Diniy sektalar va ular faoliyatining oqibatlari


Ekstremizm va fundamentalizmning paydo bo’lishi. Sabablar va


Download 372.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana29.01.2023
Hajmi372.52 Kb.
#1138601
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
10-topshiriq

Ekstremizm va fundamentalizmning paydo bo’lishi. Sabablar va
oqibatlar.
Hammamizga ma’lumki XX asr oxiriga kelib dunyo jug’rofiy - siyosiy
xaritasida katta o’zgarishlar bo’ldi, jumladan yangi - yangi mustaqiil
davlatlar paydo bo’lib, jahon hamjamiyatiga kelib qo’shildi. Ayniqsa
xudosizlik g’oyasini ilgari surib, unga amal qilib kelgan sho’rolar
saltanatining qulashi va yangi paydo bo’lgan davlatlarda demokratik
jarayonlarning kuchayishi qator mamlakatlarda diniy uyg’onishning kelib
chiqishida asosiy rol o’ynadi.
Shu o’rinda savol tug’iladi:
Sho’rolar hukmronligi davrida dinga munosabat qanday edi?
- vijdon erkinligi faqat qog’ozda edi.
- to’liq ateistik (dahriylik) tarbiya maktabdan boshlab singdirib
borilgan.
-
bundan asosiy maqsad qalbida e’tiqodi bo’lmagan xalqni
(bo’ysundirish ) boshqarish osonroq bo’ladi deb o’ylaganlar.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin, xalqimizning
ma’naviy madaniy me’rosiga munosabat tubdan o’zgardi. Ko’p yillar
quvg’inda bo’lgan dinimiz yana qayta ravnaq topa boshladi. Siyosiy
dunyoqarashlar erkinligi, diniy tashkiotlar faoliyatining rivojlanishiga
zamin yaratdi.
- musulmonlar uchun turli adabiyotlar chop etildi.
Arablarni chinakkam Musulmon bayrog’i ostida birlashtirish.
Ular muqaddas joylarni ziyorat qilishni, avliyo va mozorlarga
sig’inishni, zohidlikni qoralaydilar.


Oddiy kiyinishni, kamtarona hayot kechirishni talab qiladilar, aysh -
ishtratga berilishni, qo’shiq aytishni, musiqa tinglashni, tasviriy san’atni
qoralab, ma’naviy madaniyatga qarshi chiqadilar.
Ba’zi abaiyotlarda aytilishicha Vahhobiylikning paydo bo’lishiga Ingliz
razvedkasining qo’li bo’lgan. Abdul Vahhob tahsil olayotgan vaqtlarda
ingliz josusi Hemmer bilan tanishadi. Hemmer keyinchalik o’zining
estaliklarida uni qanday qo’lga olganligi va o’z manfaati yo’lida
foydalanganligini 1997 - yil Istanbulda chop etilgan “Ingliz josusining
aytganlari” kitobida yozib qoldirgan.
Shu o’rinda savol tug’iladiki, - Vahhobiylarga yordam berishdan
Angliyaning maqsadi nima edi?
Abdul Vahhob o’z ta’limotini 1730 - yillardan boshladi. Kuchli diniy
bilimga ega bo’lganligi uning tarafdorlarining oshishiga sabab
bo’ldi. Hemmer uni iqtisodiy ta’minlab turdi. Ular dastlab xalq orasida
va’zxonlik bilan cheklangan bo’lsalar, keyinchalik amaliy - harbiy -
bosqinchilik yo’liga o’tib oldilar. Qayerga hujum qilsalar, o’sha yerda
mozorlarni, masjidlarni, muqaddas joylarni vayron qildilar. Natijada
tarix uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan yodgorliklar qirilib
ketdi.
Vahhobiylar orasidagi fanatizm chidab bo’lmas darajaga
yetdi. Ularning asl qiyofasini ko’rsatadigan qilmishlaridan biri 1802 -
yili yuz berdi. Ular Karbaloga hujum qildilar, Imom Husayn masjidini
taladilar, oltin suvi yugurtirilgan g’ishtlarni taladilar, 2 mingdan ortiq
kishini qilichdan o’tkazdilar, hatto homilador ayollarni qilich bilan
qornini yorib tashladilar. Ularning davlati tezlik bilan kengaydi. 1806 -
yilda Makka shahriga bostirib kirdilar, faqat Ka’bani talashga jur’at
etmadilar xolos. O’nlab masjid - madrasalar vayron etildi. Ular
Madinani
egallab
payg’ambar
qabrlarigacha
vayron
qilib,
taladilar. Uning yoniga doshqozon qurib ovqat pishirdilar. Abdul


Vahhob 1732 - yil vafot etdi. Lekin uning tarafdorlari Vahhobiylik
bayrog’i ostidagi urushlari 1932 - yilgacha, toki Saudiya Arabistoni
tashkil topgunchga qadar davom etdi.
Savol: Vahhobiylik O’zbekistonda nima uchun tarqaldi?
Birinchi sabab - 70 yillik dinsizlik - ma’naviy qashshoqlikdan so’ng
mafkuraviy bo’shliq vujudga keldi.
Ikkinchisi - O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrdagi
iqtisodiy va ijtimoiy qiyinchiliklar.
Uchinchisi - Islom dinini chuqur bilgan olim va ruhoniylarning sho’ro
davrida qatag’on qilinishi va diniy ishlarning bir guruh chalamullalar
qo’liga tushib qolganligi.
To’rtinchisi - Bizga chegaradagi davlatlarda Islom fundamentalizmi
va ekstremizmining kuchayishi.
Savol: Vahhobiylar bizning Respublikamizda faoliyat yuritishdan
asosiy maqsadi nima edi?
Ularning maqsadi: Dinni niqob qilgan holda Respublikamizdagi
mavjud demokratik davlatni, dunyoviy jamiyatni o’zgartirish edi.
Saudiya Arabistonida hozirgi kunda bitta ham teatr yo’q, tasviriy san’at
muzeylari to’g’risida gapirmasa ham bo’ladi.
Islomni payg’ambarlar davriga qaytarish mumkin emas. Unda texnik
yutuqlarni barchasidan voz kechishga to’g’ri keladi. Bu esa davlatni
qoloqlikka undaydi. Hozir hatto Saudiya Arabistonida ham texnika
rivojlanmoqda.
Hozirgi Vahhobiylarning maslak, ta’limot va da’vatlarini qabul qilib,
ularning yo’liga yursak, quyidagilarga rozi bo’lishimizga to’g’ri keladi:
Qimmatli tarixiy obidalar, osori - atiqalar, mozorlarda esdalik uchun
qo’yilgan qabr toshlari buzib tashlanadi.


Payg’ambarimizning Madinadagi qabrlarini ziyorat qilishdan voz
kechiladi.
Inson tafakkurining hurriyati uchun kurashgan, Allohni chin dildan
sevgan, hayotlarini Alloh roziligi hamda Islom dinini keng yoyishi uchun
baxshida qilgan, Allohning sevgan aziz - avliyolari maqbaralari buzib
tashlanadi, tasavvuf ta’limotlari yo’q qilinadi.
Shariatdan “ijmo”, “qiyos” ahkomlarining ko’pi olib tashlanadi.
Imom Az’am mazhabining aksariyat qoida, talablari bekor qilinadi.
Musiqa chalish, tinglash, qo’shiq, ashula aytish, eshitish, raqsga tushish,
tasviriy san’at, rasm chizdirish, haykaltaroshlik san’ati yo’q qilinadi,
katta bayramlar o’tkazish (ikki hayit bayramidan tashqari) man qilinadi.
Kino, teatr, konsertlarga ruxsat etilmaydi.
Barcha erkaklardan soqol - mo’ylab qo’yib, kalta shim kiyib yurish
talab etiladi.
Xotin - qizlarning ko’chaga chiqib ishlab kelishlariga ruxsat etilmaydi,
hijobga kirgiziladi.
Dunyo mamlakatlarining ko’pchiligi tanlagan demokratiya tuzumi yo’q
qilinadi.
E’tiqod, ta’limot, maslaklar zo’rlab, majburlab tiqishtiriladi. Ularga zid
ish tutadigan barcha kishilar, ular uning xoh ota - onasi bo’lsin, xoh aka -
uka, opa - singil, farzandlari bo’lsin, ayab o’tirilmaydi. Zarur bo’lib
qolganda ulardan qonli o’ch olinadi. Vahhobiylar doim ana shu g’ayri
insoniy maqsadlarni ro’yobga chiqarish uchun, hamda mavjud
konstitutsion tuzumni kuch bilan ag’darib tashlash uchun payt poylab
yuradilar.
Endi bizdagi vahhobiylarning ko’rinishiga kelsak, ularning aksariyati
kalta shim kiyib, soch - soqollarini o’stirib, xunuk qiyofaga kirib olgan,
ko’rinishlari xuddi tarki dunyo qilgan qalandarlarga o’xshab ketadigan,


ommadan keskin ajralib turadigan axloqsiz, savodsiz, beo’xshov
yoshlardir. Masjidlarda yoshi ulug’ keksa dindorlarga turli bo’lmag’ur
savollar berib, otasi, buvasi tengi keladigan otaxonlarni behurmat qilib,
ular bilan ters muomalada bo’lib, surbetlarcha mahmadanalik qilishlari
bilan aksariyat xalqning haqli e’tirozlariga sabab bo’lganlar. Bunday
johillik bilan dinimizni taftish qilishga xaqlari bormi ularning? Axir, din
ishlarini boshqarib, tartibga solib turuvchi diniy mansabdor shaxslar,
fatvolar beruvchi Muftiy hazratlari bor - ku?! Munozarali masalalarni ular
bilan murosa - madora asosida yechmaydilarmi? Qanday haqlari bor
kishilarga o’zlarining eskirgan, qotib qolgan daqqi aqidalarini,
maslaklarini zo’rlik bilan tiqishtirishga? O’sha janobi payg’ambarimiz
davrini hozirgi kunga - yuksak taraqqiyot davriga solishtirib bo’ladimi?
O’zgaruvchan zamon talablarini nega inobatga olmaydilar? Axir,
masjidlarda, to’y - hasham, ma’raka va boshqa amri - ma’ruf, nahiy -
munkar o’tkaziladigan yig’inlarda imomlarimiz, notiqlarimiz ular talab
qilayotgan vahdoniyatni lozim topilgan qoidalar asnosida har doim
targ’ib qilib turibdilar - ku! Kim huquq berdi ularga janjal - to’polon
ko’tarib, ba’zilardan esa hatto qonli o’ch olib, mozorlardagi tarixiy
obidalarni, esdalik lavhlarni, belgilarni, maqbaralarni buzib tashlashga?
Bunday o’rinli savollar bir talay. . .
Alloh taolo 2 - “Baqara” surasining 256 - oyatida “Dinda zo’rlash
yo’q. . . ” degan.
Kimda - kim: “Mening yo’lim, mening mafkuram to’g’ri”, deb
vahhobiylar va hizbchilar kabi boshqalarni zo’rlash va aldash yo’li bilan
o’zining mafkurasiga, yo’liga tortmoqchi bo’lar ekan, albatta, u
Allohning hurriyatiga, Allohning irodasiga qarshi borgan bo’ladi. Qaysi
inson Allohning xohishiga qarshi borib g’olib bo’la olardi?! Bunday


nodonlar faqatgina xalq boshiga tashvishu kulfatlar keltirib, oqibatda
xalqning nafratiga va Allohning g’azabiga uchrashi tayin.

Download 372.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling