Diniy mutaassiblikning salbiy oqibatlari


Download 24.03 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi24.03 Kb.
#1532668
  1   2
Bog'liq
DINIY MUTAASSIBLIKNING SALBIY OQIBATLARI



DINIY MUTAASSIBLIKNING SALBIY OQIBATLARI

REJA:


  1. Diniy mutaassiblikning salbiy oqibatlari

  2. Bugungi kunda diniy mutaassibliklaring tadqiqotlarni

  3. Fanlar tizimida diniy mutaassibliklar

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Diniy mutaassiblikning salbiy oqibatlari
Butun dunyo mamlakatlarini ekstremizm va terrorizm tashvishga solib kelmoqda. Hozirda ekstremizm va terrorizm dunyo mamlakatlari uchun nafaqat tashqi, balki ichki xavfsizlikka ham daxldor masalaga aylandi. Shu bilan birga hozirda koʻplab shaxslarning ekstremistik va terroristik tashkilotlar taʼsiriga tushib qolayotganliklari turli xil ijtimoiy muammolar, davlat va jamiyat xavfsizligiga putur yetkazuvchi tahdidlarni yuzaga keltirib chiqarmoqda.
Islom dini biror shaxs, guruh, mol-dunyoga nisbatan va obroʻ-eʼtibor topish uchun qilinadigan har qanday mutaassiblik va firqalarga boʻlinishni qoralaydi, tarafkashlikni johiliyat holatiga oʻxshatadi.
Mutaassiblik lugʻatda bir narsaga qattiq bogʻlanib, koʻr-koʻrona ergashish, ashaddiy tarafkashlik, bir fikrda qattiq turib olish kabi maʼnolarni anglatadi. “Kashshofu istilohotil funun” kitobida “mutaassiblik, garchi dalil koʻrinib turgan boʻlsa ham, bir tomonga moyillik tufayli haqni rad etishdir” deb taʼriflangan.
Bugungi kunga kelib butun jahonga xavf solayotgan diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmni keltirib chiqaruvchi omillardan biri diniy mutaassiblikdir. Ushbu muammo Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti kabi koʻplab xalqaro, mintaqaviy, xususan, har bir davlatning qonunchilik, ijroiya va huquq-tartibot idoralari, shuningdek, nodavlat va jamoatchilik tashkilotlari uchun oʻta muhim vazifaga aylandi.
Bu yoʻnalishda psixologiya fani diniy mutaassib shaxs, uning tuzilishi, faoliyati, shakllanish qonuniyatlari va unga taʼsir etuvchi sotsiopsixologik taʼsirlarni tatbiq etadi. Biz tariximiz davomida aynan diniy mutaassib shaxslar tomonidan insoniyatga turli darajada ziyonlar yetkazilganligini koʻrdik. Endi esa oʻrganilgan qator tadqiqotlar mutaassib shaxsini psixologik chuqur tahlil etish lozimligi masalasini kun tartibiga qoʻymoqda. Maʼlumki, xar bir shaxs individual (oʻziga xos xususiyatlarga ega yaʼni takrorlanmas)dir. Uning xarakteri, dunyoni aks ettirishi, temperamenti, emotsiyalari ham beqiyosdir. Diniy mutaassib shaxs ham shu qatorda oʻziga xos dunyoqarashga, ijtimoiy status (mavqe, oʻrin)ga egadir.
Diniy mutaassib shaxsini alohida va yaxlit psixologik fenomen (hodisa) sifatida psixologik talqin qiladigan boʻlsak, mutaassib shaxsini psixologiyasi, etimologiyasi (sabablari) kabilar haqida atroflicha toʻxtalib oʻtish lozim. Psixologiyadagi yaqqol fenomenlardan biri bu-shaxsdir. Shaxs haqida turli psixolog olimlar oʻz qarashlarini bildirib oʻtganlar.



Download 24.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling