Diniy mutaassiblikning salbiy oqibatlari
Fanlar tizimida diniy mutaassiblik
Download 24.03 Kb.
|
1 2
Bog'liqDINIY MUTAASSIBLIKNING SALBIY OQIBATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Fanlar tizimida diniy mutaassiblik
Fanlar tizimida diniy mutaassiblik muammosi keng qamrovli ilmiy tadqiqotlarni talab etuvchi jihatlari, muammolari yetarlidir. Biror bir fan diniy mutaassib shaxs masalasiga oid ilmiy qarashlarni, shaxsning psixologik portreti (qiyofasi), uni diagnostika qilish va korreksiyalash masalasida toʻliq manba uchramaydi. Qolaversa, diniy mutaassiblik haqida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Oʻzbekistonda islom aqidaparastligi xavfi bor va u tobora ortib bormoqda”, deganlarida diniy mutaassiblik va uni insoniyat oldidagi xavfini aytib oʻtgan edilar. Bugungi kunda diniy mutaassiblik masalasiga bagʻishlangan tadqiqotlarni umumiy holda 3 guruhga ajratish mumkin: 1-guruh: Qadimgi islom manbalari (Savosil al-Iskandariy (vaf.861), Ibn Jabir At Tabariy (vaf.923)., Muhammad al-Taxoviy (vaf.933) kabi islom olimlari turli firqalarning qarash va faoliyat usullarini tadqiq qilib, anʼanaviy sunniylik aqidalarini himoya qilganlar. 2-guruh: XX asr oxiri va XXI asr boshlarida gʻarb, rus va arab tillaridagi adabiyotlar (O.Bolshakov, A. Ignatenko, Yu.Antonyan, S.Prozorov, K.S.Grey, I.Bermen, G.Gleason)da diniy mutaassiblikning mohiyati, tarixi, zamonaviy koʻrinishlari va uning xususiyatlari hamda diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm bilan oʻzaro aloqadorlik jihatlari atroflicha yoritib berilgan. 3-guruh: Mustaqillik yillarida mamlakatimizda chop etilgan ilmiy tadqiqot va boshqa adabiyotlar (Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, A.Hasanov, M.Radjabova, Z.Xusniddinov, Z.Munavvarov, A.Juzjoniy, A.Achildiyev, A.Zakrullayev)da ham diniy mutaassiblik, uning oʻziga xos xususiyatlari va insoniyat oldidagi xavfi haqida qator qarashlar ilmiy asosda izohlangan. Mavjud tadqiqotlar tahlili, diniy mutaassib shaxsining psixologik portreti (qiyofasi), oʻziga xos xususiyatlari va psixologiyasiga oid kompleks tadqiqotlar amalga oshirilmaganligini koʻrsatadi. Bunda asosiy yondashuvlar dinshunoslik va psixologiya fanlari kesishuvida amalga oshirilmagan. Bu esa diniy mutaassib shaxs alohida psixologik fenomen (hodisa) sifatida kompleks tadqiq etilmagan va bu soha mutaxassislari oldiga yana qator tadqiqotlar amalga oshirish zarurligini koʻrsatadi. Azaldan islom moʻtadillik, tinchlik dinidir. Islomning bosh manbasi boʻlgan Qurʼoni Karimda bu haqida: “shuningdek, sizlarni odamlar ustidan guvoh boʻlishingiz va paygʻambar sizlarning ustingizdan guvoh boʻlishi uchun oʻrta ummat qildik” (Baqara: 143), deyiladi. Yuqorida ham “oʻrta ummat” deyilganda aynan dindagi barcha buyruq va ahkomlarga ortiqcha gʻuluv (chuqur, haddan oshish)larsiz amal qiladigan ummatlar najot topishligi taʼkidlanadi. Bugunda oʻzlarini mutlaqo haq va “boshqalar (boshqacha eʼtiqod qiluvchilar va boshqacha fikrlovchilar)”ni esa adashgan omi olomon hisoblovchi diniy mutaassiblar faoliyati, tinch, farovon hayotimizga raxna solishga urinishlari bizni ularni psixologik xususiyatlari va shaxs sifatidagi ijtimoiy portret (qiyofa)larini bilish, ulardan xabardor boʻlishni bugungi kun talabiga aylantirmoqda. Qolaversa, dinga mutaassib boʻlishni oldini olishda keng jamoatchilik orasida davra suhbati va turli tadbirlarni tashkil etish, Islom dinining asl mohiyatini, uning insonparvarlik gʻoyalarini tushuntirish ishlari ham samarali sanaladi. Chunki, Qurʼoni Karimni qator oyatlarida bagʻrikenglik, moʻtadillikka chaqiriladi. Masalan, Baqara surasi 156-oyatida “Dinda majburlash yoʻqdir”, Anʼom surasi 152-oyatda: “Hech bir jonni toqatidan tashqarisiga taklif (amr) qilmaymiz…” deyilgan. Muhammad (a.s) hadislarida dinda moʻtadil (oʻrtacha) boʻlishga chaqirilgan”. Shuningdek, hadislarda dinda chuqur ketish, taassubga berilish qoralanadi. Imom Buxoriydan rivoyat qilingan hadisda musulmonlar fitnadan ogohlantirilib, aytiladi: “Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: “Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: Fitnalar sodir boʻlganda tik turgandan koʻra oʻtirgan afzaldir, tik turgan esa, yurib ketayotgandan, yurib ketayotgan esa yugurib ketayotgandan afzaldir, kimki fitnaga aralashib qolsa, halokatga uchraydi va kimki fitnadan panoh topsa, darhol yashirinsin!”. Ulamolar ushbu hadisni musulmon odam jamiyatda beqarorlik keltirib chiqaruvchi fitnalardan qanchalik uzoqda boʻlsa, oʻzi va musulmon jamiyati uchun shunchalik foydali boʻladi, deb sharhlaydilar. Mashhur hanafiy ulamo Imom Tahoviy (858–933)ning “Al-Aqida at Tahoviya” asarida yozilishicha: “Podshohlarimiz, rahbar amaldorlarimizga qarshi, garchi zulm qilsalar ham xuruj qilmaymiz, ularni duoi bad ham etmaymiz. Itoatdan bosh tortmaymiz. Ularga itoat etishni Allohga itoat etish jumlasidan, yaʼni farz deb bilamiz. Ularning haqqiga duoi xayr etib turamiz”. Islom dinining asl mohiyatini musulmon aholiga tushuntirish natijasida ularni diniy mutaassiblikdan asrash mumkin boʻladi. Shunday ekan, bugungi kundagi koʻplab muammolarning ildizi mutaassiblik va haddan oshish ekanligini hammamiz chuqur anglashimiz lozim. Xulosa. Xulosa oʻrnida bu kabi muammolarning yechimi sifatida Faqih doktor Vahba Mustafo Zuhayliy janoblarining ushbu soʻzlarini keltirish lozim: “Islom moʻtadil din boʻlib haqiqatlardan birortasida chetga chiqishga yoki haddan oshishga yoʻl qoʻymasligini anglatadi. Islomda va boshqa dinlarda dinda haddan oshish ham, eʼtiqodda bir taraflama va gʻayritabiiy boʻlish ham, haddan tashqari qattiq olish ham, juda boʻsh qoʻyib yuborish ham yoʻq…”. Foydalanilgan adabiyotlar: Karimov. I.A. “Oʻzbekistonning kelajagi buyukligiga ishonchim komil”. – Toshkent: Oʻzbekiston, 1996. – B. 52. Rahimjonov D. Islomov Z. “Maʼrifat-tinchlik asosi” TIU. – Toshkent-2007. – B. 180. Buxoriy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil. Sahihi Buxoriy: Al-jomeʼ as-sahih. 2-kitob. 7081-7082-hadislar. – T.: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. – B. 543. Imom Tahoviy. Al-Aqidatut-tahoviya // Aqoid matnlari. A.Mansurov tarjimasi. – T.: Toshkent islom universiteti, 2011. – B. 37. Download 24.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling