Diniy fanatizmning asoslari va manbalari
Download 15.04 Kb.
|
FALSAFA2
diniy fanatizmning asoslari va manbalariXASANBOYEVA GO’ZALOYReja:Reja:
Aqidaparastlik tushunchasini ilk bor fransuz voizi va ilohiyotchisi Jak-Benin Bossyue (1627–1704) tomonidan qo’llanilgan bo’lib, u o’z davrida katolik dinini monarxiya hokimiyati ustuvorlik qiluvchi Fransiya uchun rasmiy qarashlar tizimi sifatida ko’rgan fransuz absolyutizmining asosiy mafkurachilaridan biri edi. Bossyue aqidaparast tushunchasini o’sha davr o’z diniy e’tiqodlarini cherkov munosabatlari va qoidalariga emas, balki faqat xudogagina bog’liqligiga ishongan protestantlarga nisbatan qo’llagan. Bossyue dinning asosini axloq va intizomda deb bilgan. Xristianlik u uchun axloq normalarining namunasi edi, lekin u har qanday ilohiy his-tuyg’ular va mistik hodisalarni “ruhiy vabo” (la peste spirituelle) sifatida qabul qilgan. Shu ko’rinishdagi diniy e’tiqod vakillarini uning nazdida diniy aqidaparast va bid’atchi deya hisoblagan. Bossyue diniy murosasizlik targ’ibotchisi edi. U Lyudovik XIV 1685-yili Genrix IV tomonidan protestantlar va katoliklar uchun tenglikni joriy etish uchun 1598-yili qabul qilingan Nantes farmonini bekor qilishga undagan. 1764-yili Jenevada “Falsafiy lug’at” nashr etildi, unda fransuz faylasufi, ma’rifatchi, tarixchi va shoiri Volter (1694–1778)ning “fanatizim” so’ziga bergan izohi chop etildi. Volterning ta’kidlashicha aqidaparast shaxs — “O’z nodonligini kuch orqali himoya qiluvchilar”dir.Download 15.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling