Diniy matnlarda qo‘llaniladigan undalmalar hayitova Nazokat Jumayevna


Download 220.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana08.11.2023
Hajmi220.79 Kb.
#1757482
  1   2
Bog'liq
Hayitova Nazokat Jumayevna



DINIY MATNLARDA QO‘LLANILADIGAN UNDALMALAR 
 
Hayitova Nazokat Jumayevna 
TerDu, II kurs magistranti 
 
Undalma 
– soʻzlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmet deb 
tasavvur qilingan hodisani bildiradigan 
soʻz
 
yoki soʻz birikmasi. Undalma, 
kirishlar yoki kiritmalar kabi, gapni kengaytiradi, ammo uni
ng boʻlaklari bilan 
sintaktik aloqaga kirishmaydi, yozuvda vergul yoki undov belgisi bilan 
ajratiladi. 
Undalma Gap boshida ham, oʻrtasida ham va oxirida ham kelishi 
mumkin. Qiyoslang: Uka, bu ishlaring menga yoqmayapti; Bu ishlaring , uka, 
menga yoqmayapti
; Bu ishlaring menga yoqmayapti, uka. Bolalar! Koʻchada 
ehtiyot boʻlinglar. Gap boshida undalma maxsus intonatsiya bilan aytiladi va 
baʼzan vokativ gap vazifasini bajaradi. Undalma, kirish, kiritma kabi, fikr 
bayonida muhim oʻrin tutadi. Shuning uchun ularni gapning uchinchi darajali 
boʻlaklari sifatida qarash ham mavjud. 
Diniy matnlar ta’sirchanligi nuqtai nazaridan ham boshqa nutq 
usulblaridan farq qiladi. Diniy matnlar yuqori saviya va bilimga ega vazxonlar 
va imomlar tomonidan yaratiladi. 
Diy matnlarnin
g ko‘chasi uchun asos muqaddas kitobimiz “Quronu 
Karim” hisoblanadi. Barchamiz ma’lumki islom dini halimlik ya’ni muloyimlikni 
da’vat etadi. 
Diniy matnlar ta’sir kuchini oshirishda leksik birliklar qanchalik ahamiyatli 
bo‘lsa undalmalar ham shunchalik ahamiyatli hisoblanadi. Diniy matnlar Alloh, 
Payg’ambarlar yoki insonlarga murojat yordamida ifodalanadi. Ey Xudo, Yo 
rab, Ey Allohim kabi undalmalar Allohga murojat qilinganda ishlatiladi. 
O‘zbek tilshunosligida undalmalar asosan badii matnlar nuqtai nazaridan 
tahlil qilinadi. 
Undalma 
– soʻzlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmet deb 
tasavvur qilingan hodisani bildiradigan 
soʻz
 
yoki soʻz birikmasi hisoblanadi.
Diniy matnlardagi qo‘llaniladigan undalmalarni quyidagi misollar 
yordamidan ko‘rib chiqamiz: 
“Un kunda zolim ikki qo‘lini tishlab “Ey Alloh Payg’ambar ila yo‘lni 
tutganimda edi” der”
1

“Ey Allohim!!! Koshi falonchi (kofir, fosiq, xaromxo‘r, aroqxo‘rlar) ni do‘st 
tutmasam edi”
2

Ushbu misollarimizdagi undalmalarimizda kuchli iztirob, achinish 
ma’nolari aks etgan. Diniy matnlarni tahlil qilish jarayonida shuni aytishimiz 
mumkinki ushbu matnlarda qo‘llanadigan undalmalar so‘zlashuv uslubida 
ham faol qo‘llaniladi. 
1
«Furqon surasi” – 27- oyat 
2
«Furqon surasi” – 28- oyat 


Diniy matnlarda undalmalar asosan duolarda, oyat sharhlarida uchratish 
mumkin. 
Duo matnlarida undalmalar Allohga murojat shaklida uchraydi. 
Birinchi duoda Allohga murojat tarzzda uchraydigan undalmalar 
quyidagilar Yo Razzoq, Yo Qoniy, Yo G’ofur, Yo Aliy tarzida ishlatilishiga 
guvoh bo‘ldik. 
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ro‘za oylarida qilgan 
duolarida ham undalmalarning ishlatilishiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak ushbu 
duoda undalmalarning takro
r holatda qo‘llanilishiga guvoh bo‘lishim mumkin. 
Yuqorida aytib o‘tganimizdek duolarda undalmalar Allohga murojat tarzida 
ifodalanadi. 
Duoda Ey Marhamatli Robbim, Robbim Allohim singari undalmalarni bir 
necha o‘rinlarda takror qo‘llanilganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. 
Yuqorilardan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, duolardagi undovlar 
yolg’iz yaratganga murojaat tarzida bo‘ladi. Bunday misollarni diniy 
matnlarda yuzlab uchratishimiz mumkin. 
Diniy matnlarda Allohdan keyingi murojaatlar Payg’ambarlarimizga 
qaratiladi. 
Masalan, Ey Nuh, Ey Ibrohim, Ey Muso, Ey Horun, Ey Soliy deya 
Payg’ambarlarimizga murojaat qilamiz. 
So‘ngi Payg’ambarimizga Ey Muhammad deb murojaat qilinmagan. 
Muhammad Payg’ambarimizga oyatlarda Ey Rasul, Ey Nabiy deb 
murojaat qilingan. Dinimizda yuksak ehtiromga sazovor kishiga ismi bilan 
emas, balki uning unvoni, darajasi, mavqeyi bilan murojaat qilinadi. 
Quroni Karimda buyruq maylida kelgan barcha hukm oyatlari bevosita 
Rosululloh Sallallohu alayhi Vasallamga murojaatdir
3
. Alloh taolo Quroni 
Karimda so‘ngi ummatga 90 o‘rinda “Ey Iymon keltirganlar” deb murojaat 
qilganlar. 
Oyatlarda keltirilgan undalmalarga quyidagi misollar yordamida to‘htalib 
o‘tamiz. 
Ular: «Robbimiz, albatta, biz iymon keltirdik, bizning gunohlarimizni 
mag‘firat qilgin va do‘zax azobidan saqlagin», deydiganlardir
4

Ey Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to‘kis ado etadiganlardan 
qilgin. Ey Robbimiz, duoni qabul etgin.
5
“Ey Robbim, menga hikmat hadya et va meni solihlarga qo‘shgin”
6

Ey, Odam bolalari, shayton ota-o
nangizni o‘zlariga avratlarini ko‘rsatish 
uchun ustlaridan liboslarini yechib, jannatdan chiqarganidek, sizni ham 
fitnaga solmasin. Albatta, u va uning yordamchilari sizni siz ko‘rmaydigan 
3
Tafsir – 6-bet 2022. 
4
Oli Imron surasi – 16 -oyat 
5
Ibrohim surasi 40-oyat 
6
Shuaro surasi 86-oyat 


tomondan ko‘radir. Biz, albatta, shaytonlarni iymon keltirmaydiganlarga do‘st 
qilganmiz
7

Ey Robbim, Sendan shaytonlarning vasvasasidan panoh so‘rayman
8

Sen bizdan faqat Robbimizning oyatlari kelganda ularga iymon 
keltirganimiz uchungina o‘ch olmoqdasan! Ey Robbimiz, ustimizdan sabr 
to‘kkin va musulmon holimizda vafot ettirgin», – dedilar
9

Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas. Foydasi 
ham o‘z kasbidan, zarari ham o‘z kasbidan. Ey Robbimiz, agar unutsak yoki 
xato qilsak, (iqobga) tutmagin. Ey Robbimiz, bizdan oldingilarga yuklaganga 
o‘xshash og‘irlikni bizga yuklamagin. Ey Robbimiz, bizga toqatimiz 
yetmaydigan narsani yuklamagin. Bizni afv et, mag‘firat qil va rahim et. Sen 
xojamizsan. Bas, kofir qavmlarga bizni g‘olib qil
10

Qachonki yigitlar kahfdan joy olganlarida: «Ey Robbimiz, bizga O‘z 
huzurin
gdan rahmat bergin va ishimizni o‘zing to‘g‘rilagin», dedilar
11

Va Zakariyoni esla. O‘shanda u Robbiga nido qilib: «Ey Robbim, meni 
yolg‘iz tashlab qo‘yma, Sen O‘zing vorislarning eng yaxshisisan», degan 
edi
12

Alloh iymon keltirganlarga Fir’avnning xotinini misol qilib ko‘rsatdi. U 
(xotin): «Robbim, menga O‘z huzuringda, jannatda bir uy bino qilgin. Menga 
Fir’avndan va uning ishidan najot bergin va zolim qavmlardan najot bergin», 
deb aytdi
13

U: «Ey Robbim, ular meni chorlayotgan narsadan ko‘ra men uchun 
qamoq mahbubroqdir, bu(ayol)larning makrini mendan O‘zing nari qilmasang, 
ularga moyil bo‘lib, johillardan bo‘lib qolaman», – dedi
14


Download 220.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling