Diniy fanatizmning asoslari va manbalari


Download 15.04 Kb.
bet3/4
Sana24.11.2023
Hajmi15.04 Kb.
#1796712
1   2   3   4
Bog'liq
FALSAFA2

Ular o’z g’oyasini himoya qilar ekan, unga qarshi bo’lgan barcha insonlarga nisbatan kuch ishlatish va qatl qilishga tayyordir. Bunga misol sifatida Volter tarixiy Varfolamey kechasini misol qilib keltiradi. “Aqidaparastlar — bu o’zlarining g’oyalaridan o’zgacha fikrlovchilarga o’lim hukmini o’quvchi sudiyalardir” — deya e’tirof etgan edi Volter. Diniy aqidaparastlik psixologiyasi to’g’risida to’xtalar ekan, Volter — bu shunchaki “johillik mevasi” yoki Beyl ta’kidlaganidek “ibtidoiy jon” emas, balki olamon psixologiyasi bilan chambarchas bog’liq holatdir deya ta’kidlaydi. Fanatiziya har doim qabihlik va shafqatsizlik xususiyatiga egadir. U ayni vaqtda xurofot, g’azab va johillik kabi illatlarning asoschisi hisoblanadi deb alohida e’tirof etadi Volter. Shu o’rinda alohida ta’kidlash zarurki, diniy fanatizimni yuzaga kelishining nafaqat ijtimoiy balki psixologik ildizlari ham mavjud.

  • Diniy aqidaparastlik tushunchasi haqida so’z borar ekan, e’tiborni xarakter aktsentuatsiyasi tushunchasiga qaratish zarurdir. Ma’lumki, shaxsdagi xarakter aktsentuatsiyasi — shaxsdagi bir xarakter xususiyati boshqalariga ko’ra bo’rktiribroq namoyon bo’lishi va muayyan shaxsning o’ziga xos xususiyati sifatida gavdalanadi. Xarakter aktsentuatsiyasi — norma va patologiya o’rtasidagi oraliq bosqich sifatida qaralib, uning patologik bosqichiga qadar namoyon bo’lishi psixopatiyaga aylanish xavfini tug’diradi. Xarakterning aktsentuatsiyalashganligi turli ijtimoiy-psixologik og’ishlarni yuzaga kelishiga zamin yaratishi mumkin. Shaxsdagi turli fanatik holatlarni va hatto diniy fanatizimning ham kelib chiqishda xarakter aktsentuatsiyasining ahamiyati katta bo’lishi mumkin. Quyida bu kabi holatlarga ta’sir etuvchi turli aktsentuatsiya tiplarini keltirib o’tamiz: demonstrativ (namoyishkorona) tip. Ushbu turdagi xarakter aktsentuatsiyasi egasi doimo diqqat markazida bo’lishga intiladi, uning barcha faoliyati aynan shu masalaga yo’naltirilgan holda kechadi. Bu turdagi xarakter anomaliyasi asosida o’z dinini va e’tiqodini barchaga ko’z-ko’z qilish orqali har qanday yo’l bilan o’zining dindorligini barchaga e’lon qilishga intiladi. Aslida esa dinning asosiy talablariga subyektiv tarzda e’tiqod qilmaydigan aqidaparast shaxs shakllanadi.
  • Epileptoid— qo’zg’aluvchan . Bu kabi xarakter aktsentuatsiyasiga mansub shaxslarda shafqatsizlik, tajovuzkorlik va reaktivlik xususiyatlari ajralib turadi. Qo’zg’aluvchan odamlarning reaksiyalari impulsiv bo’lib, ular biror narsani xushlamasalar masalaga kelishuv asosida yondashmaydi aksincha bag’rikenglik ular uchun begona. Aksincha yuz ifodalari va so’zlari bilan salbiy emotsiyalariga erk berishni va o’z talablarini ochiqcha e’lon qilishga moyildir. Qotib qolgan tip Bu kabi xarakter xususiyatidagi shaxslarda adolatga intilish va qasos olishga moyillik yorqin ifodalangan bo’lib, bu xarakter aktsentuatsiyasiga ega bo’lgan shaxslarda diniy aqidaparastlikning yuzaga kelishi boshqa turlaridan ko’ra xavfli hisoblanadi. Bu kabi insonlardan jamiyat uchun turli tahdidlarni keltirib chiqarishi mumkin. Rus diniy va siyosiy faylasufi Nikolay Aleksandrovich Berdyaev (1874–1948) o’zining 1937-yili “Russkie zapiski” jurnalida chop qilingan “Aqidaparastlik, ortodoksiya va haqiqat haqida” nomli maqolasida diniy aqidaparastlikka tanqidiy fikrlarini bildirib o’tadi. U “aqidaparastilik” so’ziga sinonim sifatida “murosasizlik” nisbiy ma’noda rashkchi ma’nosini keltiradi. Uning fikricha aqidaparast shaxs xuddi rashkchi bir insondek barcha yerda xiyonat va sotqinlikni ko’radi. Bunday shaxslar o’ta shubha va gumonlarga beriluvchan bo’lib, go’yoki hamma yerda uning e’tiqodiga nisbatan fitna uyushtirilayotgandek tuyuladi. Berdyaev diniy aqidaparastlikning ziddiyatli xususiyatlariga ishora qilib quyidagi fikrlarni keltirib o’tadi: “Aqidaparast shaxs doimo o’zining qandaydir taqib ostida deb his qiladi, atrofda uni shaytonning turli xiyla-yu nayranglari qamrab olganday his qiladi. O’zini doimo turli dushmanlarining taqib osti deb his qiluvchi inson — o’ta xavfli mavjudotdir, xavfda yashovchi inson o’zi ham aslida taqib qiluvchiga aylanadi”.
  • Diniy ekstremizmning tarixiy ildizlari va oqimlari. Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholi keng qatlamlarida vahima va qo’rquv uyg’otishga qaratilgan siyosiy kurashning o’ziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni egallash maqsadida amalga oshiriladi. Terrorchi guruhlar jamiyatda aholining keng qatlami nomidan harakat qilayotgandek taassurot uyg’otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
  • Terrorizmning eng asosiy xususiyatlaridan biri ushbu harakat tarafdorlarining “Kuch ishlatish va zo’ravonlik davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi”, degan g’oyaga asoslanib harakat qilishlaridir. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush bo’lmayotgan, demokratik institutlar faoliyat ko’rsatayotgan, tinchlik hukmron jamiyat sharoitida muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zo’rlik yo’li bilan hal qilishga intilishda ko’rinadi.
  • Terrorizm (lotincha “qo’rqitish”, “vahimaga solish”) – aholining keng qatlamlarida vahima va qo’rquv uyg’otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi. Bunday shaklda u xalqaro ijtimoiy-siyosiy aks-sado beradigan qo’poruvchilik sifatida namoyon bo’lmoqda.
  • Diniy ekstremizm – jamiyat uchun an’anaviy bo’lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid bo’lgan g’oyalarni aldov va zo’rlik bilan targ’ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.
  • Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bog’liq bo’lgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir.
  • Bugungi kunda diniy-ekstremistik, terroristik guruhlar faoliyatida muhim o’zgarishlar kuzatilmoqda. O’zbekiston va boshqa davlatlarda diniy-ekstremistik, terroristik harakatlarga nisbatan olib borilayotgan murosasiz yondashuv natijasida guruh a’zolari o’z harakatlarini ochiq namoyon etishni ma’qul ko’rmay, aksincha, xufyona targ’ibot-tashviqot ishlari orqali, jumladan internet orqali o’z g’oyalarini tarqatish bilan faoliyatlarini jadallashtirishmoqdalar. 
  • G’oyaviy jihatdan milliy manfaatlarga zid bo’lgan diniy mazmundagi mahsulotlarni respublika hududiga olib kirish va tarqatishga urinish holatlari O’zbekistonda ham kuzatilmoqda. Bu kabi ekstremistik ruhdagi mahsulotlarni internet va boshqa yo’llar orqali tarqatilishi aholi tomonidan dinning noto‘g‘ri talqin etilishiga, kam ma’lumotga ega o’quvchilar ma’naviy ongining buzilishiga, turli e’tiqod va qarashlarga ega bo’lgan odamlar, xususan yoshlar orasida adovat va xusumat uyg’onishiga zamin yaratmoqda. Shu bilan birga, bunday faoliyatlar hukumatga qarshi yo’naltirilgan va O’zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligiga muayyan tarzda tahdid solishni maqsad qilgan.

Download 15.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling