni xristian dinichalik hyech mahal haqiqatga olib kelmaydi. Avgustin bahs shaklida boshqa (dialog) falsafiy asarlar yozgan.
    “Sxolastika” so’zchi yunoncha "shkola"dan ("shola") olingan bo’lib, "o’qish joyi", "maktab" ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o’qituvchi-lik qilganlarni yoki umuman saroy maktabidagi o’qituvchilarni sxo-lastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni o’rganishda falsafani tatbiq qilgan o’rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani ma’lum darajada ilohiyotni aqlga moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bo’lgan intilish, deb ham baholash mumkin. O’sha davrda ilohiyotni muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilish toqozo qilinardi. Sxolastlarning maqsadi e’tiqod aqlga muvofiqmi, de-gan savolta javob berish bo’lgan.
    Realizm.
    3. Milet maktabi — yunon ilmiy-falsafiy maktabi. Miloddan avvalgi VII-VI asrlar o'rtalarida vujudga kelgan. Ioniya dengizi sohilidagi Milet shahri nomidan olingan. Uning asoschisi – Fales. Yirik namoyandalari — Anaksimandr, Anaksimen. Ular tabiatdagi hodisalarni oʻzgarishda, oʻzaro aloqadorlikda, bir-biriga oʻtib turishda deb, voqea-hodisalar sababini tabi-atning oʻzidan qidirdilar. Ruhiy hodisalar (mas, jon)ni materiyaning koʻrinishi, butun tabiatni jonli deb tu-shunganlar. Yevropa ilmiy kosmogoniya, kosmologiya, fizika, geogr., meteorologiya, astronomiya va biol.si tarixi Milet maktabidan boshlanadi. Milet maktabi va uning vakillari Yunonistonda falsafiy fikr rivojiga hissa qoʻshdilar.[1
    15-bilet
    1. Qadimgi Yunoniston va Rim falsafasi.
    Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir. Bu davrdagi falsafiy qarashlar — antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi, Eley falsafiy maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu va boshqalarning falsafiy, tabiiy — ilmiy, ijtimoiy — axloqiy ta’limotlari o`rganiladi.
    Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o`rtasida Milet shaxrida yo`zaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir.Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi 624 — 547 yillarda yashagan). U Yunon fani va falsafasining asoschisi bo`lib, o`z davrining yetuk siyosiy arbobi, juKrofi, faylasufi bo`lgan. Fales ta’limotiga ko`ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo bo`lgan va yana suvga aylanadi va bu moddiy birlik doimo o`zgarishda bo`ladi. Anaksimandr (Falesning shogirdi) eramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI o`rtalarida yashab ijod etgan. U «Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha yotib kelmagan. Fales olamning asosiga suvni kuygan bo`lsa, Anaksimandr dunyo — cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat, issiqlik va sovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan ikkinchi holatga o`tishini ta’minlaydi, deb xisoblagan. Uning ta’limotini zamondoshi, shogirdi Anaksimen davom ettirdi.Anaksimen (eramizdan avvalgi 588-525 yillar) xavo — olamning asosi, deb bilgan. Uningcha, xavoning quyuqlashishidan suv, yer, tosh kabi moddalar tashkil topgan, siyraklashishidan esa olov paydo bo`lgan.

    Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillar) Kichik Osiyoning Karbiy qirg`oqidagi Efes shaxrida zargar oilasida dunyoga kelgan.U stixiyali dialektikaga asos solgan, olov — olamning asosi, deb bilgan.uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda. «Okar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv har daqiqada yangilanib turadi». Olamda turg`unlik yo`q. Harakat butun tabiatga, barcha jism va hodisalarga xosdir. Abadiy harakat — abadiy o`zgarishdir. Harakat qarama-qarshilik asosida sodir bo`ladi. «Ko`rash hamma narsaning otasi, hamma narsaning podshosidir», degan ekan Geraklit. Bundan Geraklit kishilar o`rtasida urushlarni targ`ib qilgan ekan-da, deya xulosa chiqarish noto`g`ri. Geraklitning fikricha, doimiy o`zgarish, harakat va o`zaro qarama-qarshi tomonlarga o`tish — jismlar sifatining nisbiyligi bilan bog`liq. Masalan, dengiz suvi inson iste’moli uchun yaroqsiz bo`lsa, baliqlar uchun ayni muddaodir. Geraklitning qarashlari falsafiy tafakkur rivojiga katta ta’sir ko`rsatgan.



    Pifagor (eramizdan avvalgi 580-500 yillar) Yunonistonning Samos orolida yashab o`tgan. u qadimgi Yunonistonda diniy-mafko`raviy falsafiy maktab, ya’ni pifagorchilikka asos solgan. Pifagor o`zining siyosiy qarashlari tufayli podsho Polikret bilan chiqisha olmagan va Samosni tark etib, janubiy Italiyaga ko`chib ketgan, usha yerda o`z uyushmasini tashkil etgan. Uningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, rakamlarni bilishdan boshlanishi kerak. Pifagorchilarning ta’limotiga ko`ra, olamning asosida modda ham, tabiat ham emas, balki ideallashgan rakamlar yotadi; narsa va hodisalar aynan ana shu rakamlar maxsulidir. Pifagorchilar birinchi bo`lib Yunonistonda tabiatdagi narsa va hodisalarni izohlashda miqdor kategoriyasini ilgari suradi. Pifagor zodagonlar oilasiga mansub bo`lgani bois aristokratiyani himoya qilgan. U «tartib» to`g`risidagi ta’limotini yaratib, faqat aristokratlar o`rnatgan tartib ijtimoiy hayotda muxim rol o`ynaydi, degan. Uning fikricha, demokratiya bu tartibotning buzilishidir.

    Eley falsafiy maktabi namoyandasi Ksenofan (eramizdan avvalgi YI — V asr) shoir va faylasuf bo`lgan. U Kichik Osiyoda dunyoga kelgan. Ilm olish maqsadida Yunonistonga, janubiy Italiyaga sayoxat qilib, umrining so`ngi yillarini Eley shaxrida o`tkazgan. Tarixchi Diogen Laertskiyning yozishicha, Ksenofant «Tabiat haqida» asarining muallifidir. Afsuski, ushbu asarning yarmigina omon qolgan, holos. u ko`pxudolikka hamda insonlarga xos sifatlarni xayvonlarga, o`simlik dunyosiga daxldor deb biluvchi ta’limotga qarshi chiqib, mifologiyani rad etishga harakat qilgan. uning falsafiy ta’limotiga ko`ra, tabiat - o`zgarmas va harakatsizdir, «Хamma narsa yerdan unib chiqadi va pirovardida yana yerga qaytadi». Biz hammamiz yerdan tug`ilganmiz va yerga aylanamiz». Ksenofan qadimgi yunon faylasuflaridan birinchi bo`lib, bilishning imkoniyati va chegarasi haqida fikr yuritgan. Bu qadimgi yunon gnoseologiyasining rivojiga to`rtki bo`ldi.
    Ksenofant ilgari so`rgan G`oyalar uning shogirdi Eley falsafiy maktabining ko`zga ko`ringan namoyandalaridan biri, eramizdan avvalgi 504 yili tug`ilgan Parmenid tomonidan rivojlantirilgan. Eley falsafiy maktabining namoyandalaridan biri Parmenidning shogirdi va do`sti Zenon (490-430 yillar) o`z ustozining ta’limotini himoya qildi va uni rivojlantirdi.
    2. Kundalik amaliy bilim. Tabiat haqida, shuningdеk оdamlarning o‘zlari, ularning yashash sharоiti, ijtimоiy 

    Download 249.6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling