Dinlari tarixi
AFG‘ONISTON MUAMMOSINI HAL ETISH
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’LUMOT UCHUN
AFG‘ONISTON MUAMMOSINI HAL ETISH
BO‘YICHA O‘ZBEKISTONNING TASHABBUSI O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mir- ziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish mintaqaviy global xavfsizlikni ta’minlashdagi muhim shart ekanli- giga jahon hamjamiyati e’tiborini qaratdi. Mamlakati- miz Prezidenti mazkur ma’ruza orqali Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li – markaziy huku- mat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rta- sida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ri- dan-to‘g‘ri muloqot olib borish ekanligini ta’kidladi. Ushbu muloqot Afg‘oniston hududida va BMT shafe- ligida o‘tishi, bunda afg‘onistonliklarning o‘zlari hal qi- luvchi o‘rin tutishlari va o‘z taqdirlarini o‘zlari mustaqil hal qilishga haqli ekanliklarini qayd etdi. Shuningdek, mamlakatimiz Prezidenti O‘zbekiston Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishiga, uning transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirishga, milliy kadrlarini tayyorlashga katta hissa qo‘shayotganligini va bu ishlar bundan keyin ham davom etishini ta’kidladi. Shu bilan birga Afg‘oniston muammosi global miqyos- dagi masalalar markazida bo‘lishi lozimligi, xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlari, birinchi navbatda, Afg‘onistondagi o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish ga qaratilishi kerakligi haqidagi taklifni ilgari surdi. MA’LUMOT UCHUN O‘zbekiston Yevropa Kenga- shi doirasida bir qator xalqaro shartnomalar- ni imzolagan. Bular: 1977-yildagi ter- rorizmning oldini olish; 1978-yildagi shaxslarning o‘qotar qurollar- ni sotib olish va ularning saqla- nishini nazorat qilish; 1983-yildagi zo‘ravonlik bilan amalga oshi- rilgan jinoyat- lar oqibatida jabrlan ganlarga kompensatsiyalar berish to‘g‘risi- dagi konvensiya- lar. Mintaqaviy mojarolar O‘zbekistonning xavfsizli- giga qanday tahdid solishi mumkin? Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling