Dinlararo bag’rikenglik va totuvlik jamiyat barqaror rivojining kafolati. QarDu o’qituvchisi B. Karimov


Milliy qadriyatlar va yoshlarda hayotiy maqsadni shakllantirish masalalari


Download 127.44 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi127.44 Kb.
#1579325
1   2   3   4
Bog'liq
maqola 2018 !!

Milliy qadriyatlar va yoshlarda hayotiy maqsadni shakllantirish masalalari
QDU o’qituvchisi B.Karimov
Shiddat bilan o‘tayotgan hayotimiz mudom qarama-qarshiliklarga, ziddiyatlarga to‘la bo‘lgan. Ushbu qarama - qarshilik va ziddiyatlar to‘la bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga, bir qadriyatlardan ikkinchi qadriyatlarga o‘tayotganida kishilarni beixtiyor o‘z ketidan ergashtirib ketadi. O‘zbekiston Respublikasining eski kommunistik dogma, turmush tarzidan voz kechib, shaxs qadrini ulug‘lovchi demokratik jamiyatga o‘tayotgani, bozor munosabatlarini o‘z taraqqiyot yo‘li qilib belgilab olgani o‘zidan o‘zi, hech qanday ziddiyatlarsiz, to‘qnashuvlarsiz, shaxs ongi va turmushiga aks ta’sir etuvchi omillarning faollashuvisiz sodir bo‘lmaydi. Ichki ziddiyatlar mudom saqlanib qoladi, ulardan mutlaq xalos bo‘lish mumkin emas. Biroq ularni kamaytirish, ulardagi destruktiv kuchlarning jamiyat ustidan hukmronlik qilishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur, aks holda qancha sa’y-harakatlar bilan barpo etilgan va qaror topgan insoniy qadriyatlar yo‘q qilinishi mumkin. Buning uchun jamiyatda demokratik tartiblarni, turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan qonunlar qabul qilish etarli emas, har bir shaxsda yuksak maqsadlar bilan yashash ko‘nikmasini shakllantirish ham zarurdir.
Yashashdan maqsadi nima ekanligini aniq bilgan shaxsgina jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga ongli munosabatda bo‘ladi, yon-atrofga sergak nigoh bilan qaraydi, duch kelgan fikr va g‘oyalarga ergashib ketavermaydi. O‘zining hayotiy maqsadlariga ega bo‘lgan kishigina, mashhur ruhshunos S.L.Rubinshteyn iborasi bilan aytganda, “hayot sub’ekti”1 bo‘la oladi. Shuning uchun biz yoshlarda hayotiy maqsadni shakllantirish, unga milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ta’sirini oshirish masalalarini o‘rganishga harakat qilamiz.
Hayot, ayniqsa, inson hayoti – oliy qadriyatdir. Unda ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar, ijobiy-konstruktiv hodisa sifatida, uyg‘unlashib keladi. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida (2-3- moddalar) har bir kishi, millati, jinsi, tili, dini, e’tiqodi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi ta’kidlanadi2. Demak, inson hayoti, inson shaxsining daxlsizligi, uning erki jahon e’tirof etgan qadriyatlardandir.
Hozirgi zamon ijtimoiy, ayniqsa, fan va texnika taraqqiyoti inson jismoniy va ma’naviy qiyofasiga, ruhiyati va professional malakasiga ta’sir etuvchi omillarni bir butun, yaxlit hodisa sifatida o‘rganishni talab qilmoqda. “Afsuski,- deb yozadi A.Choriev, - hozirgi zamon fani to‘plagan inson to‘g‘risidagi ma’lumotlar jahon sivilizatsiyasining talablariga mutlaqo javob bermaydi4”.
Milliy qadriyatlarga sodiqlik – milliy g‘oyaning tayanchidir. Yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat va ularni boyitish ko‘nikmalarini, istagini shakllantirish tarbiya, madaniyat, ma’rifat o‘choqlarining bugun diqqat markazida turgani ijobiy holdir. Biroq ushbu milliy-madaniy merosni, qadriyatlarni yoshlar ongi, ruhi, hissiy olami va hayotiy maqsadiga ta’sir etuvchi tadbirlarga aylantirish hali zamon talablari darajasida emas. To‘g‘ri, respondentlarimizda milliy qadriyatlarga, tarixiy-madaniy merosga qiziqish katta, ular o‘zining hayotiy maqsadini mahalla, el-yurt tashvishlari bilan bog‘lashga, o‘z kuchini milliy istiqlolga sarflashga tayyor. Ularda o‘z vatani, uning tarixi, buyuk ajdodlari qoldirgan meros bilan faxrlanish yuqori darajada ekani seziladi. Shu bilan birga, ayniqsa, shahar yoshlarida (76 %) shaxsiy rejalar borligi, o‘z hayotini noan’anaviy tushunchalar, tasavvurlar orqali tashkil etishga intilish ham mavjud.
Shaxs o‘z individual xususiyatlarini va manfaatlarini unutmagan holda har qanday savolga, ayniqsa, uning sub’ektiv fikrini bilishga intilgan tadqiqotchiga nisbatan, o‘zining hayotiy maqsadlaridan kelib chiqib javob beradi. Mutlaq ijtimoiy manfaatlar bilan yashovchi shaxsning ham yoki mutlaq shaxsiy manfaatlarini ko‘zlovchi kishining borligini ham tasavvur qilish qiyin. Lekin yuqoridagi javob respondentlarda o‘zining shaxsiy manfaatlari, rejalari haqida aniq bir tasavvurlar mavjud ekanini ko‘rsatadi. “Inson muammosi, - deb yozadi N.A.Berdyaev, - falsafaning asosiy muammosidir. Yunonlar inson fikrlashni o‘zidan boshlashini yaxshi bilganlar... Odam dunyoning bo‘laklangan qismi emas, unda dunyoning butun siri va bu sirni echish yo‘llari mavjud. Shuning uchun odam, bilish predmeti, xuddi shuningdek, biluvchi sifatida, nafaqat gnoseologik, shu bilan birga, antropologik ahamiyatga ham egadir»1. Shuning uchun yuqoridagi javobda yoshlarning o‘zini, to‘g‘rirog‘i, o‘zining hayotiy rejalarini hayotiy maqsadi sifatida ko‘rsatishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ularning antropologik tushunchalari o‘zlarining “Men”idadir.
“Hayotiy maqsadim shaxsiy rejalarimni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan” deb shahar yoshlarining 44 %, qishloq yoshlarining 24 % javob beradi. Shahar yoshlarida o‘zining imkoniyatlarini to‘laroq namoyon qilish, umrida birorta narsalarni yaratish, boshqalarnikidan farq qiluvchi shaxsiy hayotiy rejalarga ega bo‘lish qishloqdagi tengdoshlarinikidan deyarli ikki marta yuqoriroqdir. 32 % yoshlar javob bermagan.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy fikrni o‘rganish «Ijtimoiy fikr» markazi tomonidan 2002 yili o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlari ham mavzumizga oiddir. Ushbu kuzatuv natijalariga ko‘ra respondentlarning 86,8 % o‘zining hayotiy maqsadlari va rejalariga ega ekanligini qayd etadilar. Ularning 8,7 % javob berishga qiynalgan, 4,7 % esa «hayotiy rejalarim yo‘q» deb javob bergan. Qishloq yoshlarida hayotiy maqsadga ega bo‘lish 87,6 % ni, shahar yoshlarida esa 85,3 % ni tashkil etadi1. Talaba yoshlar adolat, hurfikrlilik, inson sha’ni va huquqini himoya qilish borasida ham umuminsoniy an’analarni, qadriyatlarni, normalarni qo‘llab-quvvatlaydilar. Ular nazarida ushbu umuminsoniy normalarni yoshlar qalbida, turmush tarzi va ongida tezroq shakllantirish zarur. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lami va natijalari ham ana shu qadriyatlarning shakllanishiga, yoshlar qalbida qadriyatlarga aylanishiga bevosita bog‘liqdir. Demak, talaba yoshlarda jahon ahli tan olgan normalarni qabul qilish, ularga amal qilib yashash istagi yuqori. Talaba yoshlarimizda G‘arb madaniyati, sivilizatsiya, ijtimoiy-siyosiy fikrlari bilan chuqurroq tanishishga, ulardagi yangi g‘oyalar, yutuqlar va betakror yondashuvlarni o‘rganishga xohish kuchli.
Aynan ushbu istak ularni chet tillarni o‘rganishga, internetdan foydalanib, o‘z tengqurlari bilan aloqalar o‘rnatishga undamoqda. Bunga oliy o‘quv yurtlarimizda chet mamlakatlarda o‘qib, tajriba orttirib kelgan o‘qituvchi-professorlar dars berayotgani ham ta’sir qilgan, albatta. Demak, talaba yoshlar ma’naviyati keng ijtimoiy, iqtisodiy va ijodiy aloqalar o‘rnatishga, jahon, ayniqsa, Evropa xalqlari erishgan yutuqlardan bahramand bo‘lishga yo‘naltirilgan. Ushbu hayotiy maqsadlarning amalga oshishi, bu tabiiy, faqat ularning o‘ziga bog‘liq emas. Ona-onalar, davlat, jamiyat, qolaversa, bugun yangilanayotgan dunyo yoshlaridagi ijodiy intilishlarni qo‘llab-quvvatlashi, bu borada mavjud to‘siqlarni olib tashlashi, yoshlar o‘rtasidagi internatsionalizm, hamkorlik, do‘stlik, taraqqiyot g‘oyalarini qaror toptirishi lozim.



1 Каrimov I.А. Yuksak mа’naviyat –yеngilmas kuch. - Тоshkent: Ма’naviyat, 2008. - 27 b

2 Sh.Mirziyoyev “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda quramiz. Тоshkent – “O’zbekiston
2016, - 14 b

11Каriмоv I.А. “O’zbekiston XXI аsr bo’sag’asida: хаvfsizlikka tahdid, barqаrоrlik shartlari vа taraqqiyot каfоlаtlаri. — Т:, 1998. –b. 135- 136.

11 Orinboev A. Ma’naviyat – millatning kuch – qudrati . T., 2006 yil, 3-bet.

22 O’zbekiston Prеzidеnti Shavkat Mirziyoev BMT Bоsh Аssаmbleyasining 72-sessiyasidagi nutqidan

3

11 Internet ma’lumoti. www.ziyo net.uz/.

11 Milliy istiqlol g’oyasi:asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqa izoxli tajribaviy lug’at). T “Yangi asr
avlodi” 2002 yil 73-bet.

22 O’zbekistonng siyosiy – ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari ( O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining birinchi sessiyasida so’zlagan nutqidan, 1995 yil fevral) III jild, 36-42-betlar.

11 Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar”to’g’risidagi qonun 1-modda

22 Prezident Sh. Mirziyoyev BMTning 72-sessiyasidagi so’zlagan nutqidan

11 Rubintsheyn S.L. Problemi оbshey psixologii – М.:Pedagogika, 1996. – s.347.

21 Prava cheloveka. Меjdunarodniy bill о рrаvах chеlоvека. –Т.:Аdоlаt, 1992. - s.10-11.

4


11 Бердяев Н.А. О назначении человека.// Мир философии: Книга для чтения. – М.: Политиздат, 1989. – С.44.

11 Қаранг: Аналитический доклад по результатам социологического исследования по теме: «Молодёжь Узбекистана: социальная активность, нравственность и планы на будущее».- Т.:2002. – С.15. /Центр изучения общественного мнения «Ижтимоий фикр» (УзЦИОМ).

Download 127.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling