Diniy sektalar va ular faoliyatining oqibatlari
partiyasi “Islom lashkarlari”, “Adolat” jamoalarini aytish mumkin
Download 372.52 Kb. Pdf ko'rish
|
10-topshiriq
partiyasi “Islom lashkarlari”, “Adolat” jamoalarini aytish mumkin. Endi ikki og’iz so’z “tariqat” tushunchasining ma’nosi haqida. Agar “tasavvuf” – insonning komil inson darajasiga etishi natijasida Alloh vasliga musharraf bo’lishi va ruhan Alloh bilan birlashib ketishi haqidagi ta’limot bo’lsa, “tariqat” – komil inson darajasiga etishini ko’rsatuvchi to’g’ri yo’l demakdir, ya’ni ma’naviy – axloqiy poklanish bosqichlarini bosib o’tish va bu maqomatda taraqqiy etish yo’l – yo’rig’idir. Tariqatning belgisi uchtadir. 1. Dam (nafas), ya’ni, aytilishi lozim bo’lmagan narsa haqida so’zlamaslik; 2. Kadam, ya’ni, qilinishi man etilgan ishlarga qadam urmaslik; 3. Karam, ya’ni ish bilan shug’ullanish, shug’ullanganda ham kerakli ish bilan shug’ullanish, ayni paytda ish bilan shug’ullanayotganda ham qalb toatini kanda qilmaslik. Xulosa qilib aytganda tariqat – Alloh bilan birlashib ketishning sharti bo’lgan komil insonlikka qanday qilib erishishni ko’rsatuvchi yo’ldir. Har bir tariqatchi albatta o’z yo’lini ishlab chiqqan va bu yo’lni targ’ib etgan, o’ziga tarafdorlar to’plagan. Tasavvuf o’z ichiga olgan barcha jihatlarni islom ruhida qayta ishlab, uni shariatga moslashtirgan. Olimlarimizning takidlashlariga ko’ra yassaviya, naqshbandiya sunniylik mazhabiga mansub tariqatlar edi. Hazrati Sayyid Bahouddin Naqshbandning asosiy xizmati tasavvuf va tariqatni sunniy mazhabiga moslashtirish, uni shialikka xos xossalardan tozalashdan iborat bo’lgan. Markaziy Osiyoda ana shunday tariqatini, ya’ni yo’lini ishlab chiqqan va targ’ib etgan tasvvuf tariqatchilari bo’lmish Hoja Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro va Sayyid Bahouddin Naqshband tariqatlari haqida tariximizda ko’plab ma’lumotlar uchraydi. Markaziy Osiyoda tasavvuf ta’limotining paydo bo’lishi Hamadonda (Eron) 1048 yilda tavallud topgan Hoja Yusuf Hamadoniy nomi bilan bog’liqdir. Yirik mutasavvuf olim Yusuf Hamadoniy umrining ikkinsi yarmini Hirot, Marv, Samarqand va Buxoro shaharlarida o’tkazgan. Marv va Buxoroda honaqo va madrasa qurdirib, ko’plab o’ogirdlar tayyorlaydi. Uning ana shunday shogirdlaridan biri Ahmad Yasaviydir. Ayni paytda Ahmad Yassaviy XII asrda Markaziy Osiyoda paydo bo’lgan ilk tasavvufiy tariqatlardan birining asoschisi hamdir. Ahmad Yasaviy 1041 yilda Sayramda (hozirgi chimkent viloyati) Shayx ibrohim oilasida tug’iladi. Rivoyatlarga ko’ra Yasaviy 63 yoshga etgach (payg’ambar yoshi – bu yosh) er ostida hujra yasatib “Chilla” ga kirgan va qolgan umrini toat – ibodat qilib, qimmatli hikmatlar yozib, riyozatlar chekib er ostida o’tkazgan. Bir rivoyatda uning 125 yil, boshqasida 133 yil umr ko’rgani aytiladi. Hoja Ahmad Yasaviy tasavvufda Yassaviya tariqatiga asos solgan. Barcha tariqatlardagi kabi Yassaviya tariqatining ham o’z qoidalari (odob qoidalari) bo’lgan. Bu tariqat tarafdorlari xususan quyidagi 10 qoidaga amal qilishlari shar bo’lgan. Yassvaiya tariqatining barcha aqidalari uning asosiy asari bo’lgan “Hikmat” da bayon etilgan. Bu asarda Yassaviya ta’limotidagi poklik, halollik, to’g’rilik, mehr – shafqat ,o’z qo’l kuchi peshona teri bilan kun kechirish, Alloh taolo visoliga etishish yo’lida insonni ham botinan, ham zohiran har tomonlama takominlashtirish kabi umuminsoniy qadriuatlar aks ettirilgan. Hoja Ahmad Yassaviy ham o’z ustozi Yusuf Hamadoniyga o’xshab mol – dunyoga qiziqmagan, kambag’alparvar va g’aribparvar bo’lgan. Markaziy Osiyoda tasavvuf ta’limotinig rivojlanishida Horazmlik buyuk ilohiyotchi olim, shoir va avtanparvar Shayx Najmiddin Kubro( Ahmad ibn Umar) alohida o’rin egallaydi. Shayx Najmiddin Kubro milodiy 1145 yilda Xiva shahrida dunyoga keladi. Valiylik darajasiga erishgan Ahmad ibn Umarga zamondoshlari “Najmiddin”, ( din yulduzi) ,“Kubro”(buyuk), Valiytarosh nomlarini unvon va kunyalarni munosib ko’rishgan.Shayx Najmiddin Kubro o’z yurtidae etarlicha bilim olgan bo’lishiga qaramay Hijoz va Eronning boshqa shaharlarida ham bilim olishni davom ettirgan. 1185- yilda o’z yurtiga qaytgan Najmiddin Kubro o’z tariqatiga asos solgan. Kubraviya tariqati o’zidan oldingi tariqatlardan o’zining insonparvarligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari Shayx Najmiddin Kubro tasavvufda keng fellilik yo’lini tutgan.Shuning uchun ham Shayxning honaqosida sunniylar bilan birga shia mazhabidagi shogirdlari ham ta’lim olishgan. Shayx Najmiddin Kubroning tasavvuf tarixidagi yana bir xizmati shundan iboratki, u javonmardlik g’oyasini tasavvufga tadbiq etgan.Natijada mardlik va poklik qahramonlik va fidoiylik axloqiy yuksaklik va vatanparvarlik so’fiylikning hususiyatlari sifatida o’z aksini topdi. Markaziy Osiyo Yaqin va O’rta sharq mamlakatlarida keng tarqalgan, o’z davriga nisbatan ilg’or oqim bo’lmish Naqshbandiya tariqati Sayyid Muhammad Bahouddin Naqshband nomi bilan bog’liqdir. Bahouddin Naqshband 1318-yilda Buxorodagi Qasri Hinduvon qishlog’ida tug’iladi. So’ngra bu qishloq uning sharofati bilan “Qasri Orifon” deb nom oladi. Bahouddin dastlab uni o’ziga o’g’il qilib olgan Hoji Muhammad Boboyi Sammosiy qo’lida , keyinchalik esa uning shogirdi yirik mutasavvvuf olim Sayyid Amir Kulol qo’lida ta’lim oladi. Manbalarda aytilishicha, Hoja Bahouddining sharif nasablari ota tomonidan Hazrat Aliga, ona tomonidan esa Abu Bakr Siddiqqa borib taqaladi. Hazrat Bahouddin o’ztariqatlari mohiyatini shunday tushuntirib beradi: Bizning tariqatimiz mustahkam tutqich, ya’ni Hazrat Rasul salollohu alayhi vassallam mutoibatlari etagidan tutmoq va sahobai kirom me’rosiga erishmoqdir. Naqshbandiya tariqatining mohiyati quyidagi shiorda o’z aksini topgan: “Dil ba yoru, dast ba kor”, ya’ni “Qo’ling ishda, diling ollohda” bo’lsin. Bu bilan Sayyid Muhammad Bahouddin hammani mehnat qilishga chaqiradi.O’zlari ham umr bo’yi dehqonchilik bilan kun kechirgan. Hazrat sohibqiron Amir Temurdek ulug’ zot ham Naqshbandiya tariqatiga amal qilgan.Bahouddin Naqshbandga Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar ham juda katta ihlos bilan qaraganlar Ular ham “Naqshbandiya” tariqatida bo’lganlar. Xulosa qilib aytganda Naqshbandiya tariqati tasavvufning rivojlanishida , uning keng tarqalishi va hayotga tadbiq etilishida muhim o’rin tutgan. Qur’onda faqat aqida, afsona va rivoyatlargina emas islom huquqshunosligiga xos ma’lumotlar ham uchraydi. Islomshunos olim M. I. Sadagdarning fikricha Qur’onda 150 ga yaqin umumiy va 100 tagacha aniq, ravshan huquqiy tusga ega bo’lgan ko’rsatma va yo’l – yo’riqlar mavjuddir. Keyinroq esa, ya’ni arab istilolari (632 - 751 yy) davrida Qur’ondan zamonning ko’p talablariga javob topish qiyinlashdi. Arab istilochilari hayotida hali paydo bo’lmagan diniy jamoa va davlat, din va siyosiy, diniy qonun – qoidara va davlat huquqi orasidagi aniq farqlarni islom nuqtai nazaridan talqin etish ehtiyojlari yuzaga kelgan. VII – IX asrlarda din, shariat qonun – qoidalarini biluvchi kasb egalari – ilohiyotchi huquqshunoslar – fiqhga asos solingan. Fiqh musulmon huquqshunosligi sifatida shariatning tarkibiy qismini tashkil etardi. Ingliz islomshunosi Makdonaldning ta’biricha fiqh arab tilida avval – “umuman bilish”, so’ngra shariatni bilish, keyinroq esa – huquqiy bilimdonlik ma’nosida talqin etilgan. Bora – bora faqih deganda “umuman donishmand”, “din bo’yicha mutahassis”, “huquq sohasida maslahatchi” va “kazuist” (bilimdon yurist) degan ma’no chiqadi. Shuning uchun faqih qonunshunos – ilohiyotchi demakdir. Fiqh ilohiyotning bir sohasi sifatida musulmon huquqshunosligida, shariat qonun – qoidalarini ishlab chiqishda, islom tarixida muhim o’rin egallagan. O’rta asrlarda fiqh qoidalari oila, maktab va madrasada asosiy darsga, ulamolar tortishuvida asosiy mavzuga aylangan. Fiqh musulmon sud jarayoni, qozi va muftiylar faoliyatining asosiga aylangan. O’rta asrlarda fiqh asoslarining nozik tomonlarini biluvchilar, yirik musulmon faqihlari, ilohiyotchilari – mujtahidlar yuzaga kelgan. Masalan Samarqand Shayx ul – islomi, mashhur qonunshunos va ilohiyotchi ibrohim as – Samarqandiy o’zining “Fiqh hazinasi”, “Qur’on tafsiri” kabi asralari bilan islom olamida mashhur edi. Mujtahid – o’rta asrlarda islomda ijtihod huquqiga ega bo’lgan, ya’ni mustaqil hukm chiqara oladigan shaxsdir. Sunniylikda diniy – huquqiy mazhablarning asoschilari, shialarda yuqori martabali ruhoniylar va diniy huquqshunoslar mujtahidlar deb ataladi. Shahristiniyning ta’kidlashicha, mujtahidlar uch darajaga – oliy, o’rta, quyi darajalarga bo’lingan. Oliy darajadagi mujtahidlarga islomning ilhiyot va huquqiy asoslari sifatida hukm chiqarishga qodir din arboblari kiritilgan. Bularga sahobalar va ularga ergashgan tobe’iylar hamda u mazhablarni asoslagan imomlar – shariat manbalari sohasida ijtihod qiluvchilar kirgizilgan. O’rta darajadagi mujtahidlar ham mashhur. Lekin ular faqat shariat sohalarida fikr yuritib hukm chiqaruvchi edilar. Bular mazhab asoschilarining shogirdi sifatida ular ishining davomchilari faqihlardir. Quyi darajadagi mujtahidlarga esa shariatga amal qilib ish yurituvchi faqihlar kiritilardi. Ular 1- va 2- darajali mujtahidlarga tayangan holda ish yuritadilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling