“тасдиқлайман” Сирдарё вилояти ииб ппх ва жтсб бошлиғи


Download 50.5 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1080128
  1   2   3
Bog'liq
20 мавзу Технологик терроризм ва унинг транспортда олдини олиш усуллари


TASDIQLAYMAN”
Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB boshlig’i podpolkovnik


I.R.Rasulov

2022 yil “ 21 ” dekabr.


REJA-KONSPEKT
2-Mavzu: Texnologik terrorizm va uning transportda oldini olish usullari.


Vaqti: 21.12.2022 yil, 1 soat, ma’ruza


Joyi: Boshqarma JXX JTSB ma’rifat xonasi


O’quv savollari:
1. Dunyoda sodir etilgan terrorchilik harakatlari va uning salbiy oqibatlari.
2. Terrorchi, terrorchilik harakatlarida qo’llanilayotgan portlatish qurilmalari va ulardan foydalanish taktikasi.


Hozirgi kunda portlovchi moddalar, portlatish qurilmalari bilan sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish huquqni muxofaza qilish idoralari oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanmoqda. Portlovchi moddalar va portlatish qurilmalari terrorchilarning asosiy jinoyat quroliga aylanib bormoqda.
Terrorchilik harakatlarining ko’lami va usullari tobora shakllanib bormoqda. Amalga oshirilgan terrorchilik harakatlarining asosiy qismi Iroq, Suriya, Afg’oniston, Yaman, Turkiya va Nigeriya davlatlariga to’g’ri keladi. So’ngi vaqtlarda Iroq va Suriya davlatlarida “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti faoliyat ko’lami oshib borayotgani, Afg’oniston va Pokiston davlatlarida “Tolibon” jangarilari faollashuvi, Nigeriya davlatida mamlakatning ko’plab shaharlarida nazorat o’rnatgan “Boko Xaram” terrorchilik tashkiloti tomonidan doimiy portlash amalga oshirilayotgani terrorchilik harakatlarining umumiy soni oshishiga sabab bo’lmoqda. So’ngi vaqtlarda Evropa davlatlarida ham terrorchilik harakatlarining soni oshib borayotganiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Shuningdek, Yaman davlatida «shia» va «sun’iy» mazhablari o’rtasidagi o’zaro to’qnashuvlar natijasida ko’plab portlashlar amalga oshirilayotganligi kuzatilmoqda.
2017 yil (01 yanvardan – 31 dekabrgacha) davomida dunyoning turli davlatlarida sodir etilgan 450 ta terrorchilik aktlar va portlashlarning tahlili o’tkazilganda, ularning oqibatida 4.100 dan ortiq aholinining vafot etgani hamda 7.100 dan ortig’i turli darajada jarohat olgani ma’lum bo’lgan.
2017 yil davomida (portlovchi moddalar emas) pirotexnik vositalar va gaz ballonlar qo’llanilgan qo’lbola portlovchi qurilmalarning yangi turlari ko’payganligi aniqlangan.
Bunga misol qilib, 2017 yilning 3 sentyabr kuni Frantsiyaning “Park de prens” o’yingoxida “PSJ” va “Bordo” jamoalari o’rtasida bo’lib o’tadigan futbol uchrashuvi boshlanishidan oldin Frantsiya politsiyasi tomonidan terraktning oldi olinganligini, saper-mutaxassislar tomonidan mobil qurilma orqali harakatga keltirishga mo’ljallangan benzin quyilgan 4 ta gaz balonlardan iborat portlovchi qurilma zararsizlantirilganligini;
2017 yil 12 sentyabr kuni Turkiya politsiyasi teraktlar amalga oshirmoqchi bo’lgan 25 nafar fuqaroni xibsga olinganligi haqida xabar beradi. Tintuv natijasida qo’lbola portlovchi qurilmalarni yig’ish bo’yicha yuriqnomalar olinganligini va ushbu yo’riqnomadagi qo’lbola portlovchi qurilmalar 15 aprel 2013 yil Boston (AQSh) marafonida qo’llanilgan, masofadan boshqariladigan radio-o’yinchoq asosida tayyorlanadigan portlovchi qurilmaning yo’riqnomasi ekanligini;
Shu o’rinda savol tug’iladi, qo’lbola portlovchi qurilmalar, ular qayday tayyorlanadi, ularning tarkibi, foydalanish tartibi qanday ?
Biz bunga kengroq javob berishga harakat qilamiz, bu kabi qurilmalarni aniqlash, aniqlangan taqdirda dastlab qanday harakat qilish kerakligiga to’xtalib o’tamiz.
Terrorchi – ongi zaharlangan, taassublikka (fanatizmga) o’ta berilgan, qilayotgan harakatini anglamaydigan va unga javob bera olmaydigan, kimningdir yovuz niyatini bajaradigan ijrochi shaxs.



Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling