57
Berilgan rasmlarga diqqat bilan e’tibor bering va quyidagi savollarga
javob bering:
1) O‘zbekiston davlati qanday voqealarning oldini
olishga harakat
qilmoqda?
2) «Bir kun urush chiqqan uydan qirq kun baraka ketadi» maqoli aso-
sida 1-rasmda berilgan tasvirni izohlang.
3) 2-, 3-, 4-rasmlarda ifodalangan vaziyatlarga qarab,
terrorchi va
aqidaparastlarni islom dinining insonparvarlik mohiyatini anglagan,
tushungan va unga amal qilgan deyish mumkinmi?
IJODIY FAOLIYAT
1
2
3
4
58
MA’LUMOT UCHUN
Din yoki e’tiqod asosida toqatsizlik va kamsitishlarning
har qanday shakl-
larini yo‘qotish to‘g‘risidagi Deklaratsiya BMT Bosh Assamble yasining
1981-yil 25-noyabrdagi Rezolutsiyasi bilan e’lon qilingan.
Ushbu Dekla-
ratsiya yuridik jihatdan majburiy bo‘lmasa-da, bugungi kunda uning qoi-
dalari xalqaro odatiy huquq me’yori hisoblanadi.
O‘ZBEKISTONLIK ISLOMSHUNOSLARNING MUROJAATI
(2016-yil)
Ey, IShIDchilar!!!
...
Sizlar tufayli Islomni qotillik va razillik dini deb o‘ylaydigan
odamlar paydo bo‘ldi!..
Sizlarning shar va ofatingiz bilan ariqlar qonga to‘ldi...
Bolalar yetim,
ayollar beva, qariyalar qarovsiz qoldi!..
Sizlarning qo‘lingiz bilan Payg‘ambarlar, avliyolar,
olimlar qabrlari
buzildi, masjidlar portlatildi!..
Sizlarning qo‘lingiz bilan maktab, madrasalar vayron qilindi!..
Sizlar
tufayli necha-necha zavodlar, ishxonalar yopildi!..
Sizlarning shar va ofatingiz bilan butun dunyo musulmonlar ustidan
kuldi!..
Sizlarning johilligingiz tufayli millionlab odamlar ilm olishdan
to‘sildi!..
Sizlarning qo‘lingiz bilan qancha-qancha shifoxonalar yopildi, kasal,
nogiron, chalajonlar soni ortdi!..
Sizlarning tashabbusingiz bilan qancha-qancha oilalar boshpanasiz
qoldi!..
Sizlar tufayli musulmonlarga «johillik», «shafqatsizlik», «qoloqlik»
kabi tamg‘alar qo‘yildi!..